Joldasova qurbangulning
Download 0.72 Mb.
|
Bluzka tikish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning turi
- Ishni bajarish tartibi
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- Bichish detallari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI QO’NG’IROT TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 3-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI JOLDASOVA QURBANGULNING 8A SINF UCHUN “ Bluzka bichish va tikish texnologiyasi ” mavzusida ochiq dars ishlanmasi Qo`ng`irot 2022 Sinf: 8 Sana:17.11.2022 Mavzu: Bluzka bichish va tikish texnologiyasi Darsning maqsadi a.Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga bluzka bichish va tikish haqida tushuncha berish. b. Darsning tarbiyaviy maqsadi: a) O’quvchilarga bluzka bichish va tikish orqali texnologiya fanining hayotdagi o’rnini tushuntirish. b) boshqa fanlarga va hayotga bog’lab o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. v. Rivojlantiruvchi maqsad: a) o’quvchilarning aqliy qobilyatini o’stirish b) o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni tushuntirish Dars o‘tish rejasi: 1.Tashkiliy qism [5daqiqa] 2.O’tilgan mavzularni mustahkamlash. [10daqiqa] 3. Yangi mavzu bayoni. [15daqiqa] 4. Mavzuni mustahkamlash. [10daqiqa] 5.Darsni yakunlash, baholash, uyga vazifa berish [5daqiqa] Darsning turi: yangi bilim berish. Darsning usuli: guruhlarda ishlash, amaliy ish Darsning jihozi: darslik, darsga oid ko’rgazmalar, Andoza shizish uchun qag`oz , mato ip igna qaychi va hk Tashkiliy qism: salomlashish, davomat sinfxona tozaligini ko`zdan kechirish Uyga vazifani va O’tilgan mavzuni so’rash: Yangi mavzu bayoni: Bluzka bichish va tikishluzka ayollarning yengil kiyim turuiga kiradi . Uning bluzka –jemper, bluzka –bantik kabi turlari mavjud. Bluzkalar shakli jihatidan ko`ylakning yuqori qismiga uzun yoki kalta yeng uchlari manjetli , manjetsiz, rezinkali bo`lishi mumkin. Ishni bajarish tartibi: Yuqorida ko`rsatilgan bluzka andozasi oq qag`ozga tushuriladi. So`ngra rasmdagidek qilib bo`yin o`yindisi modellashtiriladi ya`niy yelka chizig`idan 3-4 sm va bo`yin o`yindisi chuqurkigidan9-10-sm o`yib tashlanadi Ko`krak vitshkasi uchidan o`rta chiziqqa qirqish perppendikulyar chizig`I o`tkazadi ko`krak vitshkasi yopilib, ko`ktak qismiga taqilma uchun 2 cm qo`shiladi . Yengini Fonarcha qilish uchun yengning tepa qismi parallel kengaytriladi. Asos chizmasiga kiritilgan model chiziqlari bo`ylab qirqiladi va bluzka uchun andozalar komplekti hosil boladi. Andozalarda buyumning va detalning nomi , chok haqlari gazlamaning bo`y ipi , kertimlar o`rni belgilanishi kerak. Yangi mavzuni mustahkamlash Bichishga mo`jallangan gazlama ko`rikdan o`tkaziladi nuqsonlari aniqlanadi dekatirovka qilinib (suv purkab ) dazmol qilinadi. Andozalar gazlama ustiga qo`yiladi v abo`r bilan chizib chiqiladi . Bluzka eni 110 sm li gazlamadan bichilganda gazlama uzunasiga 2 buklab to`shaladi . Old va orqa bo`laklar andozalari o`rta chiziqlarini gazlamaning buklov chizig`iga to`g`rilab joylashtiriladi, qirqimlari orasiga yeng , old va orqa bo`laklar bo`yin o`mizi adiplari joylashtiriladi Andozani joylashtirishda detallar tanda ipi jo`nalishi gazlama o`rishi ipi yo`nalishi bilan ustma –ust tushishi shart. Andozani gazlamaga joylashtirib har biri bo`lagini to`g`zag`ish bilan qadab mahkammlab chiqgach , andozaning ko`nturlari bo`yicha kerak chok haqlarini qo`yibbo`laklar qirqib olinadi. Bichilga bo`laklar tekshirib taxlanadi. Bichish detallari : 01-old bo`lak -2 dona , 02-orqa bo`lak 1 dona , 03 –yeng – 2dona , 04- bo`yin adipi 2 dona, 05-orqa bo`yin adipi 1 dona,06-yeng manjeti – 2dona Bluzkani kiydirib ko`rishga tayyorlash va tikish Uyga vazifa: Bluzka tikish Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling