«NO’KİS» O’zbekstan respublikasi joqari ha’m orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ


Download 455.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana21.06.2017
Hajmi455.44 Kb.
#9486
  1   2   3   4   5   6   7

 

1

«NO’KİS»



O’ZBEKSTAN RESPUBLİKASI JOQARI HA’M ORTA ARNAWLI 

BİLİMLENDİRİW MİNİSTRLİGİ  

 

 

BERDAQ ATINDAG’I QARAQALPAQ MA’MLEKETLİK 

UNİVERSİTETİ 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

BİLİMLENDİRİWDİN’  İNNOVATsİYaLIQ  TEXNOLOGİYaSI 

 

 

 

 

 

O. G. SULTAShOVA 

 

 

 

 

«

 O’MİR QA’WİPSİZLİGİ

 

»  



 

pa’ni boyınsha  

 

 

lektsiya tekstleri 

 

 

 

 

 

 

 

 

No’kis 2011 j.

 

2

 



 

HAЁT FAOLİYaTİ XAVFSİZLİGİ 

 

1 - maruza 



 

KİRİSh 




İnsoniyat taraqqiёtining  XX nchi asri wtib XX1 nchi asr bwsag’asida 

turibmiz.  Wtgan asrga nazar tashlasak, bu asrda Har    qanday bwxronlar,  

falokatlar, ikki marta jashon urishi va Hozirgacha tinmaёtgan xududiy janja llar 

va boshqa inqiroziy voqealardan  qatiy nazar, birmuncha ijobiy wzgarishlar 

Ham rwy berdiki, bularni Hisobga olmaslikning iloji ywq. 

Eng avvalo va bunisi asosiy ijobiy voqea bwlishi tabiiy, Wzbekiston wz 

mustaqilligini taminladi. 

Tarixdan malumki  h’ali dunёdagi mustaqillikka erishgan davlatlardan birortasi 

qurbonlarsiz va ywqotishlarsiz erishgan  emas. Tarix taqozosi bilan Wzbekiston 

mustaqilligi imkon qadar kam ywqotishlar va qurbonlarsiz  va 

 

vayronagarchiliklarsiz  bwlganligi, Wzbekiston mustaqilligining wziga Hos 



xususiyati Hisoblanadi. 

Wzbekiston mustaqilligining birinchi yilidan boshlab,  Davlat bosh isloHatchi - 

taomili asosida Wzbekistonning siёsiy,  ijtimoiy va iqstisodiy ywnalishlar 

belgilandi va bu ywldan og’ishmay  borilmoqda. 

Wtgan asrda yuz bergan yana bir ijobiy wzgarish ilm - fan  taraqqiёtining  

yuqori bosqichlarga kwtarilganligi,  yangi texnika va texnologiyalarning paydo 

bwlganligidir. 

Malumki fan - texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish 

kuchlarini qayta taqsimlashga olib keladi. Yangi texnologiya bilan ishlab chiqarish 

samaradorligi oshadi, ishlab chiqarilaёtgan maHsulotlar sifati yaxshilanadi, dunё 

bozoridagi raqobatni vujudga  keltiradi  va  ilm - fan darajasi past bwlgan 

davlatlarda ishlab chiqarilgan maHsulotlarni jaHon  bozorida  sotish  imkoniyati 

ywqoladi. 

Shuning uchun Ham davlatimiz siёsatining asosiy  ywnalishlaridan biri bwlgan 

ilm-fan tizimini isloH qilish Hozirgi vaqtda dolzarb masalalar qatorida turibti. 

Davlatimiz raHbari  shaxsiy  tashabbusi  bwyicha wtkazilaёtgan wquv tizimi 

isloHati birnecha bosqichdan iborat qilib belgilangan. Bunda birinchi bosqich 

twliqsiz wrta malumot, 9 yillik maktablarda amalga oshiriladi,  ikkinchi bosqich  

kasb-Hunar  kollejlari  va akademik  litseylarda  bajariladi va keyingi bosqichda 

Universitet va İnstitutlarda twliqsiz oliy malumotli  bakalavrlar  tayёrlash ywlga  

qwyiladi,  niHoyat oxirgi bosqich magistrlar,  yani ywnalish bwyicha etuk 

mutaHassislar tayёrlash bilan natijalanadi. 

Bu ishlarni  amalga oshirishda ikkita katta muammo paydo bwladi.  Bulardan 

birinchisi bu tayёrlov bosqichlarini amalga  oshirishi kerak  bwlgan  mutaHassis 

kadrlar va ikkinchisi wquv-uslubiy kwrsatmalar va darsliklar masalasidir. 


 

3

Hozirgi vaqtda  bu masalalarni Hal qilishga birmuncha aHamiyat berilaёtgan 



bwlsa Ham,  wzbek tilida darsliklar yaratish  masalasi etarlicha oldinga siljiёtgani 

ywq. 


Xattoki wquv tizimining quyi  bosqichlarida  Ham  darsliklar masalasi Hal 

qilingan emas. 

Oliy wquv yurtlarida wzbek tili Davlat tili deb elon qilingan  vaqtdan  beri,  

darslar wzbek tilida olib borilaёtgan bwlsa Ham,  foydalanilaёtgan darsliklar eski 

ittifoq zamonida chiqarilgan rus tilidagi darsliklardan iborat. 

Wzbek tilida dars olib borilgandan keyin, rus tilidagi adabiёtlar tavsiya qilish, 

shubHasiz noqulay aHvol Hisoblanadi. 

Yana shuni Ham takidlash kerakki, rus tilidagi adabiёtlarning texnika  

soHasiga tegishli Hollarda atamalar (terminlar) masalasi Ham ancha murakkab. 

Shuning uchun talabalar bu masalalarni wzlaricha Hal qiladilar deb wylash 

mutloqo mumkin emas.  Chunki atamalar ustida Hali atamalar komiteti tomonidan 

echimi topilmagan muammolar mavjud va buni talabalar elkasiga yuklash,  albatta 

ularga og’irlik qiladi. 

Shuning uchun  Ham  texnika oliy wquv yurtlari uchun darsliklar yaratish 

muammosi, dolzarb muammo bwlib turibti. 

Haёt faoliyati xavfsizligi fani texnika fanlari sirasiga kiradigan fan 

Hisoblanadi.  Bu fan uchun yuqorida  keltirib  wtilgan muammolar twlaligicha 

wtishi bilan birga, uning paydo bwlganligiga uncha kwp vaqt wtmaganligini 

Hisobga olsak,  bu fan  uchun  umuman darsliklar ёzilgani ywq. 

Albatta bu fan quruq erda va wz-wzidan paydo  bwlgani  ywq. Uning negizini 

uchta mustaqil fan tashkil qiladi.  Bular: meHnatni muHofaza qilish; atrof-muHitni 

muHofaza qilish; va fuqorolar mudofasi  fanlari bwlib,  avvallari bu fanlar 

mustaqil wqitilganligi sababli, Har biri wz uslubiy qwllanmalari, darsliklari va 

tajriba wtkazish Hamda amaliёtdan masala va misollar twplamlariga ega. Tabiiyki 

bularning Hammasi rus tilida nashr etilgan wquv qurollari va darsliklaridan iborat. 

Bu fanlarning asosini tashkil qilgan "MeHnatni muHofaza  qilish" fani 

ilgaridan wqitilib kelingan. Bu soHada texnika universiteti masshtabida adabiёtlar 

yaratilmagan bwlsa Ham, wzbek tilida chiqarilgan  yaxlit adabiёt bwlmasa Ham,  

ayrim bwlimlar wquv qwllanma va maruzalar twplami sifatida nashr etilgan. 

Shuningdek atrof-muHitni  muHofaza qilish bwyicha birmuncha masalalar Hal 

qilingan. 

Shuni aloHida takidlash lozimki, meHnatni muHofaza qilish fanining sanoat 

sanitariyasi bwlimi  bilan  atrof-muHitni  muHofaza qilish  fanlari wrtasidagi 

uyg’unlikni qurollanmagan kwz bilan Ham kwrish mumkin.  Lekin shu davrga 

qadar Toshkent Davlat texnika universitetida bu fanlar mustaqil fan sifatida 

faoliyat kwrsatganligi sababli,  ularni ajratib, atmosfera Havosiga chiqarib 

yuborilaёtgan zararli moddalar va changlarga qarshi kurash meHnatni muHofaza 

qilish darsliklarida berilsa,  sanoat koxonalari oqova suvlari va kimёviy moddalar,  

shuningdek Har xil ёqilg’ilarni  ёqishdan, avtomobil va boshqa ichki  ёnar  

vositalaridan  ajraladigan  zararli moddalar  atrof-muHitni muHofaza qilishga 

taalluqli deb qarash qabul qilingan edi. 


 

4

Bu masalalarga  kengroq  qaralsa  bunday chegaralash birmuncha 



chalkashliklarga olib keladi. 

Jumladan meHnatni muHofaza qilishda sanat changi masalasi kwriladi.  

Changlar tabiiy va suniy bwlishi va bularni  izoHlaganda suniy changlar inson 

faoliyati natijasida paydo bwladigan changlar deb tushintiriladi.  Hozirgi vaqtda 

xuddi shunday chegara qwyish imkoniyati bormi? Aytaylik vulqonlar otilishi

chang-twzon bwlib chwllardan tuproqlarning kwchishi, kosmosdan metioritlarning 

er qariga wtishi  bilan  ёnishdan  Hosil  bwlgan  changlar va boshqalar tabiiy 

changlar sirasiga kirgizilsa,  bu albatta  inson  faoliyati  bilan bog’liq bwlmagan 

Hodisa Hisoblanadi,  ammo inson faoliyati natijasida Orolning qurishi va uning 

ostida twplangan minglab tonna tuzlarning  atmosferaga  xuddi  shu twzon sifatida 

kwtarilishi va shuningdek wzlashtirilgan erlarda ularni sug’orish bilan er osti  

suvlarining kwtarilishi va erlarning shwrlanishi natijasida tuproqlarning erroziyaga 

uchrashi oqibatida bular Ham twzon  sifatida  shamol bilan  birga Harakatlana 

boshlaydi va bu twzonlar butunlay bunday Hodisalardan yiroq bwlgan serHosil 

erlarga borib tushishi oqibatida  bu erlarni Ham Halokat ёqasiga olib kelishi 

mumkinki,  buning natijasida butun bir wlka ekologik  muvozanati  buzilishi  

mumkin bwlgan bu Hodisani tabiiy chang oqibati ekanini va bu agar chuqurroq 

qaralsa,  inson faoliyati natijasida kelib chiqqan suniy chang ekanligi tushiniladi. 

Bunday misollarni kwplab keltirish mumkin.  Shuning  uchun  Ham meHnatni 

muHofaza qilish,  tashqi muHitni muHofaza qilish va fuqoro mudofasi fanlarini 

birlashtirishga eHtiёj tug’ildi. 

Bu fan inson faoliyatining ishlab chiqarish jaraёnidagi faoliyati bilan 

chegaralanmasdan, uning yashash muHiti, Har xil bwlishi mumkin  bwlgan  tabiiy 

va tasodifiy ofatlardan saqlanish,  tabiat va odamzot uyg’unligini yaxshi tushinish, 

tabiatga muloHaza bilan, uning muvozanat zanjirini uzilib ketishidan eHtiёt qilgan 

Holda ёndoshish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi. 

 

TAShQİ MUHİTNİ İFLOSLANTİRUVChİ MODDALAR 

VA  İFLOFLOSLANİSh DARAJASİ 

 

Er sharini  wrab turgan atmosfera Havosining umumiy og’irligi 5,3 x 10 



(darajasi 18) kg ni tashkil  qilishi  Hisoblab  chiqilgan. Dengiz yuzasida Har bir 

kvadrat santimetr yuzaga 1 kg Havo og’irligi twg’ri keladi.  Bu Havo miqdorining 

asosiy qismi yani 90% i er yuzasidan 15 km gacha balandlikda,  99%  i 30 km va 

99,99% i 48 km balandlikda ekanligi aniqlangan. 

Odam tinch  Holatda  5-10 l/min,  wrtacha zwriqish Holatida 30 l/min va qattiq 

zwriqqanda 100 l/min miqdorda Havo sarflaydi. Bu wrtacha sutkasiga 15 kg 

atrofida demakdir. 

Hechqachon va Hechqaerda mutloqo  toza  Havo  bwlmaydi.  Uning asosiy 

qismlari:  azot - N 78,09%,  kislorod - O 20,94%, argon - Ar 0,93%  va qolgan 

0,04%  i CO , Ne, He, CH , Kr, NO

2

 , Xe,  O , NH (amiak), NO , SO ,



 

H

2



 S va yana 

birqancha birikmalardan tashkil topgan. 



 

5

 



2 - maruza 

İShLAB ChİQARİSh MUHİTİNİNG OB-HAVO ShAROİTİ 



İNSON ORGANİZMİNİNG TAShQİ MUHİTGA MOSLAShUVİ 

h’ 


Sanoat korxonalarining  ishlab chiqarish zonalari Havo muHitining ob-Havo sharoitini 

Havoning quyidagi kwrsatgichlar belgilaydi: 

1.Havoning Harorati, 

o

S bilan wlchanadi. 



2.Havoning nisbiy namligi,W% bmlan aniqlanadi. 

3. Havo bosimi,R mm sim.ust.ёki Pa bilan wlchanadi. 

4. İsh joylaridagi Havo Harakati,m/s bilan wlchanadi. 

Bulardan tashqari ob-Havo sharoitiga tasir qiluvchi ishlab chiqarish omillari Ham mavjud,bular 

Har  xil  mashina-mexanizmlar  va ishlov  berilaёtgan  materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik 

nurlari Ham Havo Haroratini oshirishga olib keladi. 

Bu omillar  tasiridaan Hosil bwladigan ishlab chiqarish zonasidagi Havo muHitini sanoat 

mikroiqlimi deb yuritiladi. 

Ob-Havo omillari  Har  biri ayrim Holda ёki bir nechasi birlikda insonning meHnat qilish  

qobiliyatiga,sog’lig’iga  juda  katta tasir  kwrsatadi.  İshlab  chiqarish sharoitida ob-Havo omillarning 

deyarli Hammasi bir vaqtda tasir qiladi.  Bazi sharoitlarda bunlay  tasir kwrsatish foydali 

bwlishi,masalan sovuq sharoitda quritish natijasida kamaytirilishi mumkin,bazi vaqtlarda  esa,bir-

biriga  qwshilishi  natijasida  zararli tasir darajasi ortib ketishi mumkin,masalan nisbiy namlik va 

Haroratning ortib  ketishi  inson uchun og’ir sharoit vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish 

joylaridagi Havo Harakatini oshirish Harorat yuqori bwlgan vaqtda ijobiy natija beradi,Harorat past 

bwlgan vaqtda esa,salbiy natija beradi. 

Bundan kwrinib turibdiki ob-Havo omillari bazi bir Hollarda  inson  uchun  ijobiy  va bazi bir 

Hollarda esa,salbiy tasir kwrsatib,inson organizmi tashqi muHitga moslashuvini buzib yuborishi 

mumkin.  Tashqi muHntga moslashuv -bu inson organizmining fiziologik va ximik jaraёnlar asosida 

tana Haroratining bir xil chegarada(36-37

o

S) saqlab turish qobiliyatini demakdir. 



Ob-Havo sharoitning doimo wzgarib turuvchi sharoitida tana Haroratining  wzgarmasligini  

saqlash,inson Haёtining asosiy bwlgan organizmdagi bioximik jaraёnlarning normal sharoitini  

taminlaydi. Tana Haroratining yuqorida kwrsatilgan darajadan ortib ketishi issiqlash,sovishi 

esa,sovish deb ataladi.  İssiqlash va  sovish  Haёt faoliyatini buzuvchi Halokatli Holat vujudga 

keltirishi mumkin. 

Shuning uchun Ham inson organizmida tashqi muHit bilan  moslashuvi  fiziologik mexanizmi 

mavjud bwlib,u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bwladi. Bu fiziologik mexanizmning 

asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvchi natijasida ajralib chiqaёtgan issiqlikning 

ortiqchasini tashqi muHitga chiqarib,issiqlik  balansini saqlab turishdir.  Tashqi muHitga moslashuv 

ikki xil: fizik va ximik bwlishi mumkin.  Ximiyaviy tashqi muHitga  moslashuv  organizmning  

issiqlash davrida modda almashinuvini kamaytirishi va sovishi natijasida modda almashinuvini 

oshirish mumkin.  Ammo ximiyaviy tashqi  muHitga moslashuv tashqi muHitning keskin wzgarishi 

borasida fizik tashqi muHitga moslashuvga  nisbatan  aHamiyati  katta  emas. Asosan tashqi muHitga 

issiqlikni almashtirishda fizik tashqi muHitga moslashuvning aHamiyati katta. 

Organizmning tashqi  muHitga  issiqlik chiqarishi uch ywl bilan wtishi mumkin: 

1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali 

(radiatsiya orqali Havo almashinuvi); 

2.Tanani wrab turgan Havo muHitini isitish(konvektsiya); 

3.Terining terlab,bug’lanishi va nafas  olish  ywllari  orqali suyuqliklarning bug’lanishi 

natijasida. 

Normal sharoitda,kuchsiz Havo Harakati bwlgan  Holatda  Harakatsiz odam organizmi 

radiatsiya ywli bilan organizm ishlab chiqaraёtgan issiqlikning 45%, konvektsiya natijasida 30%  va 

terlash orqali 25% ywqotish aniqlangan. Bunda teriorqali umumiy issiqlikning 80%  ortig’i, nafas  

olish azolari  orqali 13 (protsenti) va taxminan 5%  i issiqlik ovqat,suv va Havoni isitishga sarflanadi. 



 

6

Radiatsiya va konvektsiya orqali issiqlikni ywqotish,faqat tashqi muHit Harorati tana 



Haroratidan kam bwlgan Hollarda bwlishi  mumkin.  Shuni  aytib  wtish  kerakki,tashqi muHit 

Harorati qancha past bwlsa,issiqlik ywqotish shuncha kuchli bwladi. 

Tashki muHit  Harorati  tana Haroratidan yuqori ёki teng bwlsa,u Holda issiqlik ajratish terlab 

bug’lanish Hisobiga bwladi. 

1 gramm  terni bug’latish Hisobiga 2,5 kDj (0,6kkal) issiqlik ywqotilishi mumkin. 

Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muHit Haroratiga va bajariladigan ish 

kategoriyasiga  bog’liq.  Harakatsiz  organizmda,tashqi muHit Harorati 15 

o

S ni tashkil qilsa,terlash 



juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil kiladi.  Yuqori Haroratlarda  esa (30 

o

S va undan yuqori), 



ayniqsa og’ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi.  Masalan issiq 

tsexlarda,og’ir ishlarni  bajarish  natijasida terlashni miqdori soatiga 1-1,5 litrga etadi va bu miqdor 

terni bug’lanishi uchun 2500-3800  kDj  (600-900 kkal) issiqlik sarflanadi. 

Shuni aytib wtish kerakki,terlash ywli bilan issiqlik  sarflash faqatgina  tana yuzasida ter 

bug’langandagina amalga oshadi.  Terni bug’lanishi esa Havoning Harakatiga va nisbiy 

namligiga,kiygan kiyimining materialiga bog’liq. 

İssiqlik ywqotish faqat terlash ywli bilan amalga  oshirilaёtgan  sharoitida  Havoning  nisbiy  

namligi 75-80 protsentdan ortiq bwlsa,terning bug’lanishi qiyinlashadi va  organizm  tashqi  muHitga 

moslashuvi buzilishi natijasida issiqlash yuz berishi mumkin.  İssiqlashning birinchi belgisi tana 

Haroratining kwtarilishidir. Kuchsiz issiqlash  tana  Haroratining engil kwtarilishi,Haddan tashqari 

ter chiqishi,kuchli suvsash,nafas olish va qon tomirlarning wrishini  tezlanishi  bilan  chegaralanishi 

mumkin.  agar kuchli issiqlash yuz bersa,unda nafas olish qiyinlashadi,qattiq bosh og’rig’i tutadi  va  

bosh aylanadi,nutqi qiyinlashadi. 

Tashqi muHitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana  Haroratining keskin kwtarilishi 

issiqlik gepatermiyasi deb ataladi. 

İssiqlashning ikkinchi belgisi terlash natijasida inson organizmning kwp miqdorda tuz ywqotishi 

natijasida kelib chiqadi.  BuHolat teri xujayralarida  tuzning  kamayishi  orqasida,  Terining suvni 

ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. İchilaёtgan suv tinmay ter  bwlib  chiqib  

ketganligi  sababli, organizm kuchli  chanqoqlik  sezadi,ichilgan suvning tezda chiqib ketishi 

chanqoqlikni yana kuchaytiradi va bu suv bilan zaHarlanish Holatini vujudga  keltirishi  mumkin.  

Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bwladi kuchli terlash va qonning quyuqlanishi  

kuzatiladi.  Bu Holat qaltirash kasalligi deb yuritiladi. Keyin issiq urish vujudga keladi,tana Harorati 

40-41 

o

S ga kwtarilib,odam  xushini  ywqotadi va  qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi.  Bu 



vaqtda organizmdan ter chiqish butunlay twxtaydi.  Qaltirash kasali va issiq urish wlim bilan tugashi 

mumkin. 


Sanoat korxonalarida olib borilaёtgan gigienik chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarish 

sharoitida qaltirash kasalligi va issiq urish deyarli ywqolib bormoqda. İssiq tsexlarning Hammasida 

organizm  ywqotgan  tuzni tiklash uchun maxsus ichimliklar tashkil qilingan. 

İnson organizmiga  faqatgina  yuqori Harorat tasir kwrsatadi. Uzoq vaqt past Harorat tasirida 

bwlish asosiy fiziologik jaraёnlarning buzilishiga,ish qobiliyatining susayishga va orga- nizmning 

kasalanishiga olib keladi. past Harorat tasirida qon tomirlari torayadi  uzoq  vaqt tasir qilish 

natijasida,esa kapilyar qon tomirlarning faoliyati buziladi (birinchi belgilab siftida oёq  va qwl  

panjalarining  achishib  og’rishi,quloq  va burunning achishishini keltirish mumkin),shundan keyin 

butun organizmning sovuqqa  qotishi seziladi. 

Tashqi nerv sistemalarining  sovuq  qotishi  natijasida  suyak sistemalarida  radikulit,oёq  qwl  

va bel bwg’inlarida Hamda paylarda revmatizm kasalligi,  shuningdek plevrit,  bronxit va boshqa 

shamollash bilan bog’liq bwlgan yuqumli kasalliklar kelib chiqish mumkin. 

Odam organizmga sovuqning  tasiri,ayniqsa  Havo  Harakati kuchli bwlib,  Havoning nisbiy 

namligi yuqori bwlgan vaqtda  kuchli bwladi.  Chunki  sovuq Haroratdagi nam Havo issiqlikni 

yaxshi wtkazadi va konvektsiya orqali issiqlik ywqotishni kuchaytiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

7

İShLAB ChİQARİSh MİKROİQLİMİNİNG GİGİENİK NORMALARİ 



 

İshlab chiqarish  mikroiqlimi  normalari  meHnat   xavfsizligi standartlari 

sistemasi    "İsh    zonasi    mikroiqlimi"    (GOST 12,1005-76)ga asosan 

belgilangan.  Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. 

Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri,  yil fasllari va ish kategoriyasiga 

qarab,  ulardagi Harorat, nisbiy namlik va Havo Harakatining ish joylari uchun 

ruxsat etilgan normalari  belgilangan. 

İsh kategoriyalari quyidagicha belgilanadi:engil jismoniy  ishlar  (1 

 

kategoriya)-wtirib,tik turib ёki yurish bilan bog’liq Holda bajariladigan,  biroq 



muntazam jismoniy, zwriqish ёki yuklarni kwtarishni  talab  qilmaydigan 

ishlar,energ iya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.S) ni tashkil etadi.  Bunga tikuvchilik 

korxonasi,aniq  asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi. 

Wrtacha og’irlikdagi  jismoniy  ishlar(11   kategoriya)-soatiga 150-250 kkal 

(172-293 J.S) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi.  Bunga doimiy yurish 

va og’ir bwlmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish  bilan  bog’liq bwlgan ishlar 

kiradi.  Masalan,yig’iruv-twqish ishlari, mexanik-yig’uv, payvandlash tsexlaridagi 

ishlar shular jumlasidandir. 

Og’ir jismoniy ishlar (111 kategoriya)-muntazam jismoniy zwriqish  xususan  

og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga kwchirish va 

kwtarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda  energiya  sarfi  soatiga 250 kkal (293 

J.S) dan yuqori bwladi. Bunday ishlar temirchilik,kuyuv va boshqa qator tsexlarda 

bajariladi. 

Harorat, nisbiy namlik va Havo Harakatining tezligi risoladagi va ywl 

qwyilishi mumkin bwlgan miqdorlar  kwrinishida  normalanadi.  Risoladagi 

miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam tasir qilganda tashqi 

muHitga moslashuv  reaktsiyalarini  kuchaytirmasdan  organizmning normal 

faoliyatini va issiklik Holatini saqlashini taminlaydigan miqroiqlim 

kwrsatgichlarining  yiqindisi tushunilib,ular issiqlik sezish mwtadilligini vujudga 

keltiradiva ish qobiliyatini yuksaltirish uchun  shart-sharoit  Hisoblanadi. Ywl  

qwyilishi  mumkin  bwlgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va 

issiqlik Holatdagi wzgarishlarini,fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga 

chiqmaydigan tashqi muHitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf 

etadigan va tez normaga  soladigan  mikroiqlim  kwrsatgichlarining yig’indisidir.  

Bunda sog’liq uchun xatarli Holatlar vujudga kelmaydi,biroq nomwtadil issiqlik 

sezgilari,  kafiyatning  ёmonlashuvi  va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi 

mumkin. 1,2,3 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va ywl qwyilishi mumkin 

bwlgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar 

taminlanishi lozim, ular  Havoni mutadillashtirishda Ham majburiydir.  Biroq qator 

Hollarda, masalan issiqlik kwp ajralib  chiqadigan  ёki  isitiladigan  xonalarining 

Hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda ywl qwyiladigan 

normalarga (1,2 jadval) asoslanishi mumkin, biroq 

 

 

 



 

8

1-Jadval 



İshlab chiqarish  xonalari  ish  xonasidagi  Havoning  Harorati,nisbiy namligi va Harakat 

tezligining risoladagi normalari. 

 

 

 



Yil fasli 

İsh 


kategoriyalari 

Havoning    

Harorati, 

o



Nisbiy 

namligi 


Harakat 

tezligi 


 

 

Sovuq 



Engil - 1 

20 – 23 


60 - 30 

0,2 


 Wrtacha 

og’irlikdagi-11

a

 

18 – 20 



60 - 40 

0,2 


 Wrtacha 

og’irlikdagi-11

b

 

17 –19 



60 - 40 

0,3 


 

 

 



Og’ir-111 

16 – 18 


60 - 40 

0,3 


İliq davr 

Engil-1 


20 – 25 

60 - 40 


0,2 

 Wrtacha 

og’irlikdagi-11

a

 



21 – 23 

60 - 40 


0,3 

 Wrtacha 

og’irlikdagi-11

b

 



20 –22 

60 - 40 


0,4 

 

Og’ir-11 



18 – 21 

60 - 40 


0,5 

İssiq 


Engil-1 

20 – 30 


60 - 40 

0,3 


 Wrtacha 

og’irlikdagi-11

a

 

20 – 30 



60 - 40 

0,4 - 0,5 

 Wrtacha 

og’irlikdagi-11

b

 

20 – 30 



60 - 40 

0,5 - 0,7 

 

Og’ir - 111 



20 – 30 

60 - 40 


0,5 - 1,0 

 

2-Jadval 



Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari Harorati,nisbiy namligi va Havo Harakati 

tezligining ywl qwyiladigan normalari 

 

İsh 


kategoriyalari 

Havo 


Harorati, 

o



Nisbiy 

namligi 


Harakat 

tezligi 


Tashqaridagi 

Havo Harorati, 

o

S

Engil - 1 



19 - 25 

75 


0,2 

15 - 30 


Wrtacha 

og’irlikdagi 11

a

 

17 - 23 



75 

0,2 


15 - 30 

Wrtacha 


og’irlikdagi -11

b

 



15 - 21 

75 


0,4 

15 - 30 


Og’ir - 111 

13 - 19 


75 

0,5 


15 - 30 

 

meHnat va  dam  olish  rejimlariga qwyiladigan gigienik talablarga,organizmning issiqlab 



ketishi va sovuq qotishini oldini  olishga qaratilgan  barcha  vositalaridan foydalanishga Ham amal 

qilish zarur. 

Normalarda organizmning  tashqi muHitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas,balki 

meHnatning og’ir-engilligiga bog’liq  Holda wzgarib  turadigan  issiqlik Hosil qilishi miqdoriga 

aloqadorligi Ham Hisobga olinadi.  Shunga kwra engil ishlarda,wrtacha og’irlikdagi  va og’ir 

ishlarga qaraganda,Havoning birmuncha yuqori Harotlarda va Harakatining birmuncha kam tezlikda 

bwlishi qabul qilingan. 

Ywl qwyilishi  mumkin  bwlgan  normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga  wtish  

davrlarida  (tashqi  Havoning) wrtacha kunnalik  Harorati-10 

o

S dan yuqori (ёki muvofiq Holda past) 



doimiy ish joylaridan tashqarida (I-jadval) birmuncha katta  raqamlarda  wzgarib  turishi,yilning  

issiq paytida esa (2-jadval) tsexlar Havosining oshgan Harorati (ayniqsa Wrta Osiё sharoitida va 



 

9

issiqlik ajralib  chiqishi  mumkin  bwlgan tsexlarda)issiqlikning aniq ortiqcha bwlishini kwzda tutadi.  



Bu tashqi muHitining issiq  bwlishi  bilan birga katta miqdordagi issiqlikni ywqotishni qiyinligi bilan 

bog’liq. 

Biroq bu  Holda Ham normalar ywl qwysa bwladigan maksimumni chegaralaydi (ammo Wrta 

Osiё shiroatini uchun emas). İssiqlik ajralishi  yuqori bwlgan tsexlarda Havoning Harakat tezligi 

Ham birmuncha ortiqcha belgilanadi. 

GOST12-I.005-76 da xonalarning katta kichikligi,issiqlik va namlik  ajratilshning  birga 

uchrashi, doimiy Harorat ёki Harorat va namlik kabilarni suniy usulda tutib turish  sharoitlarini  

Hisobga oladigan qator qwshimcha tavsiyalar va aniqliklar Hkm mavjud. 

Kwrsatib wtilgan normalarga qwshimcha qilib,SN-245-71 da  baёn  etilganidek,ish  joylarida 

issiqlikning nurlanish intensivligi 300 kkal.m

2

 dan yuqori bwlganda albatta Havo  dushlari  qurilishi 



zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda beriladigan Havo Harorati va Harakat tezligi yil 

fasliga,ish kategoriyasi  va  issiqlik  nurlarining  kwp-kamligiga  bog’lik.  İsh  nechog’lik og’ir 

bwlsa,Harorat shunchalik past va Havo Harakati yuqori bwladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

10

3 - maruza 



 


Download 455.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling