Joul-tomson effekti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Anvar 2-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ideal gazning ichki energiyasi Tekshirdi:Ibragimova Muyassar
- Joul Tomson effekti bilan Van der Vaalsning tenglamasidagi tuzatmalar
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy biologik ish 103-b guruh talabasi Jo’raboyev Anvarning tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Ideal gazning ichki energiyasi Tekshirdi:Ibragimova Muyassar JOUL-TOMSON EFFEKTI REJA: Ideal gazning ichki energiyasi Tomson tajribasi Joul Tomson effekti bilan Van der Vaalsning tenglamasidagi tuzatmalar Real gazda molekulalar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlari katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rib o‘tgan edik. Shuning uchun real gazning ichki energiyasi uning molekulalari harakatining kinetik energiyasi bilan molekulalarning o‘zaro ta'sir potensial energiyasi yig‘indisidan iborat bo‘ladi: Molekulalarning o‘zaro ta'sir potensial energiyasi ular orasidagi o‘rtacha masofaga bog‘liq, shuning uchun E p gazning hajmiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Atrofdagi jismlar bilan energiya almashmagan holda gazning hajmi o‘zgarsa, uning ichki energiya zahirasi U o‘zgarmaydi va bu holda yuqoridagi (I) tenglamadan quyidagi kelib chiqadi: ya'ni, real gazning hajmi o‘zgarishi bilan uning potensial energiyasi o‘zgarganda gaz molekulalari harakatining kinetik energiyasi ham o‘zgarishi kerak. o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig‘im C v real gaz uchun ham faqat molekulalar harakatining kinetik energiyasi bilan aniqlanganligi sababli bu holda E k =C v T tenglik (bir mol uchun) o‘z kuchini saqlaydi va (II) munosabatdan quyidagini olamiz: Bu ifodadan shunday xulosa kelib chiqadi: atrofdagi jismlar bilan issiqlik almashinmay va tashqi ish bajarilmay real gazning hajmi o‘zgarsa, unin harorati ham o‘zgaradi. Bunday hodisani kuzatishga birinchi bo‘lib uringan kishi Jeyms Jouldir. Joul C jo‘mrakka ega bo ‘lgan naycha bilan tutashtirilgan ikki A va B idishlarni suvli kaliometrga joylashtirgan . B idishning havosi so’rib olingan bo‘lib , A idishdagi havo biror p bosimga ega bo‘lgan . Jo‘mrak ochilgach A idishdagi havo B idishga oqib chiqib , tashqi ish bajarmagani holda kengayadi . Joul bu tajribasida kaliometrning harorati o‘zgarmaganligini payqagan. Shunga asosan , u gazning ichki energiyasi o‘zgarmaydi deb xulosa chiqardi. Bir qancha vaqtdan keyin Joul mana shu tajribani Uilyam Tomson bilan birgalikda yanada sezgirroq talqinda qayta takrorladi. A va B idishlarni naychiga g‘ovak to‘siq C joylashtirildi (o‘ngdagi rasm). Naycha issiqlik o‘tkazmaydigan modda bilan o‘ralgan. A va Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling