3.2-§. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta’minotni qo‘llash bazasida bajariladi. Modomiki, axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini kompyuter texnikasi tashkil etar ekan, axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda komyuter axborot texnologiyasi tushuniladi. Garchi, «axborot texnologiyasi» tushunchasi barcha xildagi axborot (jumladan, qog‘oz asosidagi) shakllanishiga tegishli bo‘lsa ham.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (kompyuter axborot texnologiyasi) – personal kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchining do‘stona «interfeysi» axborot texnologiyasidir (1.4-jadval). Ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo‘ljallangan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyasining asosiy elementlari quyidagicha:
1.4 - j a d v a l.
Do'stlaringiz bilan baham: |