Joytun madaniyati
Download 1.88 Mb.
|
Joytun madaniyati
Joytun madaniyatiJoytun madaniyati
Manzilgoh o'tgan asning 30-yillarida ashgabadlik arxeolog A.A.Marushenko tamonidan aniqlangan. Yodgorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning keyingi bosqichi ikkinchi jahon urushidan so'ng tashkil etilgan Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) faoliyati bilan bogliq bo'lib, 50-yillarda B.A.Kuftin tomonidan qisman qazishma ishlari olib borilgan. 1955-1963 yillarda V.M.Masson rahbarligida amalga oshirilgan qazishmalar davomida yodgorlik toliq o'rganiladi. Turkmanistonning janubida Kopetdag tizmalari yonbagrida shakllangan bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham tarqalgan. Joytun madaniyati taraqqiyoti ilk, rivojlangan va so'nggi bosqichlardan iborat.
Joytun ilk bosqichiga oid manzilgoh 5,5 metr balandlikdagi tepalikdan iborat, 2,5 metr qalinlikda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Manzilgohda kvadrat shaklidagi 30 ta uylar o'rganilgan. Uylar hajmi 60-70 sm. Hajmdagi gishtlar va paxsadan barpo qilingan. Xom gisht va paxsaga samon qoshilgan. Uylarning sathi va devorlari loysuvoq qilingan va oxra bilan bo'yalgan. Betartib qurilgan uylar yagona rejaga asoslangan: kichkina xona, o'rtasida ochoq joylashgan, xona atrofida xojalik xonalari va kichkina hovli mavjud. Uylarning hajmi 13-39 kv.m. ni tashkil etadi. Arxeolog olim V.M.Massoning taxminlariga ko'ra ularning har birida 5-6 nafar a'zolardan tashkil topgan oila istigomat qilgan. Hovlida joylashgan o'ralarda galla saqlangan.
Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling