Jurnalistika asoslari
Download 382.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.
Sharhlovchilar haqm i?
1996-yil mart oyidan boshlab, О ‘zbekiston televideniyesining kanali orqali respublika gazetalarining 10 daqiqi sharhi berila boshlandi. Sharhlarningpaydo bo'lishi respublika hayotida ju d a muhim voqea, ayni muddao bo ‘Idi. Chunki ilgari har bir oilada uch-to ‘rtta gazeta o'qilgan b o ‘Isa, hozir bitta gazeta yo olinadi, yo olirtmaydi. Qog'oz narxining oshib ketishi gazetalarning adadi keskin qisqarishiga sabab bo ‘Idi. Nima ham qilardik, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari shunday. Televideniye aholi uchun axborotning asosiy manbai bo'lib qoldi. Ana shunday sharoitda respublika teleradiokompaniyasi tomonidan kundalik markaziy gazetalar sharhini berib borishdek ish boshlangani ju d a to ‘g ‘ri bo ‘Idi. Sharhlar ertalab, odamlar gazetalar bilan tanishmay turib beri- layotgani ham qulay. Sharhlar paydo bo'lishi bilan gazetada bosilgan xabarlarni aholiga yetkazish muammosi qisman hal bo ‘Idi. Shu bilan birga sharhlarni muntazam kuzatuvchilar qisqa vaqt mobaynida ко ‘rsatuvni olib borishda yu z bergan о ‘zgarishga e ’tibor bergan bo ‘Isalar ajab emas. Dastlabki sharhlar an ’anaviy tarzda, ya ’ni maqolalarga shaxsiy munosabat bildirish usulida berilardi. Sharhlovchilar gazetalarning о ‘sha kungi sonida о ‘zlariga yoqqan mavzularni tilga olishardi. Boshqalariga nisbatan yaxshiroq chiqqan gazeta, dolzarb maqolalarni, ularning mualliflarini nomma-nom eslab, bu xususda о 'z mulohazalarini bildirar, bosilgan xabarlar yuzasidan •shaxsiy flkrla ri bilan о ‘rtoqlashar edilar. Bu tinglovchilar uchun tabiiy hodisa bo ‘lib, ular tomonidan respublika hayotining odatiy kundalik 78 kechishidek qabul qilinardi. Ammo to'satdan sharhlarning mazmuni о ‘zgara boshladi. Gazetalar, maqola va mualliflarga nisbatan bakolovchi shaxsiy fik rla r keskin kamaydi. Sharhlar xabar tarzida berila boshlandi. Ya ’ni bugun fa lon gazetada pism adon maqola, xabar e 'Ion qilingan, maqola shu-shu haqda, muallifi falonchi. Bunday yangilik teletomoshabinlar ommasi uchun kutilmagan hoi b o 'ld i. O dam lar m a q o la la rn in g nom ini emas, balki ular haqida sharhlovchi tomonidan aytiladigan tayyor bahoni qabul qilishga odat- langan bo ‘lib, undan shuni kutardilar. Ayrim teletomoshabinlar qo ‘llarini yuvib, qo ‘Itqqa urdilar: «Shu ham sharh bo ‘Idimi?», «Bu oddiy xabar, xolos-ku!», «Sharh ham shunaqa bo'lar ekanmi?» kabi gaplar eshitila boshlandi. Sharhlovchilar to 'g 'ri yo'ld a n ketishyaptimi, yo'qm i? Bu savolga xalqaro jurnalistika sohasidagi mutaxasis, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Fotima Xonboboyeva javob beradi: - Gazetalarning kundalik televizor sharhi mazmunida yuz bergan yangilanish ju d a to 'g 'ri va maqsadga muvofiqdir. Bunday jurnalistika axborot jurnalistikasi deb atalib, oxirgi о 'ttiz y il davomida jahonning rivojlangan mamlakatlarida unga amal qilib kelinadi. Sobiq so vet m afku ra si a xborot ju rn a listik a s in i tan olmay, ju rn a listla rim izg a x ilm a -x il voq ea -h o d isala rn i, fa k tla r n i, turli mamlakatlar, tashkilotlar va tabaqalar rahbarlarining xatti-harakatlarini tushuntiruvchi, tayyor baholovchi mulohazalarni «yuqoridan» tushirib, ularni та ’naviy tutqunlikda ushlab keldi. Nima haqda yozish va qanday yozish, nima yaxshi, nima yom on ekanligi oldindan belgilab berilardi. Bunday yondashuvda ijtimoiy ong rivojlanmaydi. B oshqacha qilib aytganda, bah o lo vchi ju rn a listik a axb orot jurnalistikasidan ustun qo ‘yilsa, tinglovchilar fikrlash, tahlil qilish im- koniyatidan mahrum bo 'ladi. Ular xohishlaridan qat Чу nazar kimningdir mulohazalari, tayyor baholarini singdirishga xizmat qiladi. Oqibatda, ommaning tahlil qilish saviyasi pasayadi. Bu - baholovchi ju rn a lis tikaning birinchi kamchiligi. Ikkinchi kam chilik yana ham chuqurroq b o ‘lib, jia d iy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu voqea-hodisaga nisbatan ju rn a listn in g n o to 'g 'ri baholaridir. Tayyor baholarga o'rganib qolgan omma ularni tez o'zlashtiradi. N o to 'g 'ri baholar esa kishilarning kundalik aniq harakatlari, dunyoqarashlari, ishlari, m unosabatlariga katta zarar etkazishi mumkin. 79 Ushbu omillarni hisobga olgan holda, rivojlangan mamlakatlarning jurnalistlari allaqachon ju rn a listik fa o liya tn in g reportyorlik, ya ’ni axborot tarzidagi usuliga о ‘tishgan. Avvalambor ular diqqatni voqea- hodisa, fakt, intervyuning о ‘ziga ja lb qiladilar. Ammo bu sharhlarda shaxsiy baho umuman bo'lmaydi, degan gap emas. S o f axborot jurnalistikasining о ‘zi yo ‘q. Ко 'pchilik xabarlar maz- munida и yoki bu tarzda shaxsiy baho yotadi. Lekin bugungi О 'zbekiston jurnalistikasida keng yoyilgani kabi shaxsiy baho voqea-hodisani о ‘z soyasi ortida qoldirmasligi kerak. Demokratiya va bozor munosabatlari yo 'lida birinchi navbatda anlq, voqelikni bo ‘yamaydigan, haqiqatni to ‘liq ко ‘rsatadigan jurnalistika kerak. Teletomoshabinlarga jam iyatim iz hayotidagi axborot jurnalisti- kasidek yangilikni tushunib, unga o'rganishga t o ‘g ‘ri keladi. Xabarlarni t o ‘g ‘ri tahlil qilishga o ‘rgatish, tomoshabin ulardan shax siy xulosalar chiqarib olishiga y o ‘l ochish, yuz berayotgan jarayonlar xususida fikr bildirishga undash, faol flkrlash im koniyatini yaratish axborot jurnalistikasi oldida turgan muhim vazifadir. Matbuot sharhining tezkor shakli matbuotning «S o ‘ngi pochtadan» rukni ostida beriladigan qisqacha sharhidir ( b a ’zida bu luqma rukni ostida beriladi). Matbuot sharhi k o ‘pgina talablarga javob berishi kerak. Eng avvalo, u sharhlanayotgan gazeta-jurnalni yoki televideniye k o ‘rsatuvi, radio eshittirishini chuqur o ‘rgangan holda tayyorlanishi lozim. Shu o ‘rinda « 0 ‘zbekiston matbuoti» jurnalining 1998-yil 3-sonida «Matbuot sharhi» rukni ostida bosilgan maqola ibratga loyiq b o ‘lgani bois, urii t o ‘laligicha yoritishni lozim topdik. Download 382.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling