Joul-tomson effekti
bosimi katta bo‘lganda molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa r
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Anvar 2-mustaqil ish
1
bosimi katta bo‘lganda molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa r 1 kichik bo‘ladi; p 2 bosim kichik bo‘lganda o‘rtacha masofa r 2 katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bosim kamayishi bilan ichki potensial energiyaning kamaya borishi 20-5a rasmda ko‘rinib turibdi: Ammo ΔE p < 0 bo‘lganda (III) tenglikdan ΔE >0 ekanligi kelib chiqadi. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelamiz: Van der Vaals tenglamasidagi a tuzatmani nazarga olmaslik mumkin bo‘lgan, lekin b tuzatma sezilarli ahamiyat kasb etadigan gaz kengayganida isiydi. Ikkinchi hol nuqtaviy deb olinishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli molekulalarga taaluqlidir. Bu esa molekulalar orasidagi masofa yetarli darajada katta bo‘lganda ular orasidagi itarish kuchlari sezilarli bo‘lmaydi demakdir. Faqat (to‘qnashish paytlaridan boshqa vaqtlarda) potensial energiya E p ning masofa r ga, 20-5b rasmda tasvirlanganidek, bog‘lanishga mos bo‘lgan tortishish kuchlarinigina nazarga olishga tir keladi. Endi potensial energiya manfiy va uning son qiymati r ning o‘sishi bilan kamayadi, shuning uchun: Bundan, (III) tenglikka asosan ΔT <0 ekanligi kelib chiqadi. Van der Vaals tenglamasidagi b tuzatmani nazarga olmaslik mumkin bo‘lganida, lekin a tuzatma muhim ahamiyat kasb etganida, gaz kengayishda soviydi. Agar real gaz uchun molekulalarning xususiy hajmini hisobga oluvchi b tuzatma asosiy rol o‘ynasa, bunday real gaz Joul-Tomson manfiy effektini beradi; agar real gaz molekulalar orasidagi tortishish kuchlarini hisobga oluvchi a tuzatma asosiy rolni o‘ynasa, bunday real gaz Joul-Tomson musbat effektini beradi. Ayni bir gaz uchun, uning harorati va bosimiga qarab, goh b tuzatma, goh a tuzatma katta rol o‘ynashi mumkin. Shu sababli, tashqi sharoitga qarab, ayni bir real gazning o‘zi goh musbat, goh manfiy Joul-Tomson effektini berishi mumkin. Juda katta bosimlarda har qanday gaz uchun ham molekulalarning xususiy hajmi, ya'ni, b tuzatma kattaroq ahamiyat kasb etadi, demak, juda katta bosimlarda barcha gazlar Joul-Tomson manfiy effektini beradi . Bosim p va harorat T ning ba'zi qiymatlarida har ikki a va btuzatmalarning roli birday bo‘ladi; bunday holatdagi real gaz JoulTomson nol effektini beradi, ya'ni, gaz kengayganda isimaydi ham, sovimaydi ham. Joul-Tomson effekti nolga teng bo‘lgan holat inversiya nuqtasi deyiladi. Inversiya nuqtalarining to‘plami, grafikda ifodalanganda rasmda ko‘rsatilgandek egri chiziqni hosil qiladi. p va Tning berilgan qiymatlariga mos kelgan nuqta uchun Joul-Tomson effekti, u nuqta inversiya chizig‘ining qaysi tarafida yotishiga qarab, manfiy yoki, musbat ishoraga ega bo‘lishi mumkin: agar u pastda bo‘lsa, Joul- Tomson effekti musbat, agar nuqta egri chiziqdan yuqorida bo‘lsa, Joul-Tomson effekti manfiy bo‘ladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling