K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»


– r a s m. Interaktiv xizmatlar tovarlarining tasnifi


Download 1.79 Mb.
bet30/77
Sana20.11.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1788915
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

1.14 – r a s m. Interaktiv xizmatlar tovarlarining tasnifi


xususiy sektor faoliyati uchun qo‘shimcha maxsus iste’mol zarur va ularni amalga oshirish uchun ma’lum bir vaqt hamda tegishli moliyaviy harajatlar talab qilinadi. Katta harajat va ko‘p mehnattalab ekanligi uchun xususiy biznes sub’ektlari bu sohaga katta miqdordagi moliyaviy resurslarni jalb qilishdan bosh tortishmoqda;

  1. axborot faoliyatida molidviy-iqtisodiy tahlilning roli ortib borayapti, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy interaktiv xizmatlarni joriy qilish ancha qimmatga tushadi;

  2. axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlari hayotiy davr sikliga qarab differensiallashgan bo‘lishi kerak, bu esa talab darajasiga ta’sir etishga hamda raqobatga chidash kiyin bo‘lgan bozor sektorida o‘z faoliyatini oldindan to‘xtatish imkonini beradi;

  3. xorijiy firmalar bilan aloqalar o‘rnatish va interaktiv xizmat-lar bilan kerakli ma’lumotlarni ayirboshlashni yo‘lga qo‘yish istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish va tezlashtirish maqsadida hamda sarmoyadorlarni bepul axborotlar bilan ta’miyalash uchun ichki va tashqi ma’lumotlar bazasini yaratish talab qilinadi.

Axborot mahsulotlarini yaratayotgan firmalar ko‘p hollarda yiriklashmaydi, chunki kichik firmalar uchun bu soha anchagina barqaror sanaladi. Haqiqatan ham kichik firma shaklidagi biznes axborot-kommunikatsiyalar bozori muammolarini hal qilishda ixcham yarati-layotgan maxrulotlarni ma’lum bir ijtimoiy iste’molga moslash-tirishi osonroq kechadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodida tadbirkorlikning ushbu shakli ancha katta rol o‘ynaydi.
Axborot industriyasi tarkibiga axborot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi faoliyatni kiritish va uning natijasi sifatida axborot mahsu-lotlarini mehnat predmeti yoki vositasi sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas. Shuningdek, axborot bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday texnik vositalar, aloqa xizmatlari hamda o‘zi mustaqil mavjud bo‘la olmaydigan barcha ob’ektlarni axborot industriyasi tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Aks holda bilimlarni ob’ektiv taqdim etuvchi barcha turdagi inson faoliyatini axborot faoliyati deb bilish yoki axborot industriyasi tarkibiga kiradi, deb hisoblashga to‘g‘ri keladi.
Axborot faoliyatidagi tadbirkorlik turli xildagi axborot mahsu-lotlarini tarqatish va uyg‘unlashtirish uchun bor kuchini to‘plagan holda iqtisodiy samaradorlikka erishadi va quyidagi sharoitlarni yuzaga keltiradi:

  • ishlab chiqarish hajmini barqarorlashtirish va kelgusida yuksaltirish;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning rentabelligini ta’minlash;

  • ichki va tashqi bozorlarda mahsulot sotish hajmini ko‘paytirish;

  • iqtisodiy jihatdan samarali va chiqindisiz sanalgan istiqbolli texnologiyalarni tadbiq etish;

  • tovarlar raqobatbardoshligi va sifatini oshirish hamda eng maqbul narxlashtirish jarayonlari vaqtida imkon qadar ko‘proq axborotlar yetkazib berish.

Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini tarqatish va yangi integra-tsiyalar shaklini tadbiq etish hamda raqobat muhitiga tez va o‘z vaqtida e’ti-bor berish interaktiv xizmatlarni boshqarish tarkibiga tashkiliy o‘zgarishlar kiri-tishni talab etadi. Bu nafaqat iqtisodiy va tashkiliy jihatdan ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, axborotlashayotgan jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi tufayli yangi turdagi munosabatlar – axborotlarning interaktiv vositalarini qo‘llash hisobiga ko‘proq individuallikni yuzaga keltirmoqda.
Shu bilan birgalikda interaktiv xizmatlar rivojlanishining asosiy tendensiyalaridan biri – raqobatning kuchayishi va «narxlar jan-gi» hamda biznes amaliyotining o‘zgarishi, axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarining ko‘p marotaba qo‘llanilishidir.
Narxlar raqobati avvalambor, hisoblash texnikasi uchun tegishli hol edi, lekin keyinchalik ushbu omil dasturiy mahsulotlar bozoriga ham o‘tdi. Dasturiy mahsulotlar bozoridagi raqobatchilik juda keskin bor-moqda, chunki narxlarning pasayishi ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning sotuv hajmini oshirib yuboradi va interaktiv xizmatlar faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday narxlar jangida dasturiy mahsulotni ishlab chiqaruvchilar hisoblash texnikasini ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kamroq zarar ko‘radi. Biznes amaliyotidagi oxirgi o‘zgarishlar birinchi galda iste’molchiga dasturiy mahsulotlarni yetkazib berish strategiyasi, narxlashtirish siyosati va sotuv tizimiga tegishlidir. Shuni aytish joizki, g‘arb firmalari eng yangi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini darhol sotmaydi. Ularni dastlab tadbiq etish bosqichida boshqalarni umuman yaqinlashtirishmaydi va faqat ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygandagina sherikchilik aloqalarini o‘rnatadilar.
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiyalar bozorining yangi sektor-larini shakllantirish o‘n yil oldin yangi tijorat strukturalari tomo-nidan boshlangan. Ular faoliyatining tahlili interaktiv xizmatlari iqtisodiga jiddiy ta’sir kilayotgan quyidagi asosiy omillarni aniqlashga imkon berdi:

  • mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilar muhitidagi dinamik o‘zgarish-lar. Yangi xo‘jalik sharoitida foydalanuvchilar kompyuterlash-tirish uchun ajra-tilgan mablag‘lardan tejamlirok foydalanishga harakat qilishib, ko‘p xollarda qimmat va rentabelligi past bo‘lgan mahsulot va xizmatlardan voz kechdi;

  • shaxsiy kompyuterlarning ommaviy qo‘llanilishi EHMlar parki tarkibini tubdan o‘zgartirib yubordi hamda axborot mahsulotlari va xizmatlari, dasturiy ta’minot nomenklaturasini shakllantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan katta hajmdagi amaliy dasturiy paketlar hisoblash markazlari foydalanuvchilariga o‘z ish o‘rnilarida turib muammolarni hal etishga katta imkon yaratib berdi. Shu bilan birgalikda dasturiy mahsulotlarga, ayniqsa matnli va grafikli axborotlarni kompleks ravishda qayta ishlashga mo‘ljallangan paketlarga bo‘lgan talab bir necha barobar o‘sib ketdi;

  • mulkchilik shaklining o‘zgarishi. Kooperativchilik harakati bozorimizni zamonaviy hisoblash texnikasi, birinchi galda shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy mahsulotlari bilan to‘ldi-rishda katta rol o‘ynadi. Hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minot bozorining shakllanishi va takomillashuvini xuddi shu omil bilan izohlasa bo‘ladi;

  • axborot mahsulotlari va xizmatlari hamda dasturiy mahsulot-lar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatning vujudga kelishi.

Axborot-kommunikatsiyalar biznesi boshqarish sub’ektlarining yangi tashkiliy shakllarining tasnifini ishlab chiqish va asoslash murakkab masala. Kelajakni ko‘zlagan boshqarish sub’ektlari avvalambor, o‘z faoliyatini yakuniy talabdan kelib chiqqan holda tashkil qiladi hamda ilmiy-texnika yutuqlariga tez e’tibor beradi. Axborot mahsulotlariga bo‘lgan talablar o‘zgarishiga moslashadi.
Axborotlashtirish ta’sirida interaktiv xizmatlarining ahamiyati ortib borayapti. Bu esa tarkibiy o‘zgarishlar, axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan talab hamda taklif darajasining o‘zgarishiga, ularning assortimenti va sifatining ortishiga olib kelmoqda.
Axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish istiqbolli biznes turi bo‘lib borayapti. Shuning uchun ham milliy va halqaro miqyosda axborot mahsulotlari tizimlari tobora faollashib qoldi. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlari nomenklaturasining kengayib borishi iste’mol qiluvchilar sonining ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgani aniq.
Jahon miqyosida axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish hajmi-ning shiddat bilan ortib borishi axborot faoliyatiga hisoblash texnikasini jalb etish va uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlarini beruvchi milliy va halqaro tarmoqlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Muloqot rejimida uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirish va u yerdan axborotlarni qidirish usuli Jahon bozoridagi asosiy xizmat turlaridan biri bo‘lib qolishiga shubha yo‘q.
Bir-biri bilan kuchli raqobatda bo‘lgan interaktiv xizmatlar iste’molchilarga xilma-xil xizmat ko‘rsatish maqsadida doimo o‘z dasturiy mahsulotlarini takomillashtirmoqda. Jahon bozorida ko‘proq, iste’molchi-larni jalb etish borasida katta jang borayapti. Interaktiv xizmatlarning AMBga uch mingdan ortiq. terminal ulangan takdirdagina u rentabellik darajasiga erishadi. Bunday tizimlar asosiy EHM unumdorligini keskin oshirib yuboradi, bu esa quyidagi uchta omil bilan izohlanadi:

  • hisoblash texnikalari, ma’lumotlar bazasi, mehnat resurslari va dasturiy ta’minotlardan to‘liq foydalanish;

  • hisoblash markazlarining yanada chuqur ixtisoslashib borishi borasida keng imkoniyatga egaligi bois foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi;

  • katta miqdordagi terminal vositalarini ulash hisobiga yakka tartibda va jamoa bo‘lib foydalanuvchilar tarkibining jadal kengayishi.

Mazkur shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, hozirda axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarining tarkibi tubdan o‘zgarmoqda va bozordagi asosiy ishtirokchilar faoliyatining ko‘lami kengayib borayapti. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi sohasiga, davlat va xususiy sarmoya-larni jalb qilish ko‘lami kengayib borayotganligi o‘zbek axborot bozori-ning shakllanish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kompyuterlarni yig‘ish, keltirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi bu turdagi biznes O‘zbekistan Respublikasida eng intellektual sohalardan birini tashkil qiladi.
Rentabellik va to‘lov qobiliyati past bo‘lgan iste’molchilarning che-garalaganligi bois mavjud intellektual imkoniyatlarimizdan axborot-kom-munikatsiyalar bozorini shakllantirishda to‘liq foydalana olmayapmiz. Ushbu sohaga sarmoyalarning chegaralangan miqdor-da jalb kilinishi, o‘zbek axborot bozorida «yarim intellektual» mahsulotlarning keng tarqalishiga olib keldi. Unchalik yaxshi bo‘lmagan bunday ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ham G‘arb-ning zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasini va o‘z intellektual kuchlarimizni amaliyotga tadbiq qilishi uchun imkoniyat yuzaga kelayapti.
Hozirgi kunda chet elliklarning O‘zbekiston axborot imkoniyat-laridan foydalanishi uchun texnologiya, til, xodimlar, huquqiy muammo hamda standartlashtirish va sifat darajasini ta’minlash kabi bir qator omillar to‘sqinlik qilib turibdi, ya’ni:

  • texnologik muammolar. Ma’lumotlar bazalarining talaygina qismi eskirib qolgan magnit tasmali texnologiyalar asosida to‘plangan. CD-ROM optik disklardagi ma’lumotlar bazasi deyarli mavjud emas. Axborot resurslarining katta hajmi an’anaviy shakldagi axborot tashuvchilarda saqlanmoqda;

  • til borasidagi to‘siq. EHMdagi deyarli barcha ma’lumotlar bazalari rus tilida bo‘lib, bu esa jahon miqyosida iste’molchilar uchun qo‘shimcha muammoni keltirib chiqarmoqda. Foydalanuvchilar sonini orttirish uchun ularni ingliz, fransuz, nemis, arab, ispan kabi bir qator tillarga o‘girish kerak;

  • xodimlar muammosi. O‘zbekiston Respublikasining axborot-kommu-nikatsiyalar texnologiyalari industriyasida faoliyat ko‘rsatayotgan deyarli barcha mutaxassislar yuqori saviyaga ega. Lekin axborot-kommunikatsiyalar biznesi sohasiga oid marketing faoliyatini biladigan va uni ilmiy asosda tashkil qiladigan xodimlar yetishmaydi;

  • huquqiy muammolar. Hozirgi kunda ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlarga nisbatan mavjud huquqdarni amalga oshirish mexanizmi deyarli yo‘q;

  • standarlashtirish va sifat darajasi muammosi. Halqaro standart shakllari ko‘p hollarda e’tiborga olinmayapti hamda halqaro klassifiqatorlar va rubriqatorlar keng qo‘llanilmayapti.

Foydalanuvchilar sonining ortib borishini birinchi galda turmushimizga Internet tarmog‘ining keng ko‘lamda kirib kelishi bilan izohlash mumkin. Hozir axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorining bu sektori anchagina oyoqqa turib oldi. Shunga qaramasdan sifatli axborot resurslariga kirish masalasi muammoligicha qolmoqda. Har qanday mamlakatda interaktiv xizmatlarning strategik rivojla-nish yo‘li mavjud bo‘lib, u axborot-hisoblash tizimlari va tarmoq-larini yaratishta asoslanadi.
Shunday qilib, interaktiv xizmatlar faoliyatini ilmiy asoslan-gan holda tashkil qilish mazkur soha tovarlarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, sotish va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishni samarali yo‘lga kuyishni ta’minlaydi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling