I-bob Adabiyotlar sharhi


Download 220.94 Kb.
bet1/8
Sana23.04.2023
Hajmi220.94 Kb.
#1389627
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
behi diplom (1)


Kirish
I-Bob Adabiyotlar sharhi
1.1.Dorivor behi o`simligiga batanik tavsifi.
1.2.Behi o`simligining navlari.
II- Bob Xorazm viloyatining tuproq iqlim sharoitlari.
2.1.Xorazm vohasining tabiiy geografik holati
2.2.Dorivor behi o`simligini yetishtrish texnologiyasi.
III-Bob Dorivor behi o`simligining shifobaxshlik xususiyatlari.
3.1.Behi o`simligining shifobaxshligi.
3.2.Dorivor behi o`simligining hosilini yig`ish va saqlash usullari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoiti barcha mevali ekinlar o‘sishi uchun juda qulaydir, bu esa tez hosilga kiruvchi,yuqori hosilli intensiv tipdagi urug‘li, danakli va boshqa meva turlarini, ularning ko‘chatlarini etishtirish va ulardan intensiv bog‘lar barpo qilishni taqozo etadi. Bog‘dorchilikni rivojlantirish bir tomondan davlatimiz iqtiso-diyotini rivojlantirishga hissa qo‘shsa, ikkinchi tomondan xalq ijtimoiy holatini boyitadi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarni qay-ta tiklash va ularni urug‘chiligini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 504-son qarori, shuningdek, 2019 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida, respub-likada qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega meva turlariga, shu jumladan qadimdan shifobaxsh ahamiyatga ega bo‘lgan behi ekiniga ham e’tiborni kuchaytirish, hozirda yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan behi navlarining ko‘chatlarini ko‘paytirish shu bilan birga behi ona bog‘larini yaratish talab etiladi. O‘zbekistonda umumiy bog‘lar maydoni 2018 yilda 279,6 ming gektarga etkazilgan, shundan 8,0 ming gektari yoki bo‘lmasa, 2,86 % i behi bog‘lariga to‘g‘ri kelmoqda, bu ko‘rsatkichni olma ekiniga taqqoslasak, qariyb 14 barobar kam etishtirilayotganini ko‘ramiz.Behi aslida intensiv mevali ekin hisoblanadi ya’ni, ko‘chatlari doimiy maydonga ekilgandan keyin uchinchi yilidayoq hosil bera boshlaydi. Behi daraxti hosili tez o‘sib boradi.O‘zbekistonda bog‘dorchilikning istiqbolli rivojlanishida birgina bog‘zorlarni kengaytirish bilan erishib bo‘lmaydi. Buning uchun tuproq unumdorligini oshirish, tuproqga ishlov berish, nav tanlash, etishtirish texnologiyasi,o‘g‘itlash, sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda ko‘pgina boshqa, boringki, hosilni yig‘ib olish va saqlash kabi jarayonlarni ham to‘g‘ri belgilab olish zarur. Hozirgi paytda respublikamizda bu ekinni ekish kam kuzatilmoqda. O‘ylaymizki, ushbu qo‘llanma bog‘bon fermer xo‘jaliklarida behi ekinini ekib parvarish qilish istagini tug‘diradi. Behizorlardan yuqori va sifatli hosil etishtirishda zarur bo‘lgan agrotexnik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida yuqori darajada bajarilishi mazkur qo‘llanmada bayon etilgan.
Behi asosan konservabop meva hisoblanadi. Ammo, O‘zbe-kistonda etishtirilayotgan ko‘pchilik behi navlari mevalari“desert” sifatida ham iste’mol qilinadi. Behi mevasini yangiligicha xush ko‘rib iste’mol qilinsada, ko‘p hollarda qayta ishlangan (murabbo, kompot, jem, sukat, marmelad, behi qiyomi va boshqa) mahsulotlar tayyorlanadi.Behi mevasidan tayyorlangan behi qiyomi olma, nok kabi mevalardan tayyorlangan sharbatlarga qo‘shilsa, bu sharbat-ning ta’mini yanada mazali va xushbo‘y qiladi. Behi eng qadimiy o‘simliklardan biri bo‘lib, respub-likamiz viloyatlarida ekilib, parvarish qilinib kelinmoqda.
Behi daraxti olma va nok daraxtiga nisbatan issiqqa, qurg‘oqchilikka, past haroratga chidamli. Uni asosan, Aromatnaya, Samarkandskaya krupnoplodnaya Izobilnaya, Sovxoz-naya navlari ekiladi. O‘zbekistonda etishtirilayotgan behi 50-60 yil umr ko‘rsa, mo‘l hosil berish davomiyligi 35-40 yilni tashkil qiladi. O‘zbekistonda etishtiriladigan behi mevasi tarkibida (yangi uzilganida) 75-80% suv; 8,5% dan 15,2% gacha shakar, 1,5-2,0% olma va limon kislotalari, 0,4-1,0% turli kislotalar, 0,4-0,7% oshlovchi moddalar bor. Behi tarkibida S, V1, V2, RR vitaminlari va A provitamini bor. Mineral tuzlardan natriy, kaliy, kal-siy, magniy, fosfor, temir, kobalt, alyuminiy, bor, nikel, titan, mis, marganets, rux va boshqalar uchraydi. Bundan tashqari behi urug‘i va urug‘ kosachalarida 20 % gacha shilliq amigdalin glikozidi; 8 % dan oshiq moy va bo‘yoq moddalari bor.O‘zbekistonda behi daraxti daryo sathidan 360-1000 m balandlikda joylashgan sug‘oriladigan erlarda yaxshi o‘sadi,dengiz sathidan 1100-1400 m balandlikda vegetatsiya davri qisqaligi uchun behizorlar barpo qilishda asosan tezpi-shuvchi navlar ekish tavsiya qilinadi. Behi mevasi tabobatda ham ishlatiladi. Behi asal bilan bug‘da tayyorlangan damlamasi yo‘tal va shamollashda yaxshi foyda beradi. Ovqatlanish ratsionimizda palov bilan dimlangan behi mevasi ham, organizmimiz uchun koni foyda. Behi urug‘i va urug‘kosasi qaynatmasi ichilsa nafas yo‘llari yallig‘lanishiga yaxshi foyda beradi. Behi mevasi to‘rt burchak shaklda to‘g‘ralib quritilib quruq choyga ara-lashtirib qo‘yilsa choyga o‘ziga xos ta’m beradi.

Download 220.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling