Ignali printerlar. Bu turdagi printerlar ma’lumotlarni chop etishda bo’yoqli tasmalardan foydalanadi. Bo’yoqli tasmani mahsus tik joylashgan ignachalar yordamida qog’ogga uriladi. Har bir igna urilishi natijasida qog’ozda nuqtalar paydo bo’ladi. Shuning uchun bu tur printerlari ma’lumotni nuqtachalar yordamida qog’ozda tasvirlaydi.
Lazerli printerlar. Bu tipdagi printarlar ma’lumotni chop etishda lazer nurlaridan foydalanadi. Yani mahsus maghit barabanning ayrim qismlari lazer nurlari ostida magnitlanadi va bu qismlarga metal kukunlar yopishadi. Magnit baraban aylanish jarayonida qog’ozga tegib unga kukunlarni yopishtiradi, keyin qog’oz ikkinchi – isituvchi barabanga bosilib kukunlar qog’oz sirtiga yopishtiriladi va natijada qog’oz sirtida kerakli ma’lumotlar shakllanadi. Bu printerlarning oq-qora va bo’yoqli turlari mavjud.
Bo’yoqli printerlar. Bunday printerlar malumotni qog’ozga bo’yqlarni purkash orqali shop etadi. Bunday printerlar asosan rangli bo’ladi.
Ignali printer lazerli printer Bo’yoqli printer
Sichqoncha. Bu qurilma kompyuterning qo’shimcha boshqaruv qurilmasi bo’lib, undan ko’mpyuterni boshqarishda, dasturlarni ishga tushirish, tasvirlar chizish, o’yinlarni boshqarish kabi bir qator hollarda foydalaniladi. Sichqonchaning sharli, optik turlari mavjud. Sichqonchaning stol ustidagi harakatini komptyuterga uzatish uchun unga ikki hil qurilma o’rnatish mumkin. Birinchi turda sichqoncha ostiga sharcha o’rnatib, shu sharchaning harakatiga qarab sichqonchaning stoldagi harakati aniqlanadi. Ikkinchi usulda uning ostiga mahsus optik qurilma o’rnatilib, bu qurilma sichqoncha ostidagi sirt(stol yuzasi)ning harakati ahiqlanadi. Sichqonchaning tugmachalari soni ham har hil bo’lishi mumkin. Uning tugmachalari ko’proq bo’lsa, bajaradigan faoliyati ham ko’proq bo’ladi.
Skaner. Bu qurilma ma’lumotlarni qog’ozdan o’qib kompyuterga uzatish uchun mo’ljallangan. Skanerda kuchli hur chiqaruvchi uzunchoq chiroq jaylashgan bo’lib, undan chiqqan nurlar qog’ozdan qaytishini tekshirib tasvirni aniqlovshi fotodiodlar yordamida ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. Oligan ma’lumotlar asosida kompyuterda qog’ozdagi tasvirning nushasi paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |