Judakatta ahamiyatga ega bo’lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning falsafiy qarashlari mashshoyiyuna yo’nalishi g’oyalarining an’analarini davom ettirgan


Download 328 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana09.06.2023
Hajmi328 Kb.
#1468280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
99 Umarov Muhammadjon Lazzatbek ogli 722-729 (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
725 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
mashhur va umumiyroq narsa yo’q, uni ta’riflab bo’lmaydi. Borliq ikki qismga 
bo’linadi, ulardan biri borlig’i o’z zotidan bo’ladigan, ikkinchisi esa borlig’i zotidan 
boshqasidan bo’ladigan narsalardir. Birinchisi o’z zotidan boshqasidan bo’ladigan 
narsalardir. Buni Nosiruddin Tusiy imkoniy vujud deb ataydi.
7
U zaruriy vujudni 
hech narsaga bog’liq bo’lmagan bir butunlikni tashkil etuvchi, eng irodali, qudratli, 
dono va biluvchi tangri deb ataydi. Qolgan barcha narsalar imkoniy tarzda mavjud 
bo’lib, zaruriy vujuddan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, Nosiruddin Tusiy 
xudo va barcha narsalarni – sabab va oqibat xolatida bo’ladi, degan fikrni ilgari 
suradi. Barcha narsalarni xudodan kelib chiqishi nurlanish tarzida, ya’ni Quyoshdan 
chiqayotgan nur kabi shakl asta-sekin amalga oshadi. Xuddi shu tartibda imkoniyat 
shaklida mavjud bo’lgan aql, jon, jismlar, ular bilan bog’liq holda osmon sferalari 
zaruriy vujuddan kelib chiqadi, ya’ni voqelikka, mavjud narsalarga aylanadi. Ulug’ 
mutafakkir Nosiruddin Tusiy bularni substansiya deb ataydi. Substansiya ma’lum 
ko’lam bilan bog’liq bo’lmagan narsa deb ta’riflanadi. Bu yerda ko’lam deganda 
Nosiruddin Tusiy tugal ob’ektni nazarda tutadi. Substansiyadan tashqari borliqda 
aksidensiya mavjud bo’lib, u ma’lum ob’ekt bilan bog’liq holda mavjud bo’ladi. 
Nosiruddin Tusiy fikricha, substansiya ikki xil bo’ladi: biri – sodda, ikkinchisi – 
murakkab substansiyadir. Sodda substansiya – bu bir substansiyadan iborat bo’lgan 
substansiyadir. Tusiy sodda substansiyaga olov, havo, yer, suvni kiritadi. Murakkab 
substansiya esa har biri bir necha sodda substansiyadan tashkil topgan narsalardir. 
Sodda substansiyaning o’zi ikkiga: murakkab (substansiyaning) vujudga ya’ni 
tarkibiga kiradigan va murakkab (substansiyaning) vujudga kirmaydigan 
substansiyalarga bo’linadi.
Murakkab (substansiyaning) vujudiga kiradigan sodda substansiya ham ikki xil 
bo’ladi: biri – qabul bo’luvchi bo’lak bo’lib materiya (xoyulo) deyiladi. Ibn Sinoning 
fikricha, materiya shunday narsaki, u mavjud bo’lgani bilan murakkab narsalar 
vujudga kelmaydi, masalan yog’och stulga nisbatan shundaydir. Ikkinchisi qabul 
qiluvchi bo’lak bo’lib, Tusiy buni shakl deb aytadi. Shakl bu shunday narsaki, u 
mavjud bo’lsa, murakkab narsalar ham vujudga keladi, masalan, stulni yog’ochga 
nisbatan shakli. 
Nosiruddin Tusiy shaklni o’zini ham ikki turga bo’ladi: biri – sezilib turadigan 
shakl, masalan bir bo’lak mumning turli shakllarda bo’la olishi. Bunday shaklni 
Nosiruddin Tusiy aksidentik shakl deb aytadi. Ikkinchisi – ma’lum jismni barpo 
qiluvchi shakl bo’lib, bunday shakllar jismoniy shakllar deb ataladi.
7
Қаранг: Диноршоев М.Д. Философия Насириддина Туси. Душанбе, «Дониш». 1968– С. 37 



Download 328 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling