Jurnalistlar va robot jurnalistlar: raqobatmi yoki hamkorlik


“Avto radio” radio kanalida boshlovchi mahoratiga qo’yiladigan talablar


Download 154.35 Kb.
bet18/22
Sana11.03.2023
Hajmi154.35 Kb.
#1261473
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Diyorbek (2)

2.2. “Avto radio” radio kanalida boshlovchi mahoratiga qo’yiladigan talablar
2016-yilning 1 avgustidan boshlab, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi radiostansiyalar yana bittaga boyidi. Radioto‘lqinlarning 102,0 chastotasida yangi “Avto radio” ish boshladi.
Ushbu radiokanalning boshqalaridan farqi shundaki, uning to‘lqinlarida faqat va faqat jahon, sharq va o‘zbek qo‘shiqlarining eng saralari, o‘z davrida xit darajaga yetganlari uzatiladi. Bu O‘zbekistonda ana shu yo‘nalishda ish boshlagan dastlabki radiokanalidir.
Bundan tashqari, “Avto radio”da retro shlyagerlar, Dunyo va Sharq musiqasi xit paradlari, o‘zbek milliy kinochiligida o‘lmas asarlarga aylangan kinokartinalardan sizu-bizga ma'lum syujyetlarining 30-40 soniyali ovozli lavhalari, mashhur san'at ahli bilan bo‘ladigan suhbatlar, qolaversa, mashhur o‘zbek radioboshlovchilarining turli dasturlar olib borishi, ushbu radiokanalni tinglayotgan har bir kishiga o‘zgacha hayajon va shirin xotiralar ulashadi.
Yana bir yangilik shu bo’lgandiki, Endi Sharq musiqalarini barchadan ilgari tinglash mumkin edi. “Avto radio” ijodkorlari Sharq va Arab davlatlari bilan hamkorlikda, ushbu diyorlarda bastalangan va kuylangan eng sara yangi qo‘shiqlarni siz azizlarga birinchilardan bo‘lib uzatgandi.
2016-yilning oxirida viktorina o’tkazilib, xorijga sayohat imkonini beruvchi ikkita chipta sohibi aniqlangan edi. Ushbu loyiha o’sha yilning sentabr oyidan ishga tushgan. “Avto radio” tomonidan o‘tkaziladigan turli tanlov va viktorinalarda ishtirok etish va yutuqli chiptani qo‘lga kiritish imkoni yaratilgan va bu hozirga qadar davom etmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, “Avto radio” sizga ko‘tarinki kayfiyat va yoqimli hislar jilosini taqdim etadi.
Dastlab, radiostansiya tashkil etilganidan beri musiqa formatlari 2017-yillardan hozirgi kungacha turli yo'nalishdagi rus va xorijiy pop musiqalari (pop, rok, shahar Shanson va raqs pop musiqasi) bo'lib kelgan. Rus musiqasining chet el musiqasiga nisbati 65/35 edi va auditoriyani asosiy qismini o’zbek musiqalari tashkil etadi.
2017 yil 1 apreldan boshlab avtoradio musiqiy soatda xorijiy xitlar sonini atigi ikkita qo'shiqqa qisqartirdi, shu bilan birga zamonaviy xorijiy xitlar efirdan butunlay g'oyib bo'ldi. O’zbek musiqasining chet el musiqasiga nisbati 90/10 ga etdi. Biroq, “Har tong” ertalabki shousida va "Musiqa" oqshomida zamonaviy xorijiy xitlar yangraydi. Bundan tashqari, "80-yillarning retrolari" maxsus loyihasi doirasida xorijiy qo'shiqlar soni 50% ga yetgan. "Avtoradio" – O’zbekiston Reklamachilar tanlovi g'olibi, shunigdek ko’plab mukofotlar sohibi ham hisoblanadi. "Oltin qalam" festivali va boshqalar nominatsiyalar g’olibi hisoblanadi.


Download 154.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling