Journal of Advanced Research and Stability Volume: 03 Issue: 03


Journal of Advanced Research and Stability


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1453976
1   2   3   4
Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023 ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz 
447 
yoki 30 foizdan ortiq ko‘payishiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri keladigan go‘sht iste'molini 
1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,6 karra, kartoshkani 1,7 barobar, sabzavotlarni 
2 martadan ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi, yurtimizda har yili 16 
million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 
kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu 
optimal, ya'ni maqbul deb hisoblanadigan iste'mol me’yoridan uch barobar ko‘pdir. Ayni paytda 
oziq-ovqat uyushmasi meva-sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, yog‘-moy va oziq-ovqat 
sanoatining boshqa tarmoqlariga tegishli 200 ga yaqin korxonalarni birlashtirgan va ular bilan 
ham gorizantal ham vertikal sifatda o‘zaro munosabatlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Agar uch yil 
oldin oziq-ovqat sanoatida yog‘-moy va tamaki tarmoqlari salmoqli ulushni tashkil etgan bo‘lsa, 
hozirda tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga mahsulotlarning 60 foizdan ko‘prog‘ini meva-sabzavotni 
qayta ishlash, go‘sht-sut, qandolatchilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Kichik 
biznes korxonalarida ishlovchilarning o‘rtacha yillik sonini 2 barobarga oshirilganligi ham 
korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirishga imkon berdi. Oziq-ovqat uyushmasi tashkil 
etilgandan buyon o‘tgan 3 yil davomida uyushma korxonalari tomonidan 121 ta loyiha amalga 
oshirilib, 198,4 mln. Dollar investitsiya o‘zlashtirildi. Shundan kelib chiqib, 2022 yilda aholining 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta'minlanish darajasini 
tahlil etadigan bo‘lsak, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 98,6 foiz, sut va sut mahsulotlari 99,8 foiz, 
makaron mahsulotlari 95,4 foiz, margarin 77,7 foiz, shakar 92,9 foiz, qandolat mahsulotlari 68,5 
foizni tashkil etdi. 
Bugungi kunda respublikada oziq-ovqat xavfsizligi to‘liq ta'minlangan va aholining oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizidan ortig‘i mahalliy ishlab chiqarish korxonalari 
hisobiga ta'minlanmoqda. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda importning 
ulushini kamaytirish yoki import qilmasdan mamlakatda sifatli va jahon standartlariga javob 
beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar sonini ko‘paytirish yoki 
mavjud korxonalarda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishni talab qilinadi. Bunda, 
nazarimizda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muasassalari bilan hamkorlikdagi 
ishlarni takomillashtirish zarur. Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida sifatli 
mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etgan korxonalarga soliq imtiyozlari qo‘llanib, undan iqtisod 
qilingan mablag‘lar korxonani rivojlantirishga yo‘naltirish ham yaxshi samara beradi. Bundan 
tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar quvvatlaridan to‘laqonli 
foydalanish darajasini yanada oshirish zarur. Buning uchun xomashyo bazasini shakllantirish, 
ya'ni korxonalarni xomashyo mahsulotlari bilan ta'minlash lozim bo‘ladi. Qisqasi, oziq ovqat 
sanoati aholining asosiy ehtiyojini qondiruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bugunki kunda mamlakat iqtisodiy barqaror o‘sishini, aholi farovonligini ta'minlash, aholini 
ijtimoiy himoya qilish, zaruriy birlamchi mahsulotlar bilan ta'minlash dolzarb masala 
hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda mavjud resurslardan samarali va unumli foydalanish, 
oziq-ovqat sanoati korxonalarini takomillashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishni yanada kuchaytirish zarur. Buning natijasida 
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va ishlab chiqarish 
jarayonini tezlashtirish, yangi ishlab chiqarish liniyalarini joriy etish, mahsulotlar turini va 
sifatini oshirish, aholining iste'mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish imkoniyati 
yuzaga keladi. 
Ishlab chiqarish pasayishining asosiy sababi resurslar qiymati va kredit stavkalarining oshishi, 
soliqlarning oshishi va tashqi ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha oladigan ichki bozorning 
to'satdan ochilishi. Ishlab chiqarishning pasayishi, shuningdek, resurslarning qisqarishi, ulardan 
foydalanish samaradorligining pasayishi, boshqaruv va texnologik intizomning sustlashishi, 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling