I-bob Adabiyotlar sharhi


Dorivor behi o`simligining hosilini yig`ish va saqlash usullari HOSILNI YIG‘IB OLISH


Download 220.94 Kb.
bet7/8
Sana23.04.2023
Hajmi220.94 Kb.
#1389627
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
behi diplom (1)

3.2.Dorivor behi o`simligining hosilini yig`ish va saqlash usullari HOSILNI YIG‘IB OLISH
Behi hosili asosan sentyabr oyida pisha boshlaydi. Is-te’mol uchun esa naviga qarab, uzilgandan so‘ng saqlash davo-mida etiladi. Yig‘im–terim asosan oktyabr oyining ikkin-chi yarimidan noyabr oyigacha o‘tkaziladi. Meva terish mud-datini meva asosiy navining rang olishiga qarab, mevasi etining o‘zgarishiga qarab belgilanadi. Meva qattiq dav-rida ob-havo quruq paytida avaylab uziladi, chunki meva sal urilsa yoki ezilsa erta chiriydi. Mevasini ko‘rinishiga va nav xususiyatiga qarab, mevaning oldinma ketin terish navbati belgilanadi. Terib olingan mevalarni avaylab, tagiga qog‘oz yotqizilgan 25-30 kg yashiklarga joylanadi va daladan ohista olib chiqiladi. Ortish va tushirishda keskin va qo‘pol harakatlar qilmaslik lozim, chunki behi mevasi eziladi va saqlash davri qisqaradi. Saralash, saqlash, rea-lizatsiya qilish uchun navma-nav mevalarni uzish lozim. Sa-ralashda mevalar alohida guruhlarga bo‘linadi, bunda me-vani hajmi, rangi, sofligiga ahamiyat beriladi.Tashish va sovuq xonalarda saqlashga mo‘ljallangan me-valar 35 kg yashiklarga yoki konteynerlarga joylashtirila-di va saqlash uchun omborxonalarga etkaziladi.
SAQLASH
Behi mahsulotlarini to‘g‘ri saqlashni tashkillash ti rish -aholini yangi meva bilan ta’minlashda mavsumiylikka barham beriladi hamda ular uzoq vaqt saqlanganda nobud-garchilik hajmi pasayadi. Meva mahsulotlari erto‘lalar, omborlar yoki maxsus loyihalar bo‘yicha qurilgan bir necha o‘n tonnadan yuzlab tonnagacha meva saqlash mumkin bo‘lgan omborxonalarda va sovutgichlarda saqlanadi. Meva saqlash uchun eng yaxshi sharoit havo harorati va nisbiy namlikni doimo aniq belgilangan darajada ushlab turish hisoblanadi. Mevalarni uzoq vaqt saqlaganda ular-ning eng yaxshi sifatlari 4-70 S darajaga yaqin haroratda erishiladi.
Zamonaviy sovutgich Behi mevalarini yaxshi saqlashni ta’minlovchi eng muhim shartlar ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri terish va ishlov berish (navlarga ajratish, o‘lchami bo‘yicha saralash, idishga solish)dir. Mevalar etilganda, ularni ob havo quruq vaqtda avay-lab uzish kerak, chunki meva sal urilsa yoki ezilsa, u mikro-biologik buziladi va erta chiriy boshlaydi. Saqlash uchun terilgan mevalar etilish darajasi bo‘-yicha navlarga ajratiladi va ularni o‘lchamlari bo‘yicha saralab, chirigan, shikastlanganlar ajratib olinadi, so‘n-Behi mevalarini yashiklarga joylashtirishgra yashiklarga joylashtirib, ustma-ust qo‘yib, omborning shipigacha 50-60 sm masofa qoldirib taxlanadi. YAshiklarni ayrim qatorlari o‘rtasida havo yurishi uchun 10 sm tirqish va yurish uchun 60-70 sm li yo‘l qoldiriladi. Behini 4-5 oygacha saqlashning eng yaxshi shart-sharoiti xavo harorati 5-60 S va nisbiy namligi 80-85% bo‘lib, shu bi-lan birga ularning sifatini doimo kuzatib turish kerak. Albatta, oddiy erto‘lalarda bunday sharoitga erishish qiyin, u holda yuqoridagi sharoitga intilish zaruriyati tug‘iladi, ya’ni havoni shamollatib, suv sepib, oltingugurt bilan dudlab, mevalarni sifatini kuzatib borish zarur. Saqlanayotgan mahsulot bir-ikki marotaba ko‘zdan ke-chiriladi va omborxona oltingugurt bilan dudlanadi. Bu-ning uchun tashqarida idishga o‘tin qalab yoqiladi, cho‘g‘ hosil bo‘lganda idishlar omborxonaga olib kiriladi (har 3-4 m masofaga qo‘yiladi) va cho‘g‘ ustiga oltingugurt tashlanadi. Oltingugurt har 1 m3 xajmga 100-150 g solinadi.
Xulosa
Xorazm viloyati vohasida turli dorivor o`simliklarga boy.Shu qatorda behi o`simligi shifobaxshligi to`g`risida toxtaldik. Behi foydali moddalar bilan to'ldirilgan mevalardan biridir.Shisobaxsh behi o`simligi ko`plab kasalliklarga davo sifatida tibbiyotda qollanilib kelinmoqda jumladan, . Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan , astma , yurak , sariq , xiqichoq , qorin og‘rig‘i dizenteriya kasalliklarini davolashgan ta'minlaydi. Meva losonlari behi ulug'vor xususiyatlari tufayli ko'zlari bilan ko'z bilan yordam berishi mumkin. Buni ko'pincha kosmetologiyada ishlating. Mo''jizaviy ravishda terini yumshatadi. Bundan tashqari behidan bedarmonlik , kamqonlik , yo‘tal , me’da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan . Abu Ali Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani dizenteriya , yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishini davolashda , behi shirasi bilan astma , qon tupurish va qayt qilishni to‘xtatishda , chanqoq hamda miya og‘rig‘ini qoldirishda ishlatgan . Behi urug‘i asosida dori-darmonlar tayyorlab o’pka va nafas yo‘li kasalliklarini davolagan .Xalq tabobatida behi urug‘I bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda , ichburug‘da ,bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta’sir qiladi . Ilmiy medetsinada behi urug‘idan tayyorlangan qaynatma ko‘z og‘riganda , qabziyatda , yuqori nafas ,yo‘llari shamollaganda davo sifatida ishlatiladi . Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og‘rigan bemorlarga juda foydalidir.Behi asabni tinchlantiruvchi eng zo‘r vosita. Ayniqsa, bolalarda tushkunlik holati kuzatilsa, ushbu mevadan va sharbatidan ko‘proq iste’mol qilishsin. Behi kishini stressdan qutqarib, kuch bag‘ishlaydi. Gripp, shamollash va yo‘talda foydali. Bitta behining ichini o‘yib, 1-2 osh qoshiq asal soling. Qasqonda, bug‘da pishirib, tanovul qiling.Kuniga 100 gr. behi mevasidan iste’mol qilish kamqonlikda foydali, yurak xastaliklarining oldini oladi. Behi urug‘i qaynatilgan suv bilan angina bezovta qilganda tomoqni g‘arg‘ara qilish, ko‘zlarni chayish mumkin. Bronxial astmada behi daraxti barglarini qaynatib ichish naf beradi.
Behi o`simligining turli xil navlari bo`lib bunlar quyidagilardan iborat; Nav tanlash qishloq xo‘jaligida ekilib parvarishlana-yotgan barcha meva, sabzavot, poliz va boshqa ekinlarda kata ahamiyat kasb etadi. Nav tanlashda o‘sha joyning tuproq-iq-lim sharoiti, tashqi omillarning ta’siri va boshqa vaziyatlar inobatga olingan holda navlar tanlanadi. Behi navlari respublikamizning barcha viloyatlarida o‘sib, yaxshi hosil beradi. Hozirda Davlat reestriga kiritilgan quyidagi: Aromatnaya; Izobilnaya; Sovxoznaya; Samarkandskaya krupnoplodnaya; Konservnaya, Otlichnaya kabibehi navlari ekilmoqda. Quyida ekilayotgan behi navlarining qisqacha tavsifi keltirilgan.Aromatnaya navi - kechpishar va konserva qilish uchun juda yaroqli hi-soblanadi. Respublikamiz bo‘yicha eki-lib, parvarish qilinib kelinmoqda.Behi o`simligini yetishtirish texnologiyasi muhim axamyat kasb etadi. Behi asosan, payvand yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Urug‘idan ekib parvarishlangan behi daraxti mevalari mayda, taxir, sifatsiz, iste’molga yaroqsiz bo‘ladi va 8-10 yilga borib hosil beradi. Lekin, urug‘ ko‘chati hamda bachkilari behi uchun yaxshi payvandtak hisoblanadi. Behi urug‘ ko‘chat-lari nok uchun past bo‘yli payvandtak hisoblanadi. Fermer xo‘jalik lari sharoitida qimmatli meva ekini behi maydon-larini kengaytirish, yangi bog‘larni barpo qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Behi qurg‘oqchilikka, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga boshqa mevalarga qaraganda chidamli bo‘lib, tez hosilga kiradi, har yili, muttasil yaxshi hosil beradi. Meva bog‘ining hosildorligi, uzoq yashashi va serdaro-mad bo‘lishi uning qanchalik to‘g‘ri barpo qilinganligiga bog‘liq. SHuning uchun bog‘ barpo qilishda yo‘l qo‘yilgan xato u hosilga kirgandagina payqab qolinadi va uni tuzatish qiyin yoki butunlay tuzatib bo‘lmaydi. Bog‘ barpo qilinadigan joy noto‘g‘ri tanlanganda bog‘ erta qariydi, ularning hosil be-rish davri qisqaradi, hosili kamayadi va meva sifati pasaya-di. Bog‘ barpo qilinadigan maydonning tuprog‘iga, iqlim sharoitiga, erni ekishga tayyorlashga, ko‘chat o‘tqazish texnikasiga va yosh bog‘larni parvarish qilishga e’tibor berish kerak.O‘zbekistonda uchraydigan tuproqlarning ko‘pchiligi bog‘ barpo qilish uchun yaroqli hisoblanadi. Faqat, botqoq va sho‘rxok tuproqlarni meliorotiv holatini yaxshilab, ya’ni ko‘p harajatlar qilib, bog‘ barpo qilish mumkin.

Download 220.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling