Jurnalistika asoslari


JURNALIST AQLIY MEHNAT KISHIS1


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/76
Sana03.06.2024
Hajmi382.29 Kb.
#1899049
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.

JURNALIST AQLIY MEHNAT KISHIS1
Ommaviy axborot vositalaridagi ish aqliy mehnat sohasiga kiradi. 
Bu yerda ishlovchidan har kuni yozish, unga tayyor bo‘lish talab qilina- 
di. Bugina emas, u tezkor, ham serunum ishlashga- majbur. Chunki 
tahririyat ishi ijtimoiy-ishlab chiqarish xarakteriga ega. Ishlab chiqarish 
uzluksiz ishlaydi. Demak, jurnalist ham uzluksiz faoliyat ko‘rsatishga 
majbur.
Bozor iqtisodiyoti jurnalistlar mehnatini yanada takomillashtirishni 
talab qilmoqda. Kompyuter tizimining paydo boMishi va rivojlanishi 
jurnalist faoliyatiga katta ta ’sir ko‘rsatmoqda. Jurnalist nafaqat yozish, 
balki o ‘z matnini terish, tuzatish kabi ishlar bilan ham shug‘ullanishga 
majbur bo‘lmoqda. Yana chet mualliflarning maqolalarini tahrir qilish 
va chop etishga tayyorlashdan qutilgan emas.
Jurnalistlar mehnati jam oat ishlab chiqqan mahsulot bilan belgilana- 
di va baholanadi. Jurnalist yozgan maqola bir necha qoMdan o ‘tadi. Uni 
tahrir qilishadi, raqamlar tekshiriladi, musahhih o ‘qiydi, rassom- dizayner 
yoki m as’ul kotib uni sahifada joylashtiradi va h.k.. Demak, eng avvalo, 
tahririyatda har bir ishni oqilona taqsimlash kerak.
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida ikki asosiy guruh faoli­
yat ko‘rsatadi. Birinchisi, jurnalistlar, bular, asosan, axborot mahsuloti 
beruvchilar, ikkinchi guruh shu mahsulotni iste’molchilar uchun tayyor 
ho lg a 
k eltiru v chilar. 
Bunga 
texnika, 
m oliya 
ish lari 
bilan 
shug‘ullanuvchilar, ishlab chiqarishni tashkil qiluvchilar, musahhihlar 
va boshqalar kiradi.
Tahririyatlar boshqaruvchilar va bajaruvchilar guruhiga bo ‘linadi.
Boshqaruvchilar guruhiga, asosan, bo‘lim mudirlari yoki bo‘lim mu- 
harrirlari, bosh muharrir o ‘rinbosari, m as’ul kotib kiradi.
Bajaruvchi guruhga esa muxbirlar, katta muxbirlar, sharhlovchilar 
va boshqalar kiradi.
36


Shuni ham t a ’kidlash kerakki, hozirgi paytda ju m alistlar ichida soha 
b o ‘yicha ixtisoslashish amalga oshirilm oqda. Birovlari siyosat bilan, 
ikkinchilari iqtisod, uchinchilari sport, to ‘rtiachilari san ’at sohalari bilan 
shug‘ullanishga ixtisoslashmoqda.
Tahririyatlarda yana bosh muharrir, teleradioda rais, nashriyotlarda 
bosh direktor kabi yuqori lavozimlar bor. Ular oxirgi so ‘zni aytuvchi, 
jam oa faoliyatini vurgizuvchilardir. Ommaviy axborot vositalari faoli- 
y a tin in g q an d ay lig i k o ‘pin ch a shu y u q o ri lav ozim ni eg allagan
boshliqlarga bogMiq bo‘ladi.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga qarab, gazeta va jurnallarda 
maxsus muxbir, o ‘z muxbiri, reklama m enedjeri, teleradioda rejissyor, 
ovoz operatori, m usiqa m uharriri va boshqa lavozim lar boMishi ham 
mumkin.
Ommaviy axborot vositalarining barcha turlarida tahririyatlar bo‘lib, 
ular tasdiqlangan hujjatlar asosida faoliyat ko‘rsatishadi. Ular har xil, 
lekin markaziy o ‘rinda ommaviy axborot vositalarining ustavi turadi. 
Davriy matbuot tahririyatlarida yana muassis bilan tahririyat o ‘rtasida 
tuzilgan ta ’sis shartnomasi mavjud. Bu m asalalar 0 ‘zbekiston Respub­
lik a sin in g «O m m aviy axb o rot v o sita la ri to ‘g ‘risida»gi qonunida, 
0 ‘zb ek isto n R esp u b lik asi V azirlar M ah k am asin in g « 0 ‘zb ekiston 
Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro ‘yxatga olish tartibi 
to ‘g ‘risida»gi qarorida aks ettirilgan. Tahririyatlar faoliyati ularning 
ichki hujjatlari, xodimlar bilan tuzadigan mehnat shartnomalari, lavozim 
qoMlanmalari, bosh m uharrir buyruqlari orqali boshqariladi.
Barcha tahririyatlar reja tuzadi va shu turli rejalar asosida ish olib 
boradi.
AXBOROT ALMASHINUVI
A xborot a lm ash in u v id a ikki tom on ish tiro k q ilish i ham m aga 
m a’lum. B irto m o n i axborot manbai b o ‘lsa, ikkinchi tom onida axborot 
oluvchi turadi. Ju m alistik ad a shu ikkinchi tom on auditoriy a, deb 
nom lanadi. Bu so ‘zning asl m a’nosi bugun tinglovchi, tom oshabin, 
o ‘quvchi guruhi yoki omma deganidir. Bu guruh yoki omma ikki 
to ifa g a b a ‘lin a d i. B irin c h is i, fa o lla r (u n g a t o ‘g ‘r id a n - to ‘g ‘ri 
tahririyatlarga xat bilan m urojaat qiluvchi yoki teleradio dasturlari
37


haqida o ‘z fikrlarini bildiruvchilar), ikkinchisi, faol b o ‘lmagan, sust 
toifadagilar (tahririyatlar mahsulotini qabul qiluvchilar)dir. Auditoriya -
ommaviy ongni odatiy yetkazuvchisi, degan fikrga kelish mumkin. U 
aniq bir tartibga, o ‘zining ravshan belgilariga, u tashkil etgan qismlar 
orasida biron bir «to‘siqqa» ega emas. Xuddi shu xususiyatlari bilan u 
guruhiy ongdan keskin farqlanadi.
Auditoriya qaysi axborotni qabul qilishi masalasi chuqur o ‘rganilishi 
lozim boMgan muammo. Chunki nashr yoki eshittirishni ishga tushirish- 
dan oldin, u kimga qaratilgani, uni qanday qabul qilishlari, u qanday 
ta ’sir etishi mumkinligi kabi savollarga aniq javob topish lozim b o ‘ladi. 
Bularni tahririyatlaming biznes rejasiga kiritish kerak.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, tahririyatlam ing eng asosiy muammosi 
o'quvchilar yoki tomoshabinlar bilan o ‘zaro aloqaga erishishdan iborat.
Jurnalistika uchun auditoriya bilan jonli aloqa juda ham muhim. Har 
bir televideniye va radio, gazeta, jurnal va nashriyotlar faoliyatiga 
auditoriya bilan o ‘rnatilgan aloqaga qarab baho berish o ‘rinli b o ‘ladi.
Eshittirish-u ko‘rsatuv, kitobmi yoki gazeta-jurnal xalq hayoti, uning 
muammolari, orzu-istagi, dardini yoritsagina uni omma xalqchil ommaviy 
axborot vositasi deb ataydi va uni qoMlab-quvvatlaydi. Ommaviy axborot 
vositalarining xalq bilan bogManishiga erishish y o ‘li ko‘p. Tajriba asosida 
quyidagi shakllarga to‘xtalamiz:
- epistolyar, y a ’ni tahririyatlarga keladigan xatlar, telefon orqali 
murojaatlar;
- tezkor, y a ’ni telefon orqali tele yoki radio orqali berilayotgan 
ko‘rsatuv yoki eshittirishga o ‘z munosabatini bildirish, auditoriyadan 
to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri eshittirish qilib, xalq fikrini bilishga harakat qilish, 
hatto gazetachilik tajribasida boMgan «qaynoq telefon» orqali suhbatlar 
uyushtirish;
- hammuassislarni nashrning navbatdagi sonini yoki teleradio das- 
turini tayyorlashga jalb qilish;
- test, y a ’ni tahririyat ishini, yoki ommaviy axborot vositalari 
ko‘targan biron bir mavzu bo‘yicha auditoriya qarashlarini varaqa, shaxsiy 
muloqot, telefon orqali aniqlash;
- konsultativ, y a ’ni ta h ririy at faoliyati haqida o ‘quvchi va 
tomoshabinlardan anjumanlar, ochiq xat kunlari va boshqalar orqali 
maslahat olish;
38


- ekspertiza qilish, ya’ni ommaviy axborot vositalari ishi, jumalistika 
tajribasi haqida tadqiqot va ilmiy-tanqidiy materiallami, mutaxassis ekspert- 
lar fikrini o ‘rganish;
- tadqiqot o ‘tkazish, ya’ni nashr yoki dastur bo‘yicha real auditoriya 
reytingi o ‘sishini hisoblab chiqish hamda auditoriyani chuqur o ‘rganish.
Bu shakllarning birontasi ham bir-birining o ‘rnini bosa olmaydi. 
Ulardan unumli foydalangan nashrlar ham, teleradio ham muvaffaqiyatga 
erishishi mumkin.

Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling