Joylashtirish
Download 279.53 Kb. Pdf ko'rish
|
2 (2)
2.1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy rivojlanish qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: 1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati. Unga muvofiq: - ishlab chiqarish korxonalarini ITTning yutuqlari asosida, iloji boricha manbalarga yaqin joylashtirish kerak. Masalan, suvni ko’p talab qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin joylashtirish maqsadga muvofiq; - mehnatni ko’p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehnat resurslari shakllangan markazlarga yaqinroq; - kundalik iste’mol qilinuvchi mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini istemolchilarga yaqinroq joylashtirish kerak va h.k.lar. 2. Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati. Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o’rtasida eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko’zda tutilgan. 3. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati. Hududning (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda, xo’jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, turli ko’lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va hokazolar nazarda tutiladi. 4. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me’yorda joylashtirish yoki hududlarning ixtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tenglashtirish qonuniyati. Unga ko’ra respublikamiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishini bir-biriga tenglashtirish, ya’ni mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini bir me’yorda joylashtirib, kelajakda aholi turmush darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda yuqoridagi qonuniyatlar asosida Download 279.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling