“Йўл ҳаракати хавфсизлиги” таълимий ўйини тўплами


Download 0.58 Mb.
bet7/14
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1637969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
6-7o`yinlar har-liipech

Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni muvozanat ushlab bir oyoqlab yurishga va masofani chamalay olishga oʼrgatish.
kerakli jixozlar: oʼyin maydoncha oʼyin maydoncha, va silliq toshchalar
oʼyinning borishi: oʼyindan avval 5 juft katak 2 qator qilib chiziladi. Shundan soʼng sanash yoʼli bilan oʼyinchilar ketma-ketligi aniqlanadi. Boshlovchi kichkinaroq yassitoshni tanlaydi. Soʼngra oʼyinchi bir oyoqda chiziq boshidan sakrab, sapalakni katakka tepib, chiziqlarga tushurmasdan olib oʼtadi. Kim oldin sapalakni hamma kataklariga ketma-ket oyoq bilan tepib, olib oʼtsa oʼsha gʼolib chiqadi.
«Koʼz Bogʼlаsh» Oʼyini
Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni diqqatni jamlashga va ziyrak boʼlishga oʼrgatish.
kerakli jixozlar: oʼyin maydonchasi va roʼmolcha
oʼyinning borishi: oʼyin qatnashchilaridan birini koʼzi roʼmol bilan bogʼlanadi va u oʼrtada turadi. Bolalar «xola, nimangiz yoʼqoldi?» deb soʼraydi. Koʼzi bogʼlangan bola «аngushvonam» deb javob beradi. Bolalar «men topdim, men topdim» deb har tomonga yuguradilar. Koʼzi bogʼlangan bola esa tovush kelgan tomonlarga qoʼlini choʼzib, bolalarni ushlashga harakat qiladi. Ushlangan bola oʼyindan chiqadi yoki uning koʼzini bogʼlashadi. Oʼyin shu tartibda davom etadi, hech tutilmagan bolalar eng chaqqon va gʼolib deb hisoblanadi.
«Oqterаk, Koʼkterаk» Oʼyini
maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni nutqini rivojlantirish, hamjixatlikda harakatlanishga oʼrgatish.
kerakli jixozlar: oʼyin maydoncha
oʼyinning borishi: bu oʼyinda barcha gurux bolalar ishtirok etiish mumkin. Bolalar 2 guruxga boʼlinadilar, yaʼni (gullar, mevalar nomi bilan) bir birlariga koʼrsatilgan masofa oraliqda 8-9 m qarama-qarshi turadilar. Oq terakme, koʼk terak, bizdan sizga kim kerak? Sayrab turgan dil kerak! Dillarning qaysi biri? Dilbardir oʼtkiri! Oʼynab-oʼynab oʼymaymiz kuylab-kuylab kuylaymiz oq terakme, koʼk terak...
bizdan sizga kim kerak? Xasan qoʼzichoq kerak! Ola-bula kapalak orqa sochi jamalak setora qizalok kerak!
oʼyin shu tarzda davom etadi. Chaqirilgan bolalar ikkinchi guruxning qoʼllarini uzib ketsa 1 ta bola bilan oʼz guruxiga qaytadi. Аgarda uzolmasa oʼsha guruxga qoladi. Oʼyinda 1 ta gurux gʼolib boʼlishi kerak, yoki teng boʼlishi ham mumkin.
«Аrqon Tаshlаsh» Oʼyini

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling