Jondor tuman 12-maktab 2022-2023 o’quv yili hisoboti


Download 13.14 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2023
Hajmi13.14 Kb.
#1074321
  1   2
Bog'liq
12- maktab Hisobot 2022-2023 oʻquv yili


Jondor tuman 12-maktab 2022-2023 o’quv yili
HISOBOTI
2022 o’quv yilida maktabda jami o`quvchi soni 769 nafar o`quvchi shundan 1 sinfga 85 nafar o`quvchi qabul qilindi va 11- sinf o`quvchilar 49 nafarni tashkil qiladi. 2022 o’quv yilida maktabda 34 nafar o`quvchi 11 sinfni bitirdi va 20 nafar o`quvchi oliy ta`limga kirib 59% ni tashkil qildi.
Maktabda 73 nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatib kelmoqda shundan 8 nafar o’qituvhi oliy toifali, 19 nafar o’qituvchi birinchi toifali va 18 nafar o’qituvchi ikkinchi toifali o’qituvchi sertifikatlarini qo’lga kiritdilar. Shu bilan bir qatorda xalqaro sertifikatlarga ega o’qituvchilar Ingliz tili fani bo’yicha 1nafar , rus tili fanidan 2 nafar, informatika fanidan 2 nafar hamda yuqori sinf o’quvchilarning 2 nafari xalqaro sertifikatlarga ega bo’ldilar.
O’quvchilar tomonida o’quv yili davomida ko’rik tanlovlar (Zakovat, Konstitutsiya erkinligimiz kafolati, Jaholatga qarshi ma’rifat, Mening huquq va majburiyatlarim, Al- Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino vorislari, Millon dasturchi, Maktab sardorlari va kamalak sardorlari) da ishtirok etib faxrli 1,2,3 –o’rinlarni qo’lga kiritdi va viloyat bosqichida faol ishtirok etib diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Respublika , Viloyat va tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan tashkil etilgan fan va sport tanlovlarida o’quvchilar ishtirok etib yuqori natijalarga erishdilar. Shundan
5-6 sinf o’quvchilari sportning milliy kurash turi boʻyicha qizlar oʻrtasida viloyatda faxrli ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egalladi qimmatbaho sovg’a va diplom bilan taqdirlandilar.
Fan olimpiadasi bo’yicha tuman bosqichida 11-“A” sinf o’quvchisi Joʻraqulova Ruxshona Ona tili va adabiyot fanidan tumanda birinchi o’rinni egalladi,9-B sinf oʻquvchilari Rahmiddinov Zahriddin, Habibova Madinalar tuman bosqichida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib viloyat bosqichida faol ishtirok etdilar.
11-A sinf o’quvchisi Abduraufov Rifat sportning futbol turi bo’yicha qatnashib faxrli birinchi o’rinni egalladi qimmatbaho sovg’a va diplom bilan taqdirlandi. Boshlang’ich sinflarda tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan tashkil qilingan bir qator tanlovlarda o’quvchilarimiz 4 “A”sinf o’quvchisi Namozov Ozodbek, 3 “V ”sinf o’quvchisi Muxammedova Mohinur, 3 “B”Dilmurodov Jahongir , 4 “V” sinf o’quvchisi Jo’raqulova Shaxrizoda faxrli birinchi o’rinni egalladilar. 2 “A” sinf o’quvchisi Zaripov Ravshanbek Toshkent shaxrida o’tkazilgan sportning qo’l jangi turi bo’yicha o’tkazilgan musoboqada faxrli ikkinchi o’rinni egalladi.
5 tashabbus doirasida o’tkazilgan tanlovlarda “Yosh kitobxon” tanlovida 9 “B” sinf o’quvchisi Amonova Matluba tumanda ishtirok etib faxrli birinchi o’rinni egalladi.
Maktabda tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan tashkillashtirilgan ingliz tili fani o’qituvchilari uchun , “Kasbim kelajak faxrim “mavzusida , “Kitobxon bilimdoni ” mavzularida o’quv seminarlari tashkil qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi o’qib eshittirilishi hamda 2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim ” yili deb nomlanishi munosabati bilan Xalq ta’limi tizimida sifatli ta’limga erishish , talim tizimini isloh qilish o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha takliflar.




Download 13.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling