Jump to navigationJump to search Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang
Download 241.84 Kb.
|
Oʻzbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston tarixi
- Oʻzbekiston demografiyasi
- Etnik tarkibi
- Oʻzbekistonda din
- Milliy bayramlar
- Xalqaro munosabatlar
Mundarija 1Tarixi 2Geografiya 3Demografiyasi 3.1Etnik tarkibi 4Madaniyat 5Din 6Taʼlim 7Davlat va Siyosat 7.1Milliy bayramlar 7.2Xalqaro munosabatlar 7.2.1Xalqaro moliyaviy tashkilotlar: 8Viloyatlar 9Tabiiy resurslar 10Transport 11Qurolli kuchlari 12Taniqli shaxslar 13Galereya 14Eslatmalar 15Manbalar 16Havolalar Tarixi Asosiy maqola: Oʻzbekiston tarixi Geografiya Asosiy maqola: Oʻzbekiston geografiyasi Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimoldan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh. Demografiyasi Asosiy maqola: Oʻzbekiston demografiyasi Oʻzbekiston aholisi 34,048,384 kishini tashkil qiladi (2020-yil holatiga koʻra). Aholining aksariyat qismi (83,7 %[4] dan koʻprogʻi — 26,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 %[4] ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.
Maʼlumot 2018-yilga tegishli:
Madaniyat Oʻzbekiston fuqarosi pasport orqali aniqlanadi. Qadimdan Oʻzbekiston yeri Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim va shoirlar butun dunyoni qoyil qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolibi boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Din
Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud. 88,4 % — Islom (Hanafiylar, Sunniylar — 87,1%) va (Shialar — 1,3 %) 4,8 % — Xristian (Pravoslavlar) 2,4 % — Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari) 0,8 % — Yahudiylar 4,2 % — Boshqa Dinlar Taʼlim Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Davlat va Siyosat Milliy bayramlar 1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan: 1 yanvar — „Yangi yil bayrami“ 8 mart — „Xalqaro xotin-qizlar kuni“ 21 mart — „Navroʻz bayrami“ 9 may — „Xotira va qadrlash kuni“ 1 sentyabr — „Mustaqillik kuni“ 1 oktyabr — „Oʻqituvchi va murabbiylar kuni“ 8 dekabr — „Konstitutsiya kuni“ Ramazon hayiti (Iyd-al-Fitr) bayrami Qurbon hayiti (Iyd-al-Adha) bayrami Xalqaro munosabatlar Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega: BMT Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi BMTning milliyxalqlar Fondi Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining vakolatxonasi — Red Cross Download 241.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling