Mavzu: ichki energiya. Ideal gazning issiqlik sig’imi


Download 7.51 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi7.51 Kb.
#1841625
Bog'liq
Ideal gazlarning issiqlik sig’imi

Farg'ona Politexnika Institutda Kimyo texnalogiya fakulteti 65-21 guruh talabasi Jo’rayeva Mohinurning Issiqlik texnikasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Reja

  • ICHKI ENERGIYA
  • IDEAL GAZNING ISSIQLIK SIG’IMI
  • SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMI
  • MOLYAR ISSIQLIK SIG’IMI

Ichki energiya :

Biror moddaning bir butun enrgiyasi deganda , shu moddaning kinetic enrgiyasi bilan moddaning tashqi kuchlar maydonidagi potensial energiyasi hamda shu moddani tashkil etgan mikrozarrachalar energiyasi, ya’ni moddaning ichki energiyalarining yig’indisi tushuniladi:

=++ (1)

U – ichki energiya tushunchasi molekulalar issiqlik harakatining kinetic energiyasini, molekulalar orasidagi o’zaro potensial energiyasini va molekulalar ichidagi boshqa energiyalar (atomning molekulalardagi tebranma harakat energiyasi, atom va ionlarnig electron sathlari energiyasi va boshqalar) ni o’z ichiga oladi

  •  

Ideal gaz ichki energiyasi ta’rifiga binoan ichki energiya faqat molekulalar kinetik energiyalarining yig’indisi teng. V- hajmdagi gaz molekulalarining soni N ga teng bo’lsa , gazning ichki energiyasi:
(2)
Bu ifodada -erkinlik darajalari soni. Bir atomli gaz uchun =3, ikki atomli gaz uchun =5, uch atomli gaz uchun =6 ga teng. (2) munosabat ixtiyoriy m massali ideal gazning ichki energiyasini ifodalaydi.

Ideal gazning issiqlik sig’imi:

Bir-biriga tekizish yoki nurlanish orqali bir sistemadan ikkinchi sistemaga berilgan yoki undan olingan energiya issiqlik miqdori deyiladi.

Moddaning issiqlik sig’imi , modda haroratini bir kelvinga oshirish uchun unga berilgan issiqlik miqdori bilan xarakterlanadi. Gazlarning issiqli sig’imini o’rganishda solishtirma issiqlik sig’imi va molyar issiqlik sig’im tushunchaslaridan foydalanamiz.

a) 1 kg gaz haroratini 1K ga qizdirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori bilan o’lchanadigan kattalikka solishtirma issiqlik sig’imi deb ataladi. Solishtirma issiqlik sig’imi kichik c harfi bilan belgilanadi va J/kg K da o’lchanadi.

b) 1 mol gaz haroratini 1K ga oshirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori bilan o’lchanadigan kattalikka molyar issiqlik sig’im deb ataladi. Molyar issiqlik sig’imi katta C harfi bilan belgilanadi va J/mol K da o’lchanadi.

bu ikki issiqlik sig’imlar orasida quyidagicha bog’lanish bor. molyar massa µ kg/mol ekanligini eslasak

C= µc yoki c=C (3)

munosabat hosil bo’ladi.

  •  

Ixtiyoriy m massali gazning issiqlik sig’imi esa

Ixtiyoriy m massali gazning issiqlik sig’imi esa

mc= C

ga teng.

O’zgarmas hajmdagi ideal gazning molyar issiqlik sig’imi

1 mol ideal gaz haroratini 1K ga oshirishga mos keladigan ichki energiya o’zgarishi tushuniladi.

(4)

O’zgarmas bosimda ideal gazning molyar issiqlik sig’imi

Yoki

(5)

  •  

1 mol gaz uchun yozilgan holat tenglamasi(p=RT) ga differensiyallash amalini qo’llab p=RdT tenglikni hosil qilamiz. Uni (5) ga qo’ysak

1 mol gaz uchun yozilgan holat tenglamasi(p=RT) ga differensiyallash amalini qo’llab p=RdT tenglikni hosil qilamiz. Uni (5) ga qo’ysak

(6)

(3) ning (6) ga nisbatini olsak va 𝛾 bilan belgilasak,

𝛾= = (7)

hosil bo’ladi. 𝛾- berilgan gaz uchun o’zgarmas kattalik bo’lib, necha atomligiga bog’liq. Bir atomli gaz uchun i=3, 𝛾=5/3=1,67; ikki atomli gaz uchun i=5, 𝛾=7/5=1,4; ko’p atomli i=6, 𝛾=8/6=1,33.

  •  

XULOSA:

ichki energiya tushunchasi molekulalar issiqlik harakatining kinetic energiyasini, molekulalar orasidagi o’zaro potensial energiyasini va molekulalar ichidagi boshqa energiyalar (atomning molekulalardagi tebranma harakat energiyasi, atom va ionlarnig electron sathlari energiyasi va boshqalar) ni o’z ichiga olar ekan.

(2)munosabat ixtiyoriy m massali ideal gazning ichki energiyasini hisoblaydigan formulani beradi

Moddaning issiqlik sig’imi , modda haroratini bir kelvinga oshirish uchun unga berilgan issiqlik miqdorini ifodalar ekan. Issiqlik sig’imlari ikki xil bo’lar ekan.

1) Solishtirma issiqlik sig’imi- 1 kg gaz haroratini 1K ga oshirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori . c harfi bilan belgilanar ekan. Birligi J/kg K

2) Molyar issiqlik sig’imi- -1 mol gaz haroratini 1K ga oshirish uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdori . C harfi bilan belgilanar ekan. Birligi J/mol K

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • N.A.SULTANOV “Fizika kursi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik” 2007-yil
  • L.JDANOV; G.JDANOV “FIZIKA” o’zbekcha 2-nashr 1994-yil
  • X.M.ABDUVOHIDOV; T.T.TURG’UNOV; M.I.TURG’UNOVA “Amaliy fizika” 1996-yil
  • K.P.ABDURAHMONOV;U.EGAMOV “Fizika darslik” 2010-yil
  • WWW.aim.uz
  • www.Referat.arxiv.uz

Эътиборингиз учун раҳмат !!!


Download 7.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling