Jo'rayeva U. UzDjtu talabasi
Download 62 Kb.
|
Jo'rayeva U.(1)
Jo'rayeva U. UzDJTU talabasi O'zbek va ingliz maqollaridagi ma'no xususiyatlari va ularda milliy xarakterning ifodalanishi . Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tilidagi maqollar mazmunining o'zaro o'xshashligi, xususiyatlari va ana shu ikki tildagi maqollarda milliy ong va xalq dunyoqarashining ifodalanishi haqida so'z yuritiladi. Xalq og'zaki ijodining asrdan asrga o'tib, kamol topib kelayotgan kelayotgan eng yorqin namunasi bu maqoldir. Maqollarda xalqlarning asrlar davomida tajribada sinalgan donologi namoyon bo'ladi. Maqol so'zi arab tilidan olingan bo'lib, مقال - maqola , kichik asar kabi ma'nolarni anglatadi va u hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan , odatda pand nasihat mazmuniga wga bo'lgan, ixcham obrazli , tugal ma'noli ibora yoki gap hisoblanadi. Maqol tushunchaasi deyarli har bir tilda bir xil ma'noni anglatadi. Masalan ingliz tilidagi maqol so'zi lotin tilidagi "proverbium" so'zidan kelib chiqqan va u hikmat , donishmandlar so'zi kabi ma'nolarni anglatadi. Yuqorida aytib o'tilganidek ,maqollarda xalqlarning asrlar davomida tajribada sinalgan donoligi namoyon bo'ladi. Mashhur lug'atshunos Dal aytganidek "maqollar bu - xalq tilidan , tajribadan olingan hikmatlar majmuasi, sog'lom aql sarasi xalqning hayotda orttirgan tajribasidir. " Maqollar - bu xalq tajribasi , uning nafasi , yig'indisi, shodligi va sevinchi , qayg'usi va ovunchi, bu xalq haqiqati , uni to'g'ri yo'lga eltuvchi manbadir. Xalq asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasini turli tajribalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqollar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi . Ular zamonlar osha , xalq dinishmandligining muhim manbai sifatida , og'izdan og'izga o'tib , sayqallanib kelgan . Maqollar xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari singari, har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi. Ular xalqning milliy madaniy xususiyatlari va uning qirralari, dunyoqarashi, axloqiy me'yor va prinsiplari , millatning ruhiy holatini to'liq ifodalaydi. Maqollar ming yillardan beri yashab kelmoqda . Insoniyat paydo bo'libdiki u atrif - olam, jamiyat, siyosat, tabiat, iqtisodiyot va tibbiyot haqida fikr yuritadi, xulosa chiqaradi. Ana shu hayollar va xulosalar qisqa va lo'nda bo'lgan jumlalar - maqollar kelob chiqishi uchun zamin hozirladi, hamda ushbu maqollar bir kishi tomidan emas, balki butun bir jamiyat va ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilinadi. Maqoldan kelib chiqayotgan ma'no har doim ham uni tashkil etayotgan so'zlarning ma'nosidan kelib chiqmasligi mumkin, balki uning obrazliligi bilan bog'liqdir. Misol uchun : Asli qora oqarmas, oqarsada bo'zarmas ( ya'ni " qancha harakat qilinmasin yomon yaxshiga aylanib qolmaydi"). Bunday holatni biz ingliz tilida ham kuzatishimiz mumkin. Every dog has its day ( ya'ni bizga ham omad kulib boqadi) .Ya'ni har ikki tilda ham maqollar ko'pincha ko'chma ma'noda qollaniladi va ular to'g'ridan to'g'ri tarjima qilinmaydi. Quidagilar misol bo'la oladi: O'zbek tilida : Ko'z yoshi toshni eritar ( ko'z yoshi har narsaga qodir ). Ingliz tilida : If the mountain will not come to Mohamet, Mohamet must go to the mountain (natijaga erishish uchun insonning o'zi harakat qilishi kerak ). Aslida ushbu maqol to'g'ridan to'g'ri tarjima qilinganda quidagi ma'nonii anglatadi. Ya'ni: Agar tog' Muhammadning yoniga kelnasa , Muhammad tog'ning yoniga borishi kerak . Ba'zi maqollarni ingliz tilidan tarjima qilganda aynan muqobil ,ma'nosi yaqi variantini o'zbek tilida topish qiyin . Lekin ba'zilar ikki tilda ham ma'no va tuzilish jihatidan aynan bir xil. Masalan: To kill two birds with one stone ( Bir tosh bilan ikki qushni o'ldirmoq). O'zbekcha muqobili bir o'q bilan ikki quyonni o'ldirish. Yoki yana bir misol : Better late than never . O''zbekcha muqobili : Hechdan ko'ra kech yaxshi. Maqollarning asosiy xususiyati ular nutqimizning ixcham , teran , ravon va mazmunli bo'lishiga yordam beradi. Maqol -so'z ko'rkidir. Inson nutqining qanchalar chiroyli ekanligini, dunyoqarashini ishlatayotgan maqol va afarizmlaridan ham anglasa bo'ladi. Maqollar orqali nafaqat inson xarakteri, balki butun bir xalqning, millatning milliy ong madaniyatini, charakterini anglash mumkin. Shunga ko'ra ingliz va o'zbek tilidagi maqollarning ma'no xususoyatlarini tahlil qilish orqali har ikki xalqning o'ziga xos turmush tarzi dunyo qarashi haqida ma'lumot olish mumkin. Xalqning madaniyati, tarixi va urf-odatlarini ixcham tarzda yetkazib beruvchi xalq maqollari xalqning mentalitetini ifodalashda yetakchi o‘rinni egallaydi. Shundan kelib chiqqan holda ingliz va o‘zbek tillaridagi ayrim maqollarning lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilish orqali har ikkala xalqning o‘ziga xos milliy urfodatlari, kundalik turmush tarzidagi o‘ziga xos milliy xarakteri o‘rganildi hamda ushbu maqolada har ikki tildagi ayrim maqollarning farqli va o‘zaro o‘xshash tomonlari keltirildi. Ingliz tilidagi maqollar haqida gapirishdan avval uni yaratgan xalq haqida ham to‘xtalishni lozim topdik. Dunyo millatlari orasida bu xalq vakillari mag‘rurligi, izzattalabligi bilan ajralib turadi. Bu jihat ularning maqollarida ham ko‘rinadi, masalan:Inglizcha: Better untaught than ill-taught. Tarjimasi: Chalasavoddan savodsiz afzal. O‘zbekcha muqobili: Chalasavod – chirik rabot. Inglizcha: Better die a beggar than live a beggar. Tarjimasi: Kambag‘al bo‘lib yashagandan kambag‘al bo‘lib o‘lgan afzal. O‘zbekcha muqobili: Otliqning qamchisi ham, yayovning kaltagi ham kambag‘alning boshiga tegadi. Ko‘rib turganingizdek, oxirgi inglizcha maqolning o‘zbekcha tarjimasida kambag‘al bo‘lib yashash qoralanib, bunday hol inson uchun uyat ekanligi aytilyapti. Biroq o‘zbekcha muqobilidagi ma’noni inglizchaga mos deb bo‘lmaydi. Bu yerda kambag‘al, bechora har doim xo‘rlanishi, kamsitilishi nazarda tutilgan. Maqolning o‘zbekcha variantida kambag‘allik uyat yoki gunoh darajasida qoralanmagan. Demak, g‘ururga berilish va hurmattalablik xislatlari o‘zbek xalqiga nisbatan ingliz xalqida yuqoriroq ekanligi maqollarda o‘z ifodasini topgan. Bu holatni esa o‘zbek xalq maqollarida umuman boshqacha shaklda ko‘rish mumkin: Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l – Respect yourself, no one else will respect you. Shuningdek, inglizlarga xos yana bir jihat – ularning bolalarga nisbatan uy hayvonlariga ko‘proq mehr qo‘yishini maqollarda bola obrazidan ko‘ra it, ayniqsa, mushuk obrazining ko‘p qo‘llanilishida kuzatamiz: Dog does not eat dog – Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Dog a bad name and hang him – Yomon atalib tirik yurguncha, yaxshi atalib o‘lgan yaxshi. Barking dogs seldom bite – Ko‘p vovullagan it tishlamaydi. When the cat is away, the mice will play – Mushuk yo‘q bo‘lsa, sichqon bayram qiladi. A cat in gloves catches no mice – Qo‘lqopli mushuk sichqon tuta olmaydi. Ammo ayrim o‘zbek maqollarida it va mushuk obrazlari, ko‘pincha, salbiy ma’noda ishlatiladi: It hurar – karvon o‘tar – The dogs bark, but caravan goes on. Itlar bilan yotgan bitlab turar – He that lies down with dogs must rise up with fleas. Itni suyak bilan ursang, qopmas – A dog will not howl if you beat him with a bone. Xullas, maqollarda har bir xalqning o‘y-fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, qadriyatlari, fe’l-atvori, e’tiqod va an’analari aks etadi. Har bir millat o‘ziga xos tafakkur tarziga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Hatto maqollardagi mavzular o‘xshash bo‘lsa-da, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy-madaniy bo‘yoqni ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Bakirov P.V . Milliy g'oya targ'ibotida xalq maqollaridan foydalanish. Ma'naviyat .2007. 2. O'zbek tilining izohli lug'ati. O'zbekiston milliy ansiklopediyasi. Davlat milliy nashriyoti. 2006. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling