Joylashtirish
II mavzu. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI JOYLASHTIRISH
Download 279.53 Kb. Pdf ko'rish
|
2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari
- Kooperatsiya
II mavzu. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI JOYLASHTIRISH
QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI yondashilsa xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 2.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari – mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy jihatlarga ega. Bunda ishlab chiqarishning hududiy tomoni etakchi rol’ o’ynaydi. Shunga qaramasdan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bu jarayonlarni uyushtirgan holda o’rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o’ta bilish geografik fikrlashning muhim hususiyatidir. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to’planishi geografik jihatdan eng avvalo, moddiy sohalar – sanoat, qishloq xo’jalik, transportda yaqqol nomoyon bo’ladi. Fan ob’ektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Ijtimoiy ob’ektlarning hududiy tashkil etilishi esa xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo’ladi. Mujassamlashuv darajasining yuqori yokia pastligi ayni paytda ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Ixtisoslashuv mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas boliqdir. Uning uch bosqichi – korxona, shahar va tuman miqyosidagi ixtisoslashuvi, shuningdek, uch turi – qism (detal); texnologik yoki yarim mahsulot va predmet (tovar mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvi mavjud. Ixtisoslashuv bosqichlari korxona, shahar va tumanlarning mehnat taqsimotidagi o’rnini belgilab beradi, turlari esa, bir-biri bilan uzviy bog’gliq bo’lib, turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv natijada xalq xo’jaligi tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional turlari shakllanadi. Kooperatsiya – bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi bo’lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi. Bunda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga boliq bo’ladi. Kombinatsiya – kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Bunda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Kooperatsiyada mahsulot bir bo’lsa, kombinatsiyada aksincha, xom ashyo bir bo’lib, undan olingan mahsulot turlicha bo’ladi. Kombinatlashuv ma’lum turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta ishlagan holda mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to’gri va oqilona foydalanish zarur. Download 279.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling