O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti
“Metallurgiya” kafedrasi
Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha
HISOBOT
Amaliyot o’tash joyi: ____________________
Amaliyot o’quv vaqti: _____________________________
Bajardi: 1b-19 MET guruhi talabasi ______________________________
OTM dan amaliyot rahbari: ______________________________
OKMK korxonasidan amaliyot rahbari: ______________________________
OKMK AJ o’quv markazi: ______________________________
Ball/baho:
Olmaliq 2023-yil
KIRISH
Hukumatning 2020 yil 16 dekabrdagi topshirig'iga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xati bilan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ kuzatuv kengashi aʻzolari soni 11 nafarga etkazildi. Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi o'rinbosari Shuhrat Vafoev hamda Adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikromov kengash aʻzoligiga qabul qilish taklifi bildirilgandi.
Joriy yil 26 yanvar kuni o'tgan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qabul qilingan qarorga ko'ra, kuzatuv kengashi tarkibidagi o'zgarish tasdiqlangan.
Ayni paytda OKMK aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tarkibida bosh vazir Abdulla Aripov, moliya vazirining birinchi o'rinbosari Omonulla Nasriddinxo'jaev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari Bobur Abdunazarov faoliyat yuritadi.
Shuningdek, OKMK ustav kapitalidagi davlat aksiya paketini ishonchli boshqaruvga olgan «SFI Management Group» MChJ shaklidagi xorijiy korxona bosh direktori Ulug'bek Muhammedov, korxona direktorlari Qahramon Mullajonov, Azamat Shamsiev, Mels Ahmedov hamda «SFI Management Group» MChJ shaklidagi xorijiy korxona kuzatuv kengashining raisi Qobil Shodiev ham OKMK AJ kuzatuv kengashi aʻzolari hisoblanadi.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunga ko'ra, jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga ko'ra, jamiyat kuzatuv kengashining aʻzolariga ular o'z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to'lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining aʻzosi vazifalarini bajarish bilan bog'liq xarajatlarining o'rni qoplanishi mumkin.
Maʻlumot uchun, «SFI Management Group» MChJ xorijiy korxonasi korxonalarni bozor munosabatlariga moslashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, xorijiy mutaxassislar va investisiyalarni jalb qilishda faol ishtirok etish orqali O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shish maqsadida tashkil etilgan.
Kompaniya qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining lisenziyasiga ega va ishonchli boshqaruv shartlari asosida «Olmaliq KMK» AJ, «O'zmetkombinat» AJ va «O'zikkilamchiranglimetall»AJ larni boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |