Jumaqul Amonov 1905-1973
Avazov Abdullo (Abdulloyi Avaz)1924-2012
Download 304.5 Kb.
|
Искандари Дарбандий давоми
Avazov Abdullo (Abdulloyi Avaz)1924-2012
Bu ingson haqida ko’pchilik darbandiylar yaxshi bilishadi. Negaki Darbandni o’tmishiga xabardor bo’lgan bu inson ko’p yaxshi xislatlari bo’lgan. Bir eshitgan gapi esidan chiqmagan. Shundami bundan yuz ikki yuz yil eshitgan gaplarini xotirasiga saqlab gurung bergan. Ko’p insonlar o’zlarini oto-bobolari haqidagi ma’lumotni shu kishidan olgan. Hatto darbandiy tarixshunos olim Polvon Shoimov ham “Darband-qadimiy makon kitoblarida shu insondan ko’plab ma’lumot olganliklarini kitoblarida qayd etgan. Men ham bir necha bor bu inson bilan uchrashib Darband qishlog’ini o’tmishi yaxshi-yomonlari xullas tarix haqidagi suxbatlarini olganman. O’ta kamtarin mehnatkash eng muhimi hayotda tetik ko’z bilan qaraydigan bu inson umr bo’yi davlat va chagana mollarini boqib halol va pok yashagan. Xudo bergan rizqga qanoat qilib har bir o’tkazgan kuniga shukrona keltirgan, mehmondo’st oilaparvar insonlardan bo’lgan. Har bir ishni o’z vaqtida bajarishga har bir so’zni o’z o’rniga ishlatishga harakat qilgan. A.Avazov agar 1924 yilda tug’ilgan bo’lsa 1935 yildan boshlab cho’ponlik kasbiga ishlab tez orada o’sha davrning rahbarlari nazariga tushgan. Bu odamni baquvvatligi kasbu koriga sadoqati xullas davlat mollarini boqishdagi tajribasiga xabardor bo’lgan o’sha davr rahbarlari ikkinchi jahon urushiga Abdulloni yubormasdan front orqasiga qoldirishga qaror qilgan. Shundan A.Avazov butun kuchi g’ayrati bilan mol boqib keyinchalik yigirma yil Darband xo’jligidagi “Bog’chi poyin”ga qarovul-bog’bon vazifasida ishlagan. Bu yerda ham davlat bog’boni sifatida nihol parvarishi bog’chalarni ko’klamzorlashtirishga munosib hissa qo’shgan insonlardan bo’lgan. G’irrom badgumon odamlarni yomon ko’rgan. Haqiqatga intilib yashagan. Saxiyqalb inson bo’lgan. Har bir keladigan mehmon oldiga qo’y so’yib uni izzatiga yetib mehmondorchilik qoidalarini bajargan insonlardan edi. Shundanmi xudo u kishiga uzoq umr berdi. Solih farzanlarni ato etdi. Qarilik gashtini surib bilganlarini hammasini hamqishloqlarga gapirib berib tarixda o’z nomi maqomi bilan yashab ishlab o’tgan piru badavlat otaxonlardan edi. U kishi ko’p ma’lumotlarni o’z davru zamonini bilimdonlari ayniqsa qishloqda tarixchi astronomiya fani bilimdoni munajjim mullo Baxshiquldan ko’p narsalarni o’rganganliklarini menga aytib berganlar. Otalari ham xuddi o’zlaridek tarixga qiziqqan bilganlarini farzandiga ham o’rgatgan ekan. Eng asosiysi har bir voqea hodisani o’zlari to’g’ri eshitib to’g’ri bilib to’g’ri gapirishga odatlangan otaxonlardan edi. Taqdir tovazosi bilan u kishshi ikkki marotba uylangan birinchsi oilasi Anorxol ayadan Jumaqul, Zulayxo, Tojixol, Ro’zixol. Ikkinchi oilasi Devonaeva Norxol bibidan Maxmadkarim, Maxmaraxim, Jo’ra, To’ra, Safarali, Nigina, Nigora. O’z davrini tarixidan mukammal xabardor bo’lgan cho’ponlik bog’bonlik kasbi bilan shuxrat topgan el adog’ida bo’lgan hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlan Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling