K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»
– r a s m. Axborot – kommunikatsiyalar biznesining
Download 1.79 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
1.27 – r a s m. Axborot – kommunikatsiyalar biznesining
foydalanuvchilar tomonidan yo’lga qo’yilishi Texnologik jarayonlar elementlari faoliyat ko‘rsatishi bilan birgalikda ushbu o‘zaro aloqalar axborotlashgan jamiyatda ish o‘rnining tarkibiy modelini tashkil qiladi. Keltirilgan belgilardan kelib chiqqan holda i - ish joyi texnologik jarayoni tizimi faoliyat ko‘rsatish belgilarining majmui buiicha tarkibiy tizimlashtirishni amalga oshiramiz: RMi = {P, S, I, –, ~,+} (12) Ushbu to‘plamga asoslangan holda ish joyi texnologik jarayon-larining tarkibiy tizimlashtirilishi 1.14-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan kurinib turibdiki, moslashish, a’zo bo‘lishlik, birga bo‘lish va yaralish tamoyillaridan foydalanib hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni uyg‘unlashtirgan holda axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlaridan ish joylarida keng foydalanish jara-yonining texnologik tarkibini tasniflovchi 24 ta tarkibiy formula yuzaga keldi. Yuqorida keltirilgan tamoyillardan foydalangan holda tarkibiy elementlar orasidagi aloqalarni kombinatsiyalash natijasida ish joyidagi jarayonlarning tarkibiy formulalarini yettita guruhga ajratish imkoni mavjud. Har bir keyingi formula guruhi axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlari asosida yanada mukammalrok, bo‘lgan ish joylarini tarkibiy jihatdan tavsiflab beradi. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlari asosida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish quyidagi tendensiyalar bilan ifodalanadi: ilmiy-texnikaviy resurslarni davlat miqyosiga olib chiquvchi CD-ROM texnologiyalarning tezkor rivojlanishi; axborot resurslarining lokal va global telekommunikatsiya texnologiyalari hisobiga yanada shakllanishi; korxona, hudud va hududlararo miqyosda axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirishning kompleksliligi; axborot resurslarini qayta ishlash va saqlashning yangi vositalari paydo bo‘lishi, mavjudlarining tasniflarini yanada mukammallash-tirish; axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan jarayonlarida ishtirok etayotgan foydalanuvchilar safining kengayishi. 1.14-jadvaldagi tarkibiy formulalarning tahlili ularning to‘rt turdagi ish jarayonlarini ifodalayotganini ko‘rsatadi. Ish jarayonining birinchi turi (1...3 tarkibiy formulalar) bitta funksional elementli texnologik jarayonlar tizimini ifodalaydi. Ular erkin jarayonda bo‘lgan ish joylarini, ya’ni axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlarini ishlab chiqish, avtomatlashtirish vositalarining ishi va foydalanuvchining faoliyatini aks ettiradi. Ushbu guruh funksional to‘liqroq bo‘lgan ish joyining har uchtadan bitta tarkibiy elementini ifodalaydi. Birinchi turdagi ish joylari bir funksiyali ko‘rinishda bo‘lib, ularning asosida mos keladigan aloqalarni o‘rnatish orqali boshqa turdagi ish joylari yaratiladi.
Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling