Jro etuvchi hokimiyat
Download 27.67 Kb.
|
IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazirlar Mahkamasi.
IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT TIZIMI REJA: 1.Vazirlar Mahkamasi haqida. 2.Vazirliklar,davlat qo’mitalari va idoralar haqida umumumiy ma’lumot. 3.Yangi O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatdagi o’zgarishlar. Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi. OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I.E.H ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi. Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasining maqomi va vakolatlari. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Ijro etuvchi hokimiyat o‘z mohyatiga ko‘ra qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. Har davlatda o‘ziga xos ijro etuvchi hokimiyat tizimi shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasining Hukumati, O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi kollektiv organ sifatida o‘z faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiradi: Kollegiallik; demokratiya va qonuniylik; O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgar hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari quyidagi hujjatlarda belgilangan: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining faoliyatiga oid boshqa qonunlar; Vazirlar Mahkamasining o‘zi tomonidan qabul qilingan hujjatlar. Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga quyidagilar kiradi: samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi; fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi; Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uning a’zolaridan iborat. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasining a’zolari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriing o‘rinbosarlari; Vazirlar; davlat qo‘mitalarining raislari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i (o‘z lavozimi bo‘yicha). Vazirlar Mahkamasi tarkibini shakllantirishning muayyan tartibi mavjud. Vazirlar Mahkamasi tarkibi quyidagicha shakllantiriladi: Download 27.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling