Mavzu: Diniy tolerantlik madaniyati - Reja:
- 1. Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati.
- 2. Diniylik va dunyoviylik muvozanati jamiyat rivojining muhim omili.
Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik gʻoyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va doʻstlik kabi bir qancha ezgu fazilat- larga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonpar- varlik va bagʻrikenglikka da’vat etadi. Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Jamiyati- mizdagi oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik kabi oliyjanob fazilatlar xalqimizga xosdir. - Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik gʻoyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va doʻstlik kabi bir qancha ezgu fazilat- larga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonpar- varlik va bagʻrikenglikka da’vat etadi. Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Jamiyati- mizdagi oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik kabi oliyjanob fazilatlar xalqimizga xosdir.
- Oʻzbekiston xalqlari tabiatiga xos boʻlgan tolerantlik va totuvlik tuygʻulari tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega. Millat- lararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik gʻoyalari Oʻzbekistonda yashayot- gan millat va elat vakillarining oʻzaro ahillikda, hamjihatlikda, birdamlikda yashashga chorlaydi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respub- likasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni (2017-yil 7-fevral), “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnali- shi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoyishi (2017-yil 15-avgust)ning “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan 5-yoʻnalish doirasida Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Mustaqillik islom ma’rifatining rivoji uchun sharoit yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |