Mavzu Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlarini tasniflang!


Download 50.39 Kb.
Sana16.10.2020
Hajmi50.39 Kb.
#134062
Bog'liq
badiiy matn 6


Djalilova Durdona 1-kurs magistrant

6-mavzu

1.Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlarini tasniflang!

Ma’lumki, qofiya she’riy asarlarda badiiyatning asosiy qirralaridan biri


hisoblаnib qolgan. Zero, she’riy asarlarning salohiyati ularda qo’llangan g’oyalar
mazmun-mohiyati, timsollar qiyofasini ochishdagi ahаmiyati, qofiyalarning
ma’naviy teranligi, ohangdorligi va jozibadorligi bilan belgilangan. Qofiyaning
xilma – xil turlaridan va san’atlaridan, vazn va qofiya munosabatlaridan mahorat
bilan foydalanish asarning o’qimishililigini va ta’sirchanligini ta’minlaydi.

Qofiya – arabcha so‘z bo‘lib, “ergashuvchi, izidan boruvchi” degan ma’nolarni anglatib, o‘zaro ohangdosh so‘zlarning she’r misralarida tizimli bo‘lib kelishidir. O‘zbek adabiyotshunosligida qofiya bo‘yicha bir qator ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu ishlar ichida eng ahamiyatlisi filologiya fanlari doktori To‘xta Boboyevning “She’r ilmi ta’limi” risolasidir. Unda she’r ilmi asoslari, xususan, qofiya mukammal tarzda tasniflab, misollar yordamida ilmiy asoslab berilgan. Qofiya tarkibida o‘zak va qo‘shimchalarning ishtirokiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 1. Muqayyad qofiya (o‘zak qofiya) – bunda qofiya so‘z faqat o‘zakdan iborat bo‘ladi, ya’ni raviydan so‘ng qo‘shimcha kelmaydi. 2. Mutlaq qofiya – bunda qofiya so‘z o‘zak (negiz) va qo‘shimchalardan tashkil topadi. Bundan tashqari har bir qofiya tipi tarkibidagi tovushlar (ta’sis, ridf, qayd, daxil; vasl, xuruj, mazid, noyira) taqozosiga ko‘ra ham bir necha turga bo‘linadi. Bunday hodisa qofiya ilmida qofiya turlari deyiladi. Muqayyad va mutlaq qofiya tiplarining har biri tarkibida bir qancha qofiya turlari mavjud bo‘lib, ularning adadini aniq belgilab berish mushkul masala. Biz bu borada T.Boboyev va A.Hojiahmedovlarning ilmiy yondashuvlariga tayanamiz. Mumtoz qofiya tarkibini 9 ta tovush tashkil qilib, 4 tasi (ta’sis, ridf, 8 daxil, qayd) raviydan oldin (o‘zak qofiya unsurlari), 4 tasi (vasl, xuruj, mazid, noyira) raviydan so‘ng (qo‘shimchali qofiya unsurlari) keladi. Raviyning o‘zi esa qofiyaning o‘q tomiri hisoblanadi. Qofiya turlari esa ana shu elementlarning o‘zaro ma’lum tartibda mujassamidan yuzaga keladi.



1.Mutlaq-i mujarrad qofiya – qo‘shimchali (mutlaq) yakka qofiya. Bunda
qofiyaning o‘zagiga unli bilan boshlanuvchi bir yopiq bo‘g‘in (mahram-ing –
hamdam-ing) yoki o‘zakka a, i, o, e (kun-i – tun-i) unlilaridan biri tirkaladi:
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib,
Lutf qilding, jonni andin, ani jondin qutqorib.
“Gulruxi ra`noqadim…” g`azalidan.

2. Ta’sisli mutlaq qofiya. Bu qofiya o‘zagida ta’sis unsuri mavjud bo‘lib,
qo‘shimchalardan biri bilan birikib keladi:
Gah-gahi yod ayla nadomatni ham,
Qaysi nadomatki, qiyomatni ham.
“Hayrat ul-abror”dan.

3. Ta’sis va daxilli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o‘zagida ta’sis bilan daxil
unsurlari bo‘lib, biror qo‘shimcha bilan birikib keladi. Ya’ni qo‘shimchali qofiyada
raviydan oldin kelgan cho‘ziq unli va raviy orasida harakatli undosh keladi:
So`z aytsa ne qilay xitobin?
So`rsa seni ne beray javobin?
“Layli va Majnun”dan.

4. Ridf-i mufradli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida ridf-I mufrad unsuri
bo`lib, qo`shimchalardan biri bilan birikib keladi:
Bu ishq o`tig`a davomu bo`lg`ay?
Har kim tilasa ravomu bo`lg`ay?
“Layli va Majnun”dan.

5. Ridf-i murakkabli mutlaq qofiya. Bunda qo‘shimchali qofiya o‘zagida ridf-i
murakkab unsuri bo‘ladi. Ya’ni raviydan oldin harakatli undosh tovush keladi:
E ishq g`arib, kimiyosen,
Bal oyinai jahonnamosen.
“Layli va Majnun”dan.

6. Ridf-i asliyli mutlaq qofiya. Bunday qofiya o`zagida asliy ridf bo`ladi va
qo`shimcha bilan birikadi:
Sen agarchi bir ulusqa shohsen,
Tengri yo`lunda, vale gumrohsen.
“Lison ut-tayr”dan.
7. Qaydli mutlaq qofiya. Bunday qofiya o`zagida qayd unsuri ishtirok etadi va
unda qo`shimcha bilan bog`lanadi:
Xiradmandlig` keldi xursandliq,
Qulaysiz tama noxiradmandliq.
“Saddi Iskandriy”dan.
8. Xurujli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya qo`shimchasi tarkibida xuruj unsuri
mavjud b0`ladi. Xuruj ( chiqish ). Qofiyada vasldan so`ng kelgan harakatsiz
undosh yoki cho`ziq unli tovush. Xuruj bilan vasl undosh tovushlarda ifodalansa,
ularning o`rtasida vazn talabi bilan qisqa unli tovush orttirilishi mumkin:
Qayu kimsakim ahli idrokdur,
Anga jon fido qilsa ne bokdur.
“Saddi Iskandriy”dan.
9. Ta`sis va xurujli mutlaq qofiya. Bu xil qofiyaning o`zagida ta`sis va
qo`shimchasida xuruj unsure bo`ladi:
Qaro rang elga toji torakdur,
Kim bu rang ichradur, muborakdur.
“Sab`ai sayyor”dan

10. Ta`sis, daxil va xurujli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida ta`sis,
daxil va qo`shimchasida xuruj unsuri bo`ladi:
Ondin oyru oshiqu devonamen,
Aqlu hushu sabrdin begonamen.
“Lison ut-tayr”dan.
11. Ridf-i asliy va xurujli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida ridf-i
asliy va qo`shimchasida xuruj unsuri bo`lishi kerak:
Ko`rub umr tarixi mubhamlig`in,
G`animat bil ashobi hamdamlig`in.
“Saddi Iskandriy”dan.
12. Ridf-i murakkab va xurujli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida ridfi murakkab va qo`shimchasida xuruj unsuri bo`lishi lozim:
So`z oningdururkim , talabgoridur,
Aningdur guharkim, xaridoridur.
13. Qayd va xurujli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida qayd va
qo`shimchasida xuruj bo`lishi kerak:
Ey soda rafiq, benavomen,

Ishq ilgiga zoru mubtalomen.


“Layli va Majnun”dan.
14. Ta`sis va mazidli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida ta`sis va
qo`shimchasida albatta mazid unsure bo`ladi:
Chu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig`dan gadoliqdurur.
15. Ta`sis daxil va mazidli mutlaq qofiya. Bu xil qofiya o`zagida ta`sis, daxil
va qo`shimchasida mazid bo`ladi. Mazid –orttirilgan. Qofiyada xurujdan keyin
kelgan undosh va vaznda cho`ziq bo`lgan unli tovush maziddir. Masalan, “
topmadim” - “ yopmadim” qofiyasidagi “m”, “qarog`inda” – “so`rog`inda”
qofiyasidagi “a” tovushi mazid hisoblanadi.
Daxil oraga kiruvchi, suqiluvchi degani. Qofiyada raviy bilan ta`sis
o`rtasiga kiruvchi harakatli undosh tovush: “ zolim”= “olim” qofiyasida “m”
raviy, “l” daxildir.
Guliston zebi jamolingdin sening,
Gul xijil ruxsori olingdin sening.
Baytda “ jamolingdin”- “ olingdin” so`zlari qofiya. “ jamol”- “ol” so`zlario`zak, -ingdin qo`shimcha. O`zakdagi “l” tovushi – raviy, “ o” tovushi ridf-I
asliy, qo`shimchadagi so`ngi “n” tovushi mazid, “d” tovushi –xuruj, “i”
vositasiz vasldir.
16. Ridf-i asliy va mazidli mutlaq qofiya. Bu xil qofiyaning o`zagida ridf-i
asliy va qo`shimchasida mazid unsuri bo`lishi mumkin:
Ro`zi uchun muncha fusunsozliq,
Mansab uchun mumcha dag`obozliq.
“Hayrat ul-abror”dan.

2.Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra turlarini tasniflang!

Tuzilishiga ko‘ra qofiya turlari to‘rt turga bo‘linadi. Bular mujarrad,murdaf,muqayyad, va muassas qofiyalardir.

A)mujarrad qofiya – bu xil qofiyaning bir turi raviy cho‘ziq unlidan iborat bo‘lgan qofiya bo‘lib, unda shu cho‘ziq unlidan boshqa biror harf ishtirok etmaydi.Raviy o‘rnida esa uch cho‘ziq unlidan istagan kela oladi.

Chechaksiz bulbulning ishi navodur,

Oshiqlar har ne kim qilsa ravodur

( Xorazmiy)

Baytida navo-ravo qofiyalari mujarrad bo‘lib,raviysi cho‘ziq “o” unlisidir.

b) murdaf(ridfli) qofiya -raviy harfidan oldin cho‘ziq unlilardan biri kelgan qofiya.She’riyatimizda raviydan oldin “o” cho‘ziq unlisi kelgan murdaf qofiya juda ko‘p qo‘llangan.

Kelgin,ey dilbarki,asri haddin oshti ishtiyoq,

Dard-u g‘am o‘tina bag‘rimni kabob etti firoq

( Gadoiy)



c)muqayyad ( qaydli) qofiya- bu xil qofiyalarda qo‘sh undosh qisqa unlidan so‘ng keladi. Qisqa unli hazv, raviydan oldingi undosh “qayd” deb ataladi.

Kel ey soqiy meni majnuni mast et,

Soching zanjri birla poybast et.

(Navoiy)


d) muassas(ta’sirli ) qofiya- choziq “o ” unlisi bilan raviy o‘rtasida bir undosh va undan keyin bir unli keladigan qofiya.

Ul derlar jumlai olamda g‘olib husn erur

Muntahoi vosili matlubu tolib husn erur

( Atoiy )



3.Uvaysiyning qofiyadan foydalanish mahoratini misollar tahlili yordamida asoslang!

O‘zbek mumtoz adabiyotining betakror shoirasi Uvaysiy qofiyaning she’riyatdagi ahamiyatini chuqur anglagan. uni har bir misra, bayt so‘ngida fikrlarining avj nuqtasi mujassamlashgan badiiy ashyoga aylantira olgan.buni shoiraning quyidagi g‘azali misolida kuzatishimiz mumkin.



Zamоna kulfatidin bu ko’ngul dоg’ o’ldi, dоg’ o’ldi,

Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul dоg’ o’ldi, dоg’ o’ldi.

Jarоhat bo’ldi bag’rim tig’i bedоdi raqiblardin,

Bu ko’tоhfahm mardumdin ko’ngul dоg’ o’ldi, dоg’ o’ldi

“Ko’ngul dоg’ o’ldi, dоg’ o’ldi” jumlasi radif vazifasida kelgan. U lirik


qahramоn ruhiy hоlatining kul minatsiyasini ifоdalay оlgan. Shu sababli o’quvchi
e’tibоri ushbu jumlaga qaratilgan. Lug’atlarda izоhlanishicha, “dоg’” so’zining bir
nechta ma’nоlari bоr. Kuyuk, kuygan jоy, qоralik, belgi, iz, qayg’u kabilar shular
jumlasidandir. Uvaysiy iste’dоdining tabiatidan kelib chiqib, g’azalda ushbu
so’zning bir nechta ma’nоsini nazarda tutib qo’llaydi. “Dоg’ o’ldi” ibоrasi,
birinchidan, lirik qahramоn ko’nglidagi zaxmu jarоhat izlarini ifоdalasa,
ikkinchidan, ko’ngilning g’amu anduxda qоvurilganligi, dоg’langanligi haqida
ham xabar beradi.

Uvaysiy ijodida qofiya turlaridan murdaf va muassas ham juda ko‘p uchraydi



Murdaf qofiyaga

Kuyub kul qildi jismim ishq o‘ti, men kimga aylay dod,

Kuliom ko‘kka sovurdi hajr bodi dod ila bedod

Muassas qofiya

Ko‘ngil toqida bir mehrob abro ko‘zdadur g‘oyib

Aningchun mastrlig‘da ishq eliga sajdadur vojib.

4.   “Funun ul-balog‘a” asarining qofiyaga bag‘ishlangan bo‘limini o‘qing va taqriz yozing!

Shayx Ahmad Taroziyning “Funun-ul balog’a” risolasi 5 qismdan iborat bo‘lib, risolaning 2- qismida qofiya va radif masalalari o’rganilib, qofiya she’rning asosi ekanligi , qofiyasiz she’r bo’lishi mumkin emasligi ta’kidlangan.



Shayx Axmad Tarоziy she’riy balоg’atda qоfiya ilmining muhimligini
ta’kidlaydi: “...tab’ning natijasi she’rdur. Va she’rning asli qоfiya. Va qоfiyasiz
she’r mumkin ermas”. Ulug’ allоma Sharq mumtоz nazmi namunalari asоsida ana
shunday teran xulоsaga keladi. Bu fikrlar she’riyatda qоfiyaning o’rni, ahamiyatini
belgilashimizda asоs bo’ladi. Demak, misralarga badiiy sayqal, оhangdоrlik va
purma’nоlik baxsh etuvchi unsurlardan biri qоfiyadir. Uning she’riyatdagi o’rnini
o‘rganish, bahоlash bоrasida adabiyotshunоslikda bir qancha ishlar amalga
оshirilgan, muhim tadqiqоtlar yaratilgan. Biz mulоhaza yuritmоqchi bo’lgan
masala bir оz bоshqacharоq.
Ahmad Tarоziy yuqоridagi asarning “Al-fann-us-sоniy fi-l-qоfiya va-radif”
deb nоmlangan II qismida qоfiya va radif bilan bоg’liq barcha muammоlar
xususida muhim fikrlar bayon etadi. Ular nazmning ajralmas va sayqalbaxsh
qismlari ekanligi misоllar bilan dalillanadi. Muallif qоfiya va radifning zaruriy
unsurligini isbоtlash bilan bir qatоrda bo’lim so’ngida qоfiya ishtirоk etmaydigan
she’r turi ham bоrligi haqida ma’lumоt beradi: “Bir tariqa she’r bo’lurkim, anda
qоfiya bo’lmas. Har baytning оxirinda radif-o’q keltururlar. Оni harоra o’qurlar”.
Mo’’tabar lug’atlardan biri “G’iyosul – lug’оt”da “harоra” so’zi quyidagicha
izоhlanadi.”Harоra – ba ma’nii raqs kardan va tоb dоdan dafrо az оtash; va оvоze,
ki az chand sоzu chand xalq yak martaba barоyad va g’avg’оi mardum”. Ya’ni,
“Harоra – raqsga tushish va dоirani оlоvda tоblash; ko’p chоlg’u, ko’p kishilarning
baravar birdan chiqargan kuchli оvоzi va оdamlarning jo’rоvоz g’avg’оsi
ma’nоsida”. “O’zbek tilining izоhli lug’ati”da “harоrat” (harоra so’zi bilan
o’zakdоsh va ma’nоdоsh) so’zining “ruhiy ko’tarinkilik, jo’shqinlik” ma’nоsiga
ham egaligi ko’rsatilgan.
Demak, harоra she’rlar, istilоhning lug’aviy ma’nоsidan ham
anglashilyaptiki, ruhiy jo’shqinlik, ruhiy g’alayon mahsuli sifatida maydоnga kelgan.

O‘rta asrlardayoq nazm va nasr ilmini bilish, she’riyat qalbi sanalmish qofiya ilmini o‘rganish- insoniy fazilat, xuxusan, “ ulamo va fuzalo mazhabinda ahli tab’ga‘” qofiya ilmini bilmak shart bo‘lgan ekan, bu fikr hamon o‘z kuchini saqlab uribdi. Hozirgi zamon ziyoliylari , o‘qituvchilar xuxusan, adbiyot o‘qituvchilari uchun bu fikr favqullotda ahamiyat kasb etadi.
Download 50.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling