Jun tolasini titish va tozalash agregatini takomillashtirish V b. dotsent: D. A. Jo‘rayev


Download 56.73 Kb.
bet1/4
Sana26.06.2023
Hajmi56.73 Kb.
#1656471
  1   2   3   4
Bog'liq
Jurayev D. Maqola OAK


УДК: 677.026: 677.31
JUN TOLASINI TITISH VA TOZALASH AGREGATINI TAKOMILLASHTIRISH
v.b. dotsent: D.A.Jo‘rayev
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
djurayevdavron27@gmail.com


t.f.n. (PhD) dotsent: M.K.Urozov
Termiz muhandislik-texnologiya instituti


t.f.n. (PhD) R.Yangiboyev
Termiz muhandislik-texnologiya instituti


ANNOTATSIYA:
Bu maqolada mahalliy dag‘al jun tarkibiga aralashgan mayda va yirik iflos aralashmalarni mexanik usulda tozalash mexanizmini takomillashtirish orqali tola sifatini yaxshilashga erishilgan. Junni titish va tozalash jarayonida qo‘llaniladigan 2БТ-150Ш titish-tozalash mashinasining kamchiliklari bayon etilgan.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье улучшение качества волокна достигнуто за счет усовершенствования механизма механической очистки от мелких и крупных примесей, примешанных к местной грубой шерсти. Описаны недостатки чесально-чесальной машины 2БТ-150Ш, которая используется в процессе чесания и очистки шерсти.
ABSTRACT:
In this article, the improvement in the quality of the fiber was achieved by improving the mechanism of mechanical cleaning from small and large impurities mixed with local coarse wool. The shortcomings of the 2BT-150Sh carding machine, which is used in the process of combing and cleaning wool, are described.
Jun tolasi boshqa tolalarga nisbatan arzon va sifatli mahsulotlar (gilambop, namatbop va shinelbop) olinishi bilan farq qiladi. Tabiiy o’simliklardan tola olishda katta sarf xarajatlar qilinadi, jun tolasi go‘sht mahsuloti uchun va terisi va jun tolasi uchun boqiladigan hayvon zotlaridan olinadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bu sohani rivojlantirish va eksport mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qator topshiriqlar berilmoqda [1].
Bugungi kunda jahonda to‘qimachilik chiqindilarini qayta ishlash to‘qimachilik tolalariga bo‘lgan talabning muttasil kengayishi, ularni ishlab chiqarish uchun xomashyoga bo‘lgan talab bilan belgilanadi. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun asosan qo'ylarning mayin junlari ishlatiladi. Qo‘ylarning dag‘al junlari, odatda, qirqib olingandan keyin tashlab yuboriladi. Chunki qo’y junini tozalash va unchan tayyor maxsulot ishlab chiqarish murakkab jarayon hisoblanadi [2]. Jun sanoati oldida turgan asosiy vazifalardan biri mahsulot xajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, xom ashyo va matolardan imkon boricha samarali foydalanish, ilm fan yutuqlarini sanoatga tadbiq etish hamda mavjud korxonalarni rekonstrutsiya qilishni taqoza etadi [3].

Download 56.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling