Jurnalistlar va robot jurnalistlar: raqobatmi yoki hamkorlik
Download 154.35 Kb.
|
Diyorbek (2)
II BOBga doir xulosalar
Ommaviy axborot vositalarini iste'mol qilish shaharlardagi odatiy hindlarning hayotida har kuni uzoq soatlarni o'ziga jalb qiladi. Radio va televidenie xalq turmush tarzida muhim o‘rin tutadi. Asosiy darajada, ular turli xil usullar va turli xil dasturlar orqali odamlarga turli narsalar haqida ma'lumot beradi. Boshqa tomondan, ular odamlarga o'zlarini qayta tiklash va ovozlarini eshitish imkonini berish maqsadiga xizmat qiladi. Televidenie, xususan, Hindistonning shaharlarida, boshqa ommaviy kommunikatsiya vositalaridan ustunlik qildi. Ammo radio ham samarali vosita bo'lib, u orqali millionlab odamlar ma'lum bir xabarning umumiy qabul qiluvchisi ekanligi asosida birlashishlari mumkin. Savodsizlik darajasi yuqori bo'lgan mamlakatda radio va televidenie ko'ngilxushlik qilganda ham ma'lumot beradi va tarbiyalaydi. Ular aholining katta qismini qamrab oladi. Texnologiyaning rivojlanishi ommaviy axborot vositalarini odamlar uchun qulayroq qildi. Ommaviy axborot vositalari, xususan, elektron OAV xalqqa tez ta'sir qiladi va ta'siri ham uzoq davom etadi. Televidenie ommaviy auditoriyani jalb qilish uchun kuchli vosita bo'lib, yoshi, jinsi, daromadi yoki ta'lim darajasidan qat'iy nazar odamlarga etib boradi. Bundan tashqari, televizor ko'rish va ovozni taklif qiladi va u odamlar va mahsulotlarning dramatik va hayotiy tasvirlarini yaratadi. Yillar davomida radio va televidenie xilma-xilligi va mazmuni jihatidan rivojlanib bordi. Shunga qaramay, taklif qilinadigan o'yin-kulgi turi asosan madaniy - kino musiqasi Hindistondagi kino va teleko'ngilochar sanoatining ba'zi yangiliklari bilan birga kechayu-kunduz ijro etiladi. Televidenie haqida gap ketganda, 1990-yillar va liberalizatsiya davrigacha bizni faqat O’zbekiston radiosi qiziqtirgan, undagi dasturlar yaxshi, chunki hukumatga qarashli kanal xalqni tarbiyalash bilan birga o'yin-kulgi qilish mas'uliyatini bajarishi kerak edi. O’sha davrda, O’zbekiston san'ati va madaniy merosini namoyish qiluvchi dasturlar, shuningdek, sohadagi zamonaviy tadbirlar, bolalar va ayollar uchun multfilm dasturlari va yoshlarga qaratilgan dasturlar sof ko'ngilochar, mintaqaviy va hind tillarini ifodalovchi teleradioko’rsatuvlari mavjudemas edi. Lekin kabel va sun'iy yo'ldosh televideniesi paydo bo'lganidan keyin xususiy kanallar ko'payib borayotgani sababli, filmlar va sof o'yin-kulgilarga e'tibor kuchli. Bugungi kunda radio va televidenie reklamasining, xususan, reklamaning jamiyat va madaniyat evolyutsiyasiga ta'siri kuchayib borayotganini ta'kidlash o'rinlidir. Xulosa To‘g‘risini aytish kerak, o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz televideniesi ancha nochor ahvolga kelib qolgan edi. 1956 yil o‘zbek televideniesi tashkil topgandan buyon to‘plangan tajribalar, an’analar bu vaqtga kelib ancha siyqalashdi. Bir mavzu atrofida eng kamida qirq daqiqa yoki bir, bir yarim soatlab ko‘rsatuvlar tayyorlanardi. Uzundan-uzoq davom etadigan dasturlar tomoshabinni zeriktirardi. Efirga olib chiqilayotgan muammolar ham unchalik qiziqarli emasdi. Rasmiy, jo‘n dasturlar ko‘payib ketgandi. Bunga sabab: birinchidan, televizion texnikalarning eskirganligi bo‘lsa, ikkinchidan mutaxassis kadrlarning yetishmasligi edi. O‘sha davrlarda og‘ir apparatlarda – o‘ram-o‘ram magnit tasmalarida montaj qilinardi. Suratga olish texnikalari ham zamondan ancha orqada edi. Bugunga kelib esa, sohada qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Dunyoning mashhur televizion texnikalari olib kirildi. Tasvir va ovozlarning sifati yaxshilandi. Telekanallarimiz soni ham ko‘paydi. Maqtansa arzigulik yutuqlarimiz bor. O‘zbek televideniesi hayotida raqamli televideniega bosqichma-bosqich o‘tish davri boshlandi. Lekin qars ikki qo‘ldan chiqadi deganlaridek, zamonaviy texnologiyalarni sohaga jalb etish barobarida, burungi davr ijodiy yutuqlarga ham ahamiyat qaratilishini taqozo qiladi. Biz bugun chetdan bo‘ladigan axborot xurujlariga qarshi turish imkoniyatiga egamizmi? Yoki ularga xorijdan keltirilgan zamonaviy texnikalar bilan to‘siq qo‘yamizmi? Albatta, televidenie jamiyatda inson mafkurasini shakllantirishda, yoshlarning g‘oyaviy kamolotida muhim omillardan sanaladi. Shunday ekan, har qanday bo‘lmag‘ur dasturni tomoshabinga havola qilish ham yaramaydi. Masalan, keyingi paytlarda azaldan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odatlarimizning, milliy qadriyatlarimizning hayotimizdagi buzilgan shakllari televizor orqali o‘rnak qilib ko‘rsatilayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, bu jihatlarni to‘y-ma’raka, quda-anda munosabatlari haqidagi dasturlar yoki maishiy mavzudagi ayrim seriallarda uchratish mumkin. Rivojlanish barobarida hayotimiz ham tubdan o‘zgargani rost. Yangicha yashash va turmush tarzi kirib keldi. Xorij mahsulotlaridan kundalik hayotimizda foydalanyapmiz. Turli mebel yoki chinni buyumlar deysizmi, qo‘yingki, barchasi turmushimizda muhayyo. Endi ularga moslab hatto to‘qlikka — sho‘xlik tarzida yangi odatlarni o‘ylab topayotganimiz ham bor gap. Lekin bunday tor doiralardagina tan olinayotgan soxta urflarni, udumlarni teleekran orqali ommalashtirish nimaga kerak? Ba’zan filmlar, musiqiy kliplardagi e’tiborsizliklar ham kishining dilini ranjitadi. Yoki rejissyorning uquvsizligimi, oddiy holatlarga ahamiyat berilmayapti. Film qahramonlari (ayol kishi) sport kiyimida uyqudan uyg‘onib yotoqxonadan ham chiqib kelaveradi yo bo‘lmasa, oshxonada ovqat ham pishiraveradi. Buyam yetmagandek, mehmonniyam sport kiyimida kutib olish holatlari uchrab turadi. Zero, asl maqsadimiz boshqaligi sabab, aynan falon xonandaning pismadon qo‘shig‘iga ishlangan falonchi rejissyorning klipida shunday deb ko‘rsatish fikridan yiroqmiz. Eng achinarlisi, bu kabi uquvsizlik efirda namoyish qilinishidan tashqari yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilyapti. Qayta-qayta efirga uzatib kelinayotgan “Tutash taqdirlar”, “Umidingni so‘ndirma”, “Hayot jilg‘alari”, “O‘zi uylanmagan sovchi” singari turmush ikir-chikirlari bilan bog‘liq ayrim maishiy mazmundagi teleseriallar bir necha yillar avval suratga olingan “Charxpalak”, “Zanjir”, “Shaytanat” seriallari kabi tomoshabin mehrini qozona oldi, deb aytib bo‘lmaydi. Ularning aksariyati voqealarning soxtaligi, zo‘rma-zo‘raki yasalgan qahramonlari bilan kishini ranjitadi. Na dramaturgiya, na obraz bor ularda. Bironta qahramon tomoshabinning esida qolmaydi ham. Yaratilgan obrazlarning bori ham hayotimizning quyi qatlamlaridan tanlab olingan g‘iybatchi xotin yoki mish-mish tarqatuvchi ayol, yo bo‘lmasa, o‘zi uylanmagan sovchi va shu kabi oramizdagi bachkana va beo‘xshov insonlarning go‘yoki ijobiy qiyofalaridir. Ayni damda teleseriallarimizda xarakter yaratish dolzarb bo‘lib qolyapti. Hanuz asosiy muammolardan biri bu zamondoshlarimiz qiyofasini qanday aks ettirish masalasi bo‘lib turibdi. Ayni kunda bu masalaga jiddiy yondashuv zarur. Biz xorij seriallarining bir qismini ko‘rgudek bo‘lsak, ertasiga uning davomini kutib o‘tirishimiz aniq. Ming afsuski, o‘zimizning seriallar haqida bunday fikrlarni aytolmaymiz. Shu kungacha ko‘plab seriallar ishlab chiqarilib, tomoshabinlarga havola qilindi. Biroq bironta qahramonning ommalashganini bilmaymiz. Shu bois, xorij seriallaridagidek, ularning suratlari tushirilgan yorliqlarni ham ko‘rmaysiz. Negaki, ishlab chiqaruvchi o‘zining mahsulotini xaridorgir bo‘lishini istaydi. To‘g‘risi, chet ellik hamkasblarimizning iste’dodlariga tan bermay iloj yo‘q. Bu borada so‘zsiz ulardan o‘rganishimiz kerak. Biroq qachongacha? Seriallarimizda sahnalashtiruvchi va liboslar bo‘yicha rassom yoki dizayner mahorati deyarli ko‘rinmaydi. Suratga olinayotgan ob’ektlar yurtimizning go‘zal maskanlari emas, asosan, e’tibordan chetda qolib ketgan joylardan tanlanyapti. Yoki rejissyorlarimiz ko‘z oldimizda bo‘layotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘rmayapti yo ko‘rsatib berisholmayapti. Aslida, mohir rejissyor yoki tasvirchi hattoki, hayvonot olamidagi xunuk holatlarni ham mahorat bilan juda go‘zal tarzda ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Tan olish kerakki, zamonaviy filmlarimizning aksariyatida liboslar aktyor yoki aktrisaning o‘z “garderob”idan tanlanadi. Shuning uchun tasvirda uyg‘unlik sezilmaydi. Musiqiy va shovqinli bezak (shumovoy oformleniya) haqida ham ijobiy fikrlar aytib bo‘lmaydi. Ishlatilayotgan asosiy musiqiy va shovqinli bezaklar (qushlarning ovozi, tungi chigirtkalarning chirillashi, daryo va shamollar shovqini, samolyot va poezd ovozlari kabi) o‘tgan asrning 70-80 yillarida yozib olingan bo‘lsa ajab emas. Bu ba’zan dasturlarda texnik shovqinlar qo‘llanganda bilinadi. Negaki, ayni kunda zamonaviy avtomashinalarning o‘t olgan tovushini fonotekada mavjud bo‘lgan 80-yillarda ishlab chiqarilgan texnik vositalar tovushidan foydalanyapmiz. Shu bois bu bugungi zamonaviy transport vositalar, samolyot va parovozlarning shovqinida ham yaqqol seziladi. Axir bugunda hayotimizga kirib kelgan Afrosiyob poezdining yoki o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy GM Uzbekistan avtomobillari harakatini tasvirlarda ifodalashda o‘tgan asrda yozib olingan shovqinli ovozlardan foydalanish kulgili emasmi? Bu shubhasiz, fonotekalarimizni ham yangilash vaqti kelganidan dalolat. Bugun oldimizda turgan eng dolzarb masalalardan biri bu yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq ekan, efirga uzatilayotgan dasturlarning ahamiyati naqadar ulkanligini tushunamiz. Avvalo, biz ijodkorlarning hech kimni aldashga haqqimiz yo‘qligini to‘liq anglamog‘imiz darkor. Keling, ochig‘ini aytaylik, bugun qaysi dasturlar tomoshabin e’tiborini tortyapti? Yoki qay janrdagi ko‘rsatuvlar yetakchilik qilyapti? Agar o‘zbek televideniesining ijodiy taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, yigirmanchi asrning 70-yillarida telenovella, telespektakl, keyinroq esa videofilm janri ommalashgan edi. “Bahor qaytmaydi” filmini bugun ham tomoshabin iliq xotiralar bilan eslaydi. 70-yillar oxiri 80-yillarning boshlarida esa ko‘p qismli videofilmlar ishlab chiqarish tezlashdi va ijodkorlarning yaratuvchanliklari samarasi o‘laroq “Navoiy”, “Bobur”, “Girdob”, “Abadiyat qonuni” singari qator adabiy asarlar sahnalashtirilib, tomoshabin e’tiboriga havola qilindi. Televizion miniatyuralar teatri janri yangilik sifatida hayotimizga kirib keldi. Musiqiy film va film-kontsertlar barcha tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Shubhasiz, bu teleasarlar o‘z davrida ko‘plab muxlislar qalbidan joy olgan edi. Ular hozir ham badiiy ahamiyatini yo‘qotgan emas, desak adashmagan bo‘lamiz. 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida o‘zbek televideniesida publitsistik janr yetakchilik qila boshladi. Bu ham zamon talabi edi. Negaki, mamlakatdagi islohotlarni, jamiyatdagi o‘zgarishlarni keng ommaga yetkazishda publitsistik ko‘rsatuvlarning o‘rni katta edi. U jarayonlarni telejurnalistik yo‘l bilan tushuntirish ta’sirli bo‘lgan. 90-yillar oxiri va asrimiz boshlarida esa tok-shoular rivojlandi, didaktik sahna asarlari ko‘paydi. Ko‘plab tomoshabinlarga manzur bo‘lgan teledasturlar tayyorlanib, havola qilindi. Ularning barida qaysidir ma’noda yurtimizdagi islohotlar, hayotimizdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topgan edi. “Oddiy haqiqatlar”, “Bahs, munozara, tahlil” singari ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tok-shoularda turmushimizda uchrab turadigan ba’zi illatlar haqida bahs-munozaralar qilinib, unday salbiy qusurlardan qutulish yo‘llari izlanib, tugal yechimga kelingan bo‘lsa, “Musiqa: kecha va bugun” kabi musiqiy-ko‘ngilochar tok-shoularda milliy musiqiy merosimiz tarixi, buguni va ertasi bilan bog‘liq mavzular qamrab olingandi. Yosh ijrochilarning yutuqlari bilan bir qatorda, kamchiliklari ham soha mutaxassislari tomonidan aytilgandi. Keyinchalik efirda berilayotgan dasturlar maydalashib ketdi. Ijtimoiy roliklarni istisno qilib aytganda, hatto na boshi, na oxiri bor (kulminatsiya haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas) uch, to‘rt, besh daqiqalik “O‘ylarim” singari teleasarlar paydo bo‘ldi. Bu qisqa dasturlarning aksariyatida faqat bir odamning kechinmalari yoki o‘y-xayollari asosiy mavzu qilib olingandi. To‘g‘risi, bu kabi dasturlar tomoshabin e’tiborini qozona olgani yo‘q. Yoshi kattaroq odamlar bilan suhbatlashsangiz, o‘z davrida efirga chiqadigan Qodir Maxsumov, Davron Zunnunov, Mirzohid Rahimov, Dilorom Umarova, Ra’no Jo‘raeva, Nasiba Maqsudova singari diktorlarga havas qilganliklarini aytishadi. Rostdan ham ularning kiyinish madaniyati, so‘zlash odobi, o‘zlarini tutishi, pardoz-andozi, ayniqsa, o‘zbekona lutfi ko‘pchilik tomoshabinlar e’tiborini qozongan va shubhasiz, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sirini o‘tkazgan. Hozirda mana shu singari maktab davomchilariga e’tibor yo‘qday yoki ustoz-shogird an’analari biroz yoddan ko‘tarilganday, nazarimizda. Biz bir guruh yoshlar o‘tgan asrning 90-yillari boshida televideniega ishga kelganimizda, Maqsud Yunusov, Mahkam Muhammedov, Meli Mahkamov, Tolib Hamidov, Haybat Aliev, Qo‘zijon Hakimov, Ahmadjon Ibrohimov, Mirsiddiq Ustaboboev, Ergash Karimov, Mirabbos Mirzaahmedov singari bir qator rejissyorlar o‘zlarining mahorat maktablariga ega edilar. Maqsud Yunusov “Navoiy”, “Bobur”, “Girdob”, Mahkam Muhammedov “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Mehrobdan chayon”, Meli Mahkamov “Qutluq qon”, Tolib Hamidov “Bir tulpor izidan”, “Bozor ko‘rmagan yigit”, Mirabbos Mirzaahmedov “Bahor qaytmaydi”, “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi”, Haybat Aliev “Abadiyat qonuni”, “So‘nggi o‘q” singari ko‘p qismli qator videofilmlari va postanovka asarlari bilan tilga tushgan bo‘lsa, Ahmadjon Ibrohimov, Mirsiddiq Ustaboboevlar ijtimoiy-siyosiy dasturlar rejissurasi bilan, Ergash Karimov, Egash Raimov, Egash Sultonov kabi ijodiy uchlik televizion miniatyuralar teatrining yaratuvchilari sifatida, Qo‘zijon Hakimov, Larisa Inozemtseva, Anvara Otamurodovalar “Kuyla, Sanobar!”, “Botir Zokirov”, “Marhabo, talantlar” ko‘rinishidagi musiqiy-badiiy filmlari, film-kontsertlari bilan tomoshabin e’tiborini qozongan edi. Har qanday yosh ijodkor uchun bular kabi yetuk, o‘z ishining mohir ustalari bilan birga ishlash, ijodiy hamkorlik qilish katta orzu edi. Ularning o‘zbek televideniesi rivojida o‘z o‘rinlari bilan bir qatorda, maktablari ham bor edi. Bugun jamiyatda, mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni, tub islohotlarni aholiga yetkazishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy, musiqiy va ko‘ngilochar mavzudagi tok-shoular judayam zarur. Ularda faqat muammolarni emas, balki yutuqlarimizni ham to‘g‘ri ko‘rsatib berishimiz darkor. Ayni kunlarda efirga uzatilayotgan tok-shoular orasida “O‘zingni angla!”, “Oydin hayot” dasturlari zamonaviy tibbiyot va xalq tabobatidagi yutuqlarimizni ochiq-oydin namoyish etmoqda. Unda muammo ham, yechim ham aytiladi. Dasturning yutug‘i shundaki, ilgari surilayotgan fikrlar harakatlarda ifodalanib, amaliyotda ko‘rsatiladi. Ammo, bu dasturlar oxirgi paytda shifokorlarning kim o‘zar, yoki o‘zini ko‘z-ko‘z qilish minbariga aylandi. Televidenie bu – tasvirlar orqali ifodalash, ko‘rsatib berish san’ati. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma’ruzabozlik qilishning foydasi yo‘q. “Munosabat”, “Biz uchun muhim” dasturlarida ham asosiy fikrlar harakatlarda ko‘rsatilib namoyish qilinadi. Har bir jarayon tasvirlar orqali gavdalantiriladi. Tok-shouga tashrif buyurgan tomoshabinlar bilan muloqot va munosabat bor. Ular qirq daqiqa davomida barcha jarayonda ishtirok etishadi. Mana shuning uchun ham dastur qiziq. O‘z auditoriyasiga ega. Negaki, unda ham muallifning yondashuvi, ham boshlovchi mahoratining yuksak saviyasini, shu bilan birga, tasvirchi ishi bilan rejissyor ishining, qisqasi televizion rejissuraning uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Bu dasturlarni haqiqiy ma’nodagi yuksak televizion asar sifatida e’tirof etish lozim. Ayni kunda nazarimizda, bulardan kattaroq, butun mamlakatimiz ahli ishtirok etadigan milliy loyihalar ustida ishlash lozim. Shu bilan birga, original dekoratsiyalar yaratish kerak. Biz shu kunlarda mana shunday loyihalardan biriga guvoh bo‘lib turibmiz. “Xalqaro press-klub” dasturlari orqali dastlabki qadamlar qo‘yilganini ko‘rdik. Umuman olganda, ijodiy yondashuv, harakatlar, fikrlar, taassurotlar yomon emas. “Xalqaro press-klub” jonli efirlari tomoshabinda ham umid uchqunlarini paydo qildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Oxirgi uch-to‘rt yil mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda o‘sish sur’atlari jadallashdi. Buni xorijlik mutaxassislar ham e’tirof etishyapti. Biz efir orqali faqat raqamlargagina tayanib, o‘sish ko‘rsatkichlari haqida gapirib kelyapmiz. Axir buni studiyaga soha rahbarlari va mutaxassislarini taklif qilgan holda “Xalqaro press-klub”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli dasturlari kabi loyihalar orqali ko‘rsatib berishimiz mumkin ekan-ku! Ayni kunda mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilyapti. Ayniqsa, charm-poybzal, farmatsevtika, mashinasozlik, elektr texnika sanoati, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari va xalq iste’moli tovarlari sohalaridagi yutuqlarda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiyoti, eksport salohiyati va investitsiya siyosati haqidagi ma’lumotlarni keng ommaga yetkazish vazifasi bor. Nima uchun bu kabi yutuqlarimizni tub mohiyatini tomoshabinga ko‘rsatib va yetkazib berolmayapmiz? Tushunishimizcha, bizga endi “Xalqaro press-klub” dasturlari kabi milliy loyihalar kerak. Bugunga kelib, mana shu kabi jihatlarga e’tibor susaygandek edi. O‘zbek televideniesining ijodiy ravnaqi haqida do‘ppini olib, o‘ylab ko‘rish lozim. Informatsion dasturlarimizning shaklida ham yillar davomida o‘zgarish ko‘rinmas edi. “Tahlilnoma” dasturining oxirgi sonlarini ko‘rib, oddiy tomoshabinning fikri o‘zgargani rost. Axir tomoshabinga tezkor axborot ulashayotgan dasturlarimiz yildan-yilga ham shaklan, ham mazmunan yangilanib borishi kerak. Biz hamon dunyoda bo‘layotgan voqealarni joyidan, ya’ni chet mamlakatlardan o‘z muxbirlarimiz yetkazishini orzu qilamiz. Bugun buning fursati keldi. Negaki, bunga salohiyatimiz bor. Ilgarilari xorij tillarini biladigan jurnalistlarning kam ekanligi ro‘kach qilinardi. Bugun unga hojat yo‘q. Xorij tillarini biladigan yosh kadrlar yetarli. Ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish kerak, xolos. Yaqin kunlarda zora “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali bizning ana o‘sha orzularimizni ham ro‘yobga chiqarsa. Xulosa shuki, bugungi taraqqiyot davrida o‘zbek televideniesi ham o‘z o‘rnini topib, yetuk televizion badiiy asarlar bilan dunyoni lol qoldira olishi lozim. Chunki mamlakatimizda bunga salohiyat va imkoniyatlar yetarli. Download 154.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling