Jun tolalarini dastlabki ishlash tехnologiyalari” Reja
Download 460.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma\'ruza
rasm. Junning tuzilishi.
1. Piyozcha; 2-Ildiz;3-Sterjen; 4-Yog‘ bezlari; 5-Ter bezlari; 6-Teshikchalar; 7-Joydashish yuzasi Ter bezlari ajratib chiqayotgan ter yog‘ bilan qo‘shilib teryog‘ hosil bo‘ladi. Ularning miqdori xayvonlarning zotiga bog‘liq. Masalan mayin jun tarkibida 11% yog‘ va 7% ter bo‘lsa, dag‘al junda 4% yog‘ va 8% ter bo‘ladi. Jun qatlami ko‘ndalang kesmi bo‘yicha uch qatlamdan iborat: sirtqi, ichki va o‘zak ( -rasm). -rasm. Jun tolasi qirqimi. 1-Sirtki qatlam,2-ichki qatlam,3-o‘zak Sirtqi qatlami - tolani tashqi qatlamini tashkil etadi. Bu qatlam xalqasimon ravishda joylashgan bo‘lib, 1 mm uzunlikdagi tolada 40-50 ta xalqalar mavjud. Tolaning tovlanishi xalqalar shakli va joylashishiga bog‘liq. Agar xalqalar yirik vatolada zich joylashgan bo‘lsa tola yaxshi tovlanadi. Bu qatlam tolani mexanik zararlanishdan va atmosfera ta’siridan saqlaydi. Ichki qatlam - sirtqi qatlamdan so‘ng joylashgan bo‘lib, qalinligi 3 - 10 mkm ni, uzunligi esa 80 100 mkm li urchuqsimon katakchalardan tashkil topgan. Katakchalar tolalar o‘qiga nisbatan ko‘ndalang joylashgan Bu qatlamda bo‘yovchi moddalar mavjud bo‘lib, pigmentni tashkil etadi. O‘zak qatlam - ushbu qatlam barcha turdagi junlarda bo‘lavermaydi. Bu qatlam yupqa bo‘sh kataklardan tashkil topgan bo‘lib, havo bilan to‘lgan. Junni dag‘alligi qancha oshsa, uni o‘zak qatlami oshib boradi. Mayin junda u bo‘lmaydi. Jun tolalari tashqi ko‘rinishi, xususiyati, hamda ichki tuzilishi bo‘yicha: mayin jun tipi, oraliq, o‘qloqsimon va o‘lik tola tipiga bo‘linadi. Mayin jun tipi - Ushbu jun tipi qalinligi 30 mkm gacha bo‘lib, u juda mayin bo‘ladi. Bu turdagi junda faqatgina sirtqi va ichki qatlam mavjud xolos. Bunday turlardan yuqori sifatli matolar to‘qiladi. Oraliq jun tipi - Ushbu jun tipi mayin va o‘qloqsimon tiplar orasida joylashgan bo‘lib, uni qalinligi 30-50 mkm ni tashkil etadi. O‘qloqsimon jun tipi - Ushbu tipdagi junni qalinligi 50 150 mkm ni tashkil etadi. Bu jun tipi 32 qatlam sirtqi, ichki va o‘zak qatlamlardan tashkil topgan. O‘lik tola tipi - Ushbu jun tipi nihoyat dag‘al bo‘lib, o‘zak qatlami katta miqdorni salkam 90% ni tashkil etadi. Bu tolalar qalinligiga qaramay nozik, sinuvchan bo‘ladi. Bunday jun tiplari dag‘al va yarim dag‘al junlarda uchraydi. Download 460.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling