Mavzu. Ochoq yerga ko`chat ishlab chiqaradigan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan komplekslar
Download 124 Kb. Pdf ko'rish
|
6- MAVZU
Mavzu. Ochoq yerga ko`chat ishlab chiqaradigan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan komplekslar. Reja : 1. Ochiq yerlar uchun ko`chat ishlab chiqarish tartibi 2. Mexanizatsiyalashgan komplekslar. 3. Avtomatlashgan kompleks;lar. Himoyalangan yerdan unumli foydalanish tizimi o`z ichiga quyidagi yo`nalishlarni oladi. Mavsumiy (bahorgi) ekin o`stiriladigan inshootlarning foydalanish davrini uzaytirish. Bu yo`nalishning chora-tadbirlari quyosh nuri bilan isitiladigan issiqxonalarning bir qismini biologik yoki texnik isitish usuliga o`tkazish, shuningdek biologik va quyosh nuri bilan isitiladiganlarida ehtiyot (avariyniy) isitish jihozlaridan foydalanishdir. Bu yo`nalishda inshootlarni o`z muddatida foydalanish uchun ishga tushirish, shuningdek inshootlardan kech kuz va qish davrlarida, ochiq maydonda etishtirilgan sabzavot o`simliklari materiallardan foydalanib qo`shimcha o`stirish muhim ahamiyatga egadir. Foydalanishga topshirilgan ekin o`stiriladigan inshootlarni, ekinsiz bo`sh qolishiga chek qo`yish. Buning uchun himoyalangan erdan foydalanish zaruriyati bo`lmagan davrda – yoz faslida barcha tayyorgarlik va ta‘mirlash ishlarini o`z vaqtida bajarilishi shart. Bu maydonda ekinlarni bir aylanish davrida ular hosilini kamaytirmagan holda erni uzoq muddat egallab turishini qisqartirish. Bu yo`nalish etishtiriladigan mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon beradi, chunki u mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan metr kunlarning sonini qisqartiradi. SHuningdek keyingi aylanish uchun erni erta bo`shashini ham ta‘minlaydi. Asosiy ekinlar (bodring va pomidor), kichik oziqlanish maydoni talab etadigan (salat, ukrop, pekin karami), ertapishar o`simliklar bilan zichlashtiriladi. Zichlashtirish uslubi qo`llanilganda zichlovchi ekinlarni tanlashga qat‘iy amal qilish kerak. Asosiy ekinning ildiz tizimiga, mikroiqlim va mineral oziqlanishiga zarar etkazmaslik uchun, zichlovchilarni etishtirish muddati 30-40 kundan oshmasligi zarur. Issiqxona kombinati va ekin o`stiriladigan binolar ichidagi qo‗shimcha maydonlardan foydalanish. Bu qo`shimcha mahsulot olish uchun muhim manba. Zamonaviy blokli tuproqli issiqxonalarda qo`shimcha maydonlar yo`q. Faqat tarnovlari ostidagi erlar va yo`laklarida, qisman soyalanadigan joylarida, past bo‗yli yorug‗ga kam talab ekinlarni o`stirish mumkin. Ammo saqlangan tuproq aralashmasidan bo`shagan maydonlar issiqxonalararo maydonchalar, mikroiqlim suv va mineral oziqalar bilan ta‘minlanishi jihatidan ochiq erdan ustun turadi. U erlarda kasallik va zararkunandalar issiqxonalarga shamollatish darchalari orqali tarqalishi mumkin bo`lgan Tomatdoshlar va Qovoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklardan tashqari barcha ekinlarni etishtirish mumkin. Himoyalangan er maydondan unumli foydalanishda uchun yil mobaynida ekinlarni aylanishini va ekin almashinuvini to`g`ri qo`llash ayniqsa samaralidir. Ko`chat uslubi bilan o`suv davri uzun va katta oziqlanish maydonini talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. O`zbekistonda bu uslubda himoyalangan yerlarda pomidor, bodring, qovun, tarvuz, gul va pekin karamlari yetishtiriladi. Boshqa davlatlarda ko`chat uslubi bilan baqlajon, salat, selderey va boshqalar ham yetishtiriladi. Ko`chat bilan ekiladigan ekinlar jami issiqxona maydonini 90% ni egallaydi. Ko`chat uslubini avzalligi o‗simliklarni rivojlanishidagi «ilgarilashni» mavjudligidir, u mahsulotni yana ham ertaroq muddatlarda olishga, issiqxona maydonidan ancha jadal va unumli foydalanishga va himoyalangan erlardan yangi sabzavotlarni chiqish muddatini uzaytirishga imkon beradi. Undan tashqari urug` sarfi va ularni sotib olish xarajatlari kamayadi. Sabzavot ekinlarini ko`chat uslubi bilan etishtirishda foydalaniladigan inshoot maydonini iqtisod qilishga erishiladi, chunki ko`chat davrida oziqlanish maydoni, katta yoshdagi fazalarga qaraganda bir necha marta kichik. Bu maydondan foydalanish hisobiga mahsulot chiqishini ko`paytirishga, inshootlarni isitish va foydalanishda xarajatlarni kamaytirishga, kech ishga tushadigan inshootlarda ertaroq mahsulot olishga imkoniyatlar yaratadi. Himoyalangan er uchun ko`chatlar asosan urug`ni ekib maysalarini rassad (pikirovka) qilib yoki rassad qilmasdan ishlab chiqariladi (etishtiriladi). Pomidor ko’chati ayrim hollarda bargi qo`ltig`ida hosil bo’ladigan bachki shoxchalarini ildizlatish usuli bilan ham etishtiriladi. So`nggi yillarda pomidor, bodring, qovun etishtirishda ular maysalarini sovuqbardosh yoki kasalliklarga chidamli payvantaglarga payvandlashni (ulashni) qo`llayboshlandi. Urug`ni asosiy joyga ekish. Himoyalangan erlarda sabzavot ekinlarini asosiy joyiga urug` bilan ekib mahsulot olish uchun etishtirish katta oziqlanish maydonini egallamaydigan o’simliklar uchun qo`llaniladi, ularni etishtirishda ko`chat uslubini avzalligi sezilmaydi. Bunday o`simliklarga ko`kat ekinlaridan: shovul, petrushka ko`kat uchun, ukrop, rediska, salat, ismaloq, pekin karami kiradi. Ularda qo`shimcha ildiz tizimini rivojlanishiga talab yo`q. O`rta Osiyoda bodring ham kuzgi – qishki aylanish davrida asosiy joyga urug` bilan ekib etishtiriladi. Urug` bilan ekiladigan ko`katlar ham mustaqil ekin ham zichlashtirib ekiladigan ekin sifatida etishtiriladi. Urug` bilan asosiy joyga ekib etishtirishda himoyalangan er maydonlaridan yana ham unumli foydalanish uchun urug`larni unib chiqishini tezlashtiruvchi turli usullar qo`llaniladi. Qo’shimcha yetiltirib o’stirish usuli kuzgi – qishki davrda yorug’lik etishmayotganda qo‗llaniladi. Bunda ancha kechroq davrda tovar mahsulot olish uchun o’sishdan to’xtamagan o’simliklarni ochiq erdan himoyalangan erlarga barcha organlarini iloji boricha saqlab ko’chirib o’tkaziladi. Buning uchun poyasida, bargida va boshqa organlarida oziqali moddalarni to’playdigan va ularni hisobiga mahsulot chiqadigan qismi rivojlanadigan o’simliklardan foydalaniladi. Ekiladigan materiallarni kuzda tuproq bilan ko‗mib, past ijobiy haroratda (3- 6°S) va yuqori havoning nisbiy namligida (85-90%) 50-60 kun davomida mahsulotni etiltirib olish uchun o’sitiriladi. YUqori haroratda va havoning past nisbiy namligida, oziq moddalarni mahsulot beradigan qismiga o’tishi to’xtaydi. Bu uslub gul, bryussel karamlarini, porey piyozini, romen – salatini etishtirishga imkoniyat beradi. O’zbekistonda asosan gulkaram parniklarni chuqurida yoki isitilmaydigan issiqxonalarda etiltirib olinadi. Yetiltirib olish uchun kech yozgi muddatda ekib etishtirilgan o’sishdan orqada qolayotgan va sovuq tushgungacha me‘yordagi kattalikda (6-8 sm diametrgacha) boshchalarni shakllantirishga ulgurmagan o’simliklar olinadi. Oktyabr oxiri – noyabr boshlarida o‗simliklar ildiz va barglari bilan yig’ishtirib olinadi. SHundan so’ng ularni oldindan tozalangan va bu vaqtda bo’sh yotgan parniklarga joylashtiriladi. Parnikni tubida chuqurligi 8-10 sm li jo’yaklar olinadi. Ularga o’simliklarni ildiz tizimlari tik xolatda bir rom ostiga 80- 90 donagacha joylashtiriladi. Tuproqni sal zichlab uni namligini hisobga olib har bir rom osti 1-2 chelak suv bilan sug’oriladi. Parniklar usti romlar yoki bordon bilan yopiladi. Sovuqdan asrash va kerakli haroratni saqlab turish uchun romlarni ustidan eski matlar yopiladi. Boshchalarni kattaligiga qarab etiltirib olish davomiyligi 1,5-2,5 oyni tashkil qiladi. Karamboshlar ma‘lum darajada kattalashib etilganda ular saralab olinadi. Maqbul sharoitlarda karam boshchalarining diametri 13-15 sm.ga, ularni vazni 150-400 g etadi. Barvaqt o‘stirish – bu tinim davrini o’tagan o’simliklarning organlarida g’amlangan oziq moddalar hisobiga yangi mahsulot organlarini olish usuli. Uni yorug’lik etishmagan davrlarda ham qo’llash mumkin. Etiltirib olish uchun o’stirishdan farqi tezlashtirib o’stirish nafaqat kech – kuz davrida, balki boshqa vaqtlarda ham, ochiq erdan sabzavotlar chiqqungacha o’tkazish mumkin. Tezlashtirib o’stirishda ildizmevalarda, ildizlarda va piyozboshlarda yig’ilgan oziq moddalar hisobiga qishda yashil barglarni olish mumkin. Bu uslub bilan ko’k piyoz, pertushka, seldir barglari, sarsabil o’simtalari va boshqalar etishtiriladi. 1 m 2 ga ekish uchun: no’sh piyozdan 8-12 kg, seldir ildizmevasidan 10-12 kg va petrushkadan esa 3-9 kg talab etiladi. Tezlashtirib o’stirish uchun ekiladigan materialni kuzdan tayyorlanadi. Ildizmeva va piyozboshlar kovlab olinib barglari olib tashlanadi va ularni 0-3°S da saqlashga qo’yiladi. Tezlashtirib o’stirish boshlanishida ildizlar paydo bo’lishi uchun haroratni 10-12°S da saqlab, keyinchalik uni 18-20°S gacha oshiriladi. Taxminan bir oydan so’ng yashil barglarni birinchi marta kesib har 1 m 2 dan 1-1,5 kg hosil olinadi. Jami 6-7 marotaba kesib olinadi. O’sishdan to’xtatib turiladigan ekin uslubida maqbul haroratda tovar mahsulotni shakllantirgan o’simliklarni, past haroratda saqlab fiziologik foal xolati susaytiriladi, bu hosil yig’ishni 20-30 kun to’xtatib turish imkoniyatini yaratadi. Bunday usul pomidor, salat, petrushka, seldir, rediska, ukrop ekinlarida qo’llaniladi. Hosilni pishib etilishi yoki shakllanishi to’planib bo’lgan oziq moddalar hisobiga davom etadi. Mamalakatimizning janubiy mintaqalarida, qish oylarida ham pomidorni gullashi uchun yorug’lik etarli bo’lsa, ekinlarni o’sishdan to’xtatib turish uslubi kam samarali va deyarli foydalanilmaydi. Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling