Joriy yil 26 yanvar kuni o'tgan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qabul qilingan qarorga ko'ra, kuzatuv kengashi tarkibidagi o'zgarish tasdiqlangan


Download 0.98 Mb.
bet3/4
Sana04.05.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1426481
1   2   3   4
Bog'liq
Rux zavod hisobot

KIMYOVIY JARAYONLAR.
Jarayonning fizik-kimyoviy xarakteristikasi.
Velslanayotgan xom-ashyoning qanaqaligidan qatʻiy nazar, velslash pechini shartli ravishda bir necha zonaga bo'lish mumkin. Birinchi zona – shixtani qizdirish va quritish – uzunligi velslash pechi shixta yuklanish tomonidan 12-17 metr hisoblanadi. Bu zonada erkin va gidratlar ko'rinishida bog'langan namlik yo'qotiladi va shixta kimyoviy reaksiyalar boshlanadigan haroratgacha qizdiriladi.
Ikkinchi zona – sulfatlarning qaytarilishi – pechning 17 metridan 25 metrigacha joylashadi. Mana shu zonada sulfatlarning 94,3 %i parchalanadi. Bundan tashqari bu zonada ruxning 20-21% bug'lanadi. 30% atrofidagi uch valentli temir, ikki valentli holgacha, 13% esa metallik holatigacha qaytariladi.
Uchinchi zona – ruxning bug'lanish zonasi – pechning 25 metridan 40 metrigacha joylashgan. Bu zonada rux oksidining intensiv qaytarilishi kechadi va 70%gacha rux bug'lanadi. Tajribalar ko'rsatishicha, ruxning bug'lanish intensivligi, ruxning shixtadagi konsentrasiyasiga emas, birinichi o'rinda – shixta
haroratiga bog'liq.
To'rtinchi zona – klinkerning shakllanishi zonasi hisoblanib, pechning 40-50 metrida joylashgan bo'ladi. Klinker shakllanishi zonasida bug'lanish jarayonlari sekin-asta to'xtaydi va Fe ning qaytarilishi davom etadi. Bu zonada, sarflanayotgan O2 ning 70% atrofidagi qismi S ning yonishi uchun sarflanadi.
Rux birikmalarining taʻsiri.
Shixtani qizdirish va quritish zonasi oxirida karbonatlar dissosiyasi kuzatiladi. Rux karbonatining parchalanishi 140 0S boshlanadi, 440 0S da esa jarayon tugaydi:
ZnCO3 = ZnO + CO2 – 59,84 kDj/mol



Sulfatlarning qaytarilishi zonasida, uglerod ishtirokida rux sulfatining qaytarilishi kuzatiladi. Jarayon quyidagi reaksiya bo'yicha ketadi: ZnSO4 + CO = ZnO + SO2 + CO2


yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, rux birikmalarining asossiy qismi, rux oksidigacha parchalanadi, qaysiki pechdagi massaning harakatlanishi davomida metall holatigacha qaytariladi.




XULOSA
Xulosa kilib shuni aytish mumkin, ishlab chiqarish xajmi bo'yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi o'rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5 - 7 mln. t. rux ishlab chiqariladi. Zavodlarning ishlab chiqish imkoniyati 75 - 85 % larga foydalaniladi. O'zbekistonda O'rta Osiyoda yagona zamonaviy rux zavodi ishlab turibdi. Bu zavod Olmaliq tog' - metallurgiya kombinati tarkibiga kiradi. Zavodning ishlab chiqish imkoniyati bir yilda 100 ming t. dan ziyodroqdir.
Velsevlash yoki vels - jarayon aylanadigan trubali pechda, 1000 – 12000Cxarorat oralig'ida o'tkaziladi. Xaroratning yuqori qiymati shixta eruvchanligi bilan cheklangan, qaysi butun jarayon davomida qattiq holatda bo'lishi kerak ekan.
Rux keklarini qayta ishlashda ularni birikmalarini yuqori uchuvchanligidan foydalanib, maʻlum sharoitlarda uchadigan jismlarni vozgon shaklga o'tkaziladi. Vozgon asosan rux va qo'rg'oshin oksidlaridan iborat bo'ladi, qoldiqda esa klinker bo'ladi. Klinkerda boshqa elementlardan bir boshqa mis va nodir metallar bor. Ularni mis eritish zavodiga yuboriladi.
Vels okislari ko'p tubli ВХЗ – 45 A pechlarida tarkibidan xlor, ftorni chiqarib tashlash, mыshyak va surmani uch valentlidan besh valentligiga o'tkazish, okisning qaytaruvchi imkoniyatini pasaytirish, uning qovushqoqligini oshirish maqsadida kuydiriladi.
Boyitilgan vels okis (ZnO) barabanli muzlatkichda sovutilgandan so'ng, konveyer va elevatorlar orqali vibroelaklarga va undan bolg'ali drobilkaga jo'natilar ekan.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling