.2 Vektorlar haqida umumiy tushuncha
Matematika va fizika fanlarida ko’pincha ikki turli miqdor bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi, ulardan biri faqat son qiymati bilan aniqlangani holda, ikkinchisi o’zining son qiymatidan fazodagi yo’nalishi bilananiqlanadi. Masalan, uzunlik, hajm, temperatura, potensial energiya kabi miqdorlar faqat o’zlarining son qiymatlari bilangina aniqlanadi va bunday miqdorlar, ya’ni, faqat o’zining son qiymati bilan aniqlangan miqdorlar skalyar deyiladi.Lekin, kuch, tezlik, tezlanish kabi miqdorlarni aniqlash uchun fazodagi yo’nalishlari ham ma’lum bo’lishi lozim. Bunday miqdorlarni ya’ni o’zining son qiymatidan boshqa yana fazodagi yo’nalishi bilan aniqlanadigan miqdorlar vektorial miqdorlar yoki qisqacha vektorlar deyiladi. Demak, yo’nalishga ega bo’lgan kesma vektor deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |