Kuchuktepa Surhondaryo viloyati hududidan, Termiz shahridan 70 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, u miloddan avvalgi 1000-750 yillarda tepalik ustiga qurilgan qo’rg’onchaning xarobasidir. Arxeologlarning fikricha, qo’rg’on mudofaa devorlari bilan o’ralgan 6 ta uy-joy va ro’zg’or xonalaridan iborat. Kuchuk I madaniy qatlamlaridan sopol idishlarning qoldiqlari topilgan bo’lib, ular ikki guruhga bo’linadi. Kulolchilik charxida ishlangan idishlar-kosasimon, tuvaksimon va xumsimon naqshsiz idishlardir. Qo’lda ishlangan idishlar-rangli egri chiziqlar va uchburchak geometrik naqshlar bilan bezatilgan buyumlardir. Kulolchilik buyumlarining deyarli barchasining tagi yassi bo’lgan. Don saqlash uchun xumchasimon idishlar va tovoq, kosa, piyola shaklida kichik sopol buyumlaridan keng foydalanilgan.
Miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida va miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida Farg’ona vodiysida
Do'stlaringiz bilan baham: |