Jurnalistika asoslari


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/76
Sana03.06.2024
Hajmi382.29 Kb.
#1899049
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.

REYTING TOPSHIRIQLARI
1. «Publitsistika» s o ‘zini sharhlab bering.
2. Publitsistikaning vazifasi nim alardan iborat?
3. Publitsistikaning predmeti h aqida nima deya olasiz?
4. A. Navoiyni o ‘zbek badiiy publitsistikasining asoschisi deb atash 
adolatdanm i?
5. B ugun 0 ‘zbekistonda fa oliyat k o ‘rsatayotgan publitsistlardan 
kimlarni bilasiz?
NAZORAT SAVOLLARI
1. D a v rn in g ijti m o i y - s iy o s iy v a b o s h q a d o lz a r b m a s a l a la r i g a
b a g ‘ish!angan adabiy ijod turini va uning vazifasini ayting.
2. Publitsistikaning xususiyatlarini qaysi tarixiy asarlarda k o ‘ramiz?
3. Publitsistik maqolalari bilan tanilgan qaysi yozuvchi, jurnalist, 
olimlarni bilasiz?
MUSTAQIL 0 ‘QISH UCHUN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Т., 2004, 7-jild.
2. «Jadid m atbuotida hajviy publitsistika», « 0 ‘zbekiston m atbuoti» 
jurnali, 1997, 4-son.
3. « 0 ‘zbekiston matbuoti» ju rnali, 1998, 5-son.
55


JTJRNALISTIKA JANRLARI
Jurnalistikada «janr» degan tu shuncha bor. Janr deganda om m aviy 
axborot vositalari m atnlarining um um lashtirilgan va tipiklashtirilgan
voqelikni aks ettirishning badiiy va publitsistik shaklini tushunam iz. 
Bu tu shuncha voqelikni bilish usullari, uning aks etishi va ijtimoiy 
am aliyotga t a ’sir o ‘tkazishiga k o ‘ra farqlanuvchi asarlarning m azm un 
va shaklining umumiy xususiyatlari y ig ‘indisini anglatadi. Janrlar haqida 
gapirishdan oldin ularni qanday farqlash kerakligini bilib olishim iz 
lozim. Jurnalistikaning har bir janri o ‘zining aniq vazifasi, k o ‘rinishi 
va yozilish uslubiga ega desak xato b o ‘lmaydi. Lekin b a ’zi ja n rla r bir- 
biriga shunchalar yaqinki, ularni bir-biridan ajratib olish qiyin b o ‘ladi.
Demak, ularni farqlashdan avval g uruhlashtirib olgan 
m a ’qul. 
Hozirgacha publitsistik janrlarni guruhlashtirishda turli y ondashuvlar 
m av ju d . B u h o la t j u r n a l i s t i k a d a m a z m u n va s h a k l u y g ‘u n l i g in i
t a ’minlovchi yangi janrlarning paydo b o ‘lishi, eskilarining amaliyot- 
dan m antiqiy ravishda chiqib ketishini taqazo etadi. M D H jurnalisti- 
kasida publitsistik ja n rla r uchta asosiy guruhga - axborot, tahliliy va 
badiiy publitsistik guruhlarga ajratiladi. G ‘arb ju rn a lis tik a s id a esa, 
asosan, materiallar yangilik va ocherk tarzida uzatiladi. Jurnaiistika 
janrlariga qisman t o ‘xtalamiz.
M aqola -
jurnalistikaning publitsistik jan ri b o ‘lib, unda ijtimoiy 
hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi. M aqola gazeta va jurn allarn in g
eng keng tarqalgan asosiy janri b o ‘lib, u hayotim izning dolzarb bir 
m asalasiga b a g ‘ishlangan publitsistikadir, deyishimiz mumkin.
Maqola uchun siyosiy umumlashma va xulosani ustalik bilan adabiy 
tarzda ifodalash j u d a muhim. B oshqacha qilib aytganda, m aqola katta, 
qamrovi keng tadqiqoti, korrespondensiya janri unga nisbatan qamrovi 
kichikroqdir. A m m o ularning ikkalasi ham k o ‘pgina bir xillikka va 
sifatga ega.
M aqola - voqeligimizdagi m uhim bir masalaga bagMshlangan tad- 
qiqot b o ‘lgani, ijtimoiy hayot faktlarini umum lashtirib ham da ilmiy, 
chuqur tahlil qilib yoritishi bilan boshqa publitsistik janrla rdan farq 
qiladi.
M aq olada ham publitsistik ja n rla rn in g b oshqa xillariga q o ‘yilgan 
ta la b la r q o ‘yiladi. Jum ladan, oddiy xalq tushu n ad ig an adabiy tilda
ra von y o zilishi kerak. A gar sayoz, zerikarli yozilsa, unda shevaga 
katta e ’tibor berilsa, k o ‘tarilgan m avzu ijtimoiy aham iyat kasb etm asa
56


maqolaning ahamiyati ham kam b o ‘ladi. Bunday maqola o ‘sha matbuot 
obro‘yiga salbiy t a ’sir k o ‘rsatadi.
Maqolada, eng avvalo, umumiy g ‘oya ifoda etiladi, keyin uning ayrim 
qoidalari nazariy asoslanadi. Imkoniyat darajasida ular hayotiy faktlar va 
misollar bilan t o ‘ldirilishi lozim. Fakt va misollar ishonarli, ahamiyatli va 
tekshirilgan b o ‘lishi talab qilinadi.
Maqolaning yozilish uslubi cheklanmagan - u ocherk uslubidami, 
suhbat uslubidami yoki lavha uslubidami bari bir u o ‘qishli, ko ‘pchilikka 
m a’qul bo ‘lishi kerak.
Maqolaning ahamiyati - bu gazeta bo'ladimi yoki jurnal - juda katta.
Maqolaning turlari ham bir nechta. Jumladan, bosh maqola, nazariy 
maqola, targ'ibot maqola, muammoli maqola, tajribani umumlashtiradi- 
gan maqola, tanqidiy maqola va boshqalar.
Bosh m aqola (yoki tahririyat tom onidan yoziladigan m aqola)da 
k o ‘pincha 
davlat va hukum at hujjatlari, qarorlariga sharhlar ham da 
davrning dolzarb masalalari yoritiladi.
Bunday maqolalarda aniq manzil, kimlarga murojaat qilinayotgani, 
bajarilishi kerak b o ‘lgan aniq rejalar va ularning m as’ullari k o ‘rsatilishi 
lozim. Bosh maqolalarning uch xili bor. Umum siyosiy, targ‘ibot va tezkor 
maqolalar. Umum siyosiy maqolalar aksariyat holda birinchi sahifada 
beriladi. B o sh q a sahifa da berilgan taqdirda ham u o ‘z ahamivatini 
y o ‘qotmaydi. Chunki bunday maqola tahririyat nomidan beriladi, Nazariy 
va targ‘ibot maqolalaridan yuqori g ‘oyaviylik, ilmiy tahlil, ijodiy yon- 
doshuv talab qilinadi. Bunday maqolaning kuchi ishontirish darajasiga 
bog‘liq b o ‘ladi.
Muallif Nazira Abduazizova 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasidagi 
maqolasida yozishicha, muammoli maqolalar k o'p hollarda manzara va 
bahslashuv xarakteriga ega boMadi. Unda bir necha xil fikr o ‘rtaga tash- 
lanadi. Va muhokamalardan so‘ng tahririyatning yakuniy xulosasi bildir- 
iladi.
Nazariy va targ‘ibot maqolalarining asosiy vazifasi mustaqillikni, milliy 
g ‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini, ilmiy maqolaning 
vazifasi esa fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalash- 
tirishdan iborat.
M aqolaning turidan q a t ’iy nazar u oddiy tilda, keng om m aga tushu- 
narli qifib yozilishi va dolzarb m avzuga b a g ‘ishlangan b o ‘lishi ham 
j u d a m u h im . 0 ‘z b e k i s t o n d a m a q o la j a n r i ta rix in i F u r q a t, Ibrat, 
H akim xon kabi ju rn a listla rn in g «Turkiston v iloyatining g az eti»da
57


bosilgan maqolalari bilan bogMash o ‘rinli b o ‘ladi. Keyinchalik ja d id
m atbuotida faol qatnashgan Hamza, A bdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy 
va boshqa jurnalistlar o ‘z maqolalari bilan bu ja nrning rivojiga munosib 
hissa q o ‘shganlar. Maqola yozishdan oldin reja tuzib olish m aqsadga 
m uvofiq. R ejada maqsad va uning asosiy g ‘oyasini aniqlab olish kerak.

Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling