Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 3 Issue-3 April 2022
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
203-210 (1)
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com Volume – 3_ Issue-3_April_2022 205 2. Eksperiment qism. 2.1. Material va metodlar. Dezodoratsiyani uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1) yog‘ning chuqur qatlamlaridan yuzasiga uchuvchi komponentning molekulalarini tarqatish; 2) uchuvchi moddalar molekulalarini bug‘lanishi; 3) ularni bug‘lanish yuzasidan olib tashlash. Temperaturaning ko‘tarilishi bilan aromatik moddalarning uchuvchanligi va bug‘larning tarangligi oshadi. Agar temperatura juda yuqori bo‘lsa, bu xolda yog‘larning polimerizasiyasi va oksidlanishiga olib keladi. Temperatura 250 0 C dan oshsa, yog‘lar termik parchalanadi. O‘simlik moyini dezodoratsiya qilishdagi sanoatda uchratiladigan asosiy muammo, bu ularning hid va ta’m beruvchi moddalardan to‘liq tozalash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu muammolarning yechimi dezodoratsiya jarayonlarini takomillashtirilishini talab qiladi. O‘simlik moylarini dezodoratsiyalash texnologiyasini o‘rganish davomida kungaboqar va paxta chigiti moyi orqali bir qancha tadqiqotlar olib borildi. Kungaboqar yog‘i tarkibida karotinoid va xlorofill moddalari mavjud bo‘lib asosiy muammo shu moddalardan tazalashdan iborat. Kungaboqar moyidan asosan salat moyi va ozuqa moyi sifatida foydalaniladi. Kungaboqar moyi tarkibida 0,3-1,2 % fosfotidlar bo‘lib, u kungaboqar moyidan gidrotatsiya usuli bilan fosfotid konsentrati sifatida ozuqaviy mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Tozalangan paxta moyi oziq-ovqat tayyorlashda, margarin, mayanez ishlab chiqarishda va sovun pishirishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Paxta moyining xarakterli komponentlaridan biri gossipol moddasi hisoblanadi. Tozalash jarayonlarida paxta moyini gossipol va boshqa kimyoviy va zararli moddalardan tozalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling