Jun tolalarini dastlabki ishlash tехnologiyalari” Reja
Download 460.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma\'ruza
8-MAVZU: JUN TOLASINING TUZILISHI VA UNING ХUSUSIYATLARI. JUN TOLALARINI DASTLABKI ISHLASH TЕХNOLOGIYALARI” Reja: 1.O‘zbekistonda jun tolalari va uni Qayta ishlash rivoji 2.Junni hosil bo‘lish bosqichlari va tuzilishi dastlabki ishlash korxonalari. 3.Jun tiplari. Junni turlari va xususiyatlari. 4.Jun tolasini saralash va tozalash. 5.Qo‘ylarni junini olish va junni klassifikaцiyasi 6.Junni standartlashtirish: klasslarga ajratish va saralash. 7.Jun tolasini saralash va tozalash 8.Qo‘ylarni junini olish va junni klassifikaцiyasi 9.Junni standartlashtirish: klasslarga ajratish va saralash. O‘zbekistonda paxta, ipak, kimyoviy va jun tolalari ko‘plab yetishtiriladi. Ulardan paxta, kimyoviy va ipak tolalariga ishlov berish birmuncha ilmiy jihatdan o‘rganilgan va bu xomashyolarning sanoati kеng rivojlanayotir. Bu borada jun tolalari biroz kam o‘rganilib, ularning ba’zi xususiyatlari va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kеng joriy etilgan emas. Jun tolalaridan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda asosan qo‘y junlaridan foydanalidadi. Jun tolasidan tayyorlangan mahsulotlar tabiiyligi, ko‘rkamligi, mustahkamligi, mayinligi va issiqlikni yaxshi saqlay olishi bilan ajralib turadi. Dunyo miqyosida shu kunlarda Hitoy, YAni Zellandiya, Avstraliya davlatlari qo‘y sonining ko‘pligi bilan yuqori o‘rinda tursa, bir bosh qo‘ydan xom-ashyo qirqib olish borasida Avstraliya, YAngi Zellandiya, Xitoy, Urugvay va boshqa davlatlar ilg‘or hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoning 15 mamlakatida ko‘p miqdorda qo‘y boqiladi va ulardan olinadigan jun mahsuloti shu davlatlar to‘qimachilik sanoatining asosiy xom-ashyo manba’laridan biri hisoblanadi. Respublikamizda junni dastlabki ishlovchi 4 ta va Qayta ishlovchi 2 ta korxonalar mavjud. O‘zbekistonda tarqalgan eng ko‘p qo‘ylar qorako‘l (76,5%), jaydari, xisori, tojiki va sarojin zotlardir. Ulardan dag‘al va yarim dag‘al bo‘lgan bir xil bo‘lmagan jun tolalari olinadi. Agar bir bosh qo‘ydan bir yilda 1-1,2 kg jun qirqib olinsa, mamlakatimizda bir yilda 9-10 ming tonnaga yaqin jun mahsulotlari tayyorlash imkoni bo‘ladi. O‘zbekistonda boqilayotgan qo‘y va echkilar boshi(ming bosh hisobida, 1999 yil ma’lumoti) 7-jadval Viloyatlar nomi Barcha toifadagi xo‘jaliklarda Aholida Fermer- larda Qishloq xo‘j/jamoal. Qashqadaryo 2034 285,4 8,3 175,5 Navoiy 1236 241,6 20,1 973,7 Surxandaryo 1097 699,9 25,8 371,3 Samarqand 965,2 647 20 298,2 Jizzax 888 515,9 16 356,1 Buxoro 867,7 537,6 13,4 316,7 Andijon 542,5 441,5 10,2 90,8 Namangan 493,4 403,5 3,9 86 Qoraqalpog‘iston 469,2 285,4 8,3 175,5 Toshkent 453,2 293,8 18,3 141,1 Farg‘ona 396,4 310,7 6 79,7 Xorazm 213,5 187,2 2,4 23,9 Sirdaryo 114,8 107,2 3 4,6 Jami 9771 6025 173 3573 Xonaki va yovvoyi xayvonlar terisida joylashgan tola qotlami jun bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Xayvonlardagi jun tolalari embrionlik davridan rivojlanadi. Jun uch qismdan iborat: piyozcha, ildiz va sterjendan. Sterjen terining ustki qismida, ildiz teri ichida va piyozcha ildiz davomida joylashgan. Piyozcha tagida so‘rg‘ich joylashgan bo‘lib, uning tagida junni shakllantiruvchi kataklar qavati joylashgan. Piyozchadagi kataklar bo‘linishi hisobiga jun o‘sadi. Sterjen o‘lik kataklardan tashkil topgan. Ildiz va piyozcha oldida yog‘ bezlari va undan pastroqda ter bezlari bor. YOg‘ bezlaridan chiqayotgan yog‘ chiqarish yo‘llaridan tashqariga chiqib, tolani o‘rab oladi. U junni mexanik zararlanishdan, atmosfera ta’siridan saqlaydi (26-rasm). Download 460.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling