Jomboy tuman xalq ta’lim bo‘limi mudirining buyrug‘i ta’lim muassasalarida Ijtimoiy yo‘nalishdagi fanlar oyligini tashkil etish to‘g‘risida
Download 190.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Dekabr fan oylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 514-7-94-XT/2022-son
- Asos
- MI5226768402 Hulosa kodi SJ3257660612
JOMBOY TUMAN XALQ TA’LIM BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I Ta’lim muassasalarida Ijtimoiy yo‘nalishdagi fanlar oyligini tashkil etish to‘g‘risida Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy fanlar bo‘yicha DTS talablarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirib borish, ularning ushbu fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligi, iqtidori va ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini aniqlash va bu to‘g‘risida Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 13-avgustdagi 183-sonli hamda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 21-noyabrdagi 130-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 13-avgustdagi 183-sonli hamda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 21-noyabrdagi 130-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Tuman xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida 2022- yilning dekabr oyi davomida Ijtimoiy (tarix, DHA, tarbiya) fanlar oyligini o‘tkazilishi belgilansin. 3. Ijtimoiy (tarix, DHA, tarbiya) fanlar oyligini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga, tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida fan oyliklarini o‘tkazish bo‘yicha monitoring jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari(S.Fayziyev)ga: belgilangan muddatda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Ijtimoiy (tarix, DHA, tarbiya) fanlar oyligini davomida savodxonlikni oshirish bo‘yicha barcha umumta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida tanlovlar tashkil etish, natijalarini tahlil qilish, g‘oliblarni rag‘batlantirish; umumta’lim maktablarida ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya fanlari) fan oyligini yuqori saviyada o‘tkazilishini nazoratga olish; 5«12»2022yil. 514-7-94-XT/2022-son viloyat XTXQTMO hududiy markazi bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali Ijtimoiy (tarix, DHA, tarbiya) fanlar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar hamda konferensiyalar tashkil etish vazifalari topshirilsin. 5. Tuman xalq ta’limi bo‘limi Tabiiy (fizika,kimyo) Aniq (matematika, informatika) Ijtimoiy (tarix, DHA, tarbiya) fanlar metodisti (B.Egamberdiyev) ga va tuman xalq ta’limi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga: - Ijtimoiy (tarix, DHA, tarbiya) fanlar o‘qitishning yangi-uslublarini amaliyotga joriy etish, tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish; - ta’lim muassasalaridagi tajribali o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbatlari, o‘quv-seminarlari, namunali ochiq darslar va ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish, chellenjlarda faol ishtirok etish; - mazkur tadbirlarda ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash; - fan oyligi davomida faol qatnashgan o‘qituvchi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, o‘tkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb- saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish; - amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni (fotolavhalari ilova qilingan holda) joriy yilning 30-dekabr kuniga qadar tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etish vazifalari topshirilsin. 6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari: S. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin. Asos:Viloyat Boshqarmasining 2022-yil 21-noyabrdagi 130-sonli buyrug'i Buyruq bilan tanishdim _____________ (xodimning imzosi) _______________ (F.I.Sh.) Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang. Imzolovchi F.I.SH. ZARIFA YUSUPOVA ABDUSALAMOVNA Imzolangan sana 05.12.2022 10:32 Hujjat kodi MI5226768402 Hulosa kodi SJ3257660612 Download 190.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling