Jquery jqueryda dom elementlar bilan ishlash


Download 4.36 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.36 Kb.
#1563888
Bog'liq
maruza-12

JQuery

JQueryda DOM elementlar bilan ishlash

Reja

DOM elementlardan tanlash

Filterlar

JSON

AJAX

DOM elementlardan tanlash

Yuqoridan izlash.

DOM daraxtini yuqori elementlari(parents)ni ko’rish uchun uchta foydali jQuery funksiyalari mavjud:

  • parent() - tanlangan elementning otasini qaytaradi.
  • parents() - tanlangan elementning otalarini tanlash uchun foydalaniladi. Otalarini selector orqali ham tanlash imkoni mavjud. $("span").parents("ul");
  • parentsUntil() - biron bir selectorgacha bo’lgan barcha ota elementlarni tanlash uchun. $("span").parentsUntil("div");

DOM elementlardan tanlash

Bola elementlardan izlash

DOM daraxtini bola(child) elementlarini ko’rish uchun ikkita foydali jQuery funksiyalari mavjud:

  • children() - elementning barcha bola elementlarini olish uchun foydalaniladi. Elementlarni selektor yozish bilan tanlash imkoni ham mavjud. $("div").children("p.first");
  • find() - selektor yordamida elementning barcha avlodlarini olish uchun foydalaniladi. $("div").find("span")

DOM elementlardan tanlash

Elementning aka-ukalarini tanlash.

  • siblings() - bu funksiya elementning aka-ukalarini tanlash uchun foydalaniladi. $("h2").siblings();
  • next() - Tanlangan elementdan keyingi elementni tanlash uchun foydalaniladi.
  • nextAll() - Tanlangan elementdan keyingi elementlarni tanlash uchun foydalaniladi.
  • nextUntil() - Tanlangan element va selector orasidagi elementlarni tanlaydi.
  • prev(), prevAll(), prevUntil() - next funksiyalarini teskarisini bajaradi.

Filterlar

  • first() - elementlar massividan birinchi elementni tanlash uchun.
  • last() - elementlar massividan ohirgi elementni tanlash uchun.
  • eq() - elementlar massividan indeks bo’yicha tanlash.
  • filter() - elementlar massividan selektor yordamida kerakli elementlarni tanlash uchun.
  • not() - filter() funksiyasining teskarisi.

JSON

JSON (JavaScript Object Notation) - Bu juda keng tarqalgan ma'lumotlar formatidir, turli xil dasturlarga ega, masalan, AJAX tizimlarida XML o'rnini bosuvchi sifatida xizmat qiladi. JSON - bu tilga bog'liq bo'lmagan ma'lumotlar formati. Bu JavaScript-dan olingan, ammo ko'plab zamonaviy dasturlash tillarida JSON formatidagi ma'lumotlarni yaratish va tahlil qilish uchun kod mavjud. JSON .json kengaytmasidan foydalanadi.

"address": {

"streetAddress": "21 2nd Street",

"city": "New York",

"state": "NY",

"postalCode": "10021-3100"

},

AJAX

AJAX - bu butun sahifani qayta yuklamasdan, server bilan ma'lumotlar almashish va veb-sahifaning qismlarini yangilash.

GET, POST, PUT, PATCH, DELETE

$.ajax({

type: 'PUT',

url: 'http://example.com/api',

contentType: 'application/json',

data: JSON.stringify(data), // access in body

})

.done(function (){console.log('SUCCESS');})

.fail(function (msg) {console.log('FAIL');})

.always(function (msg) {console.log('ALWAYS');});


Download 4.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling