Joriy nazorat toshkent moliya instituti
Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish; Slick
Download 456.02 Kb. Pdf ko'rish
|
IIKT fanidan JN (4) (pdf.io) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarning dasturiy ta’minoti. Operatsion tizimlarning turlari
Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
Slick-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish; Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish; Select-biror obyektni tanlash. Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin. 3.Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarning dasturiy ta’minoti. Operatsion tizimlarning turlari? Axborot komplekslarining dasturiy ta’minoti. Shxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismdan iborat. 1. Texnik ta’minot. 2. Dasturiy ta’minotlardir. Texnik ta’minot – bu komp’yuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minotkomp’yuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va komp’yuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Komp’yuterning texnik qismlari va dasturlar o’rtasidagi bog’lanish interfeys dab atalishni bilib olishmiz lozim. Komp’yuterni turli texnik qismlari o’rtasidagi bog’lanish – bu apparat interfeysi ya’ni texnik interfeys , dasturlar orasidagi o’zoro bog’lanish esa dasturiy interfeysdeyiladi. Inson komp’yuterning dasturlari bilan va dasturlarni inson bilan o’zaro muloqati - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin. 1.Tizimli dasturiy ta’minot. 2.Amaliy dasturiy ta’minot. 3.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 1. Tizimli dasturiy ta’minot – komp’yuter va komp’yuter tarmoqlarini ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 2. Amaliy dasturiy ta’minot – bu, aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum masalalarni echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgandir: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini texnik qismini ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish: Tizimli dasturiy ta’minot ikkita qismdan iborat: 1. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot. 2. Yordamchi (xizmatchi) dasturiy ta’minot. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot – bu, komp’yuter ishini taminlovchi dasturlarning minimal to’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Operatsion tizim. 2. Tarmoq operatsion tizimi.Yordamchi dasturiy tam’inot - asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchning ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komp’yuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi, arxivlashtirish va boshqa dasturlardir. TDT Asosiy DT Yordamchi DT Operatsion tizim Tarmoq OT Tashxiz dasturlari Arxivlash dasturlari Antiviruslar Tarmoq dasturlar Operatsion tizim 1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.); xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.); foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar. Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak: Download 456.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling