O‘qituvchi va o‘quvchiniig o‘rtasida o‘zaro interaktiv va teskari aloqaning yo‘lga qo‘yilishi
Ishlab chiqarilayotgan elektron darsliklarni ikki usulda, ya’ni lokal va tarmoqda foydalanish mumkin. Lokal usuli individual xolla ta’lim berish-da, tarmoq usuli esa o‘quvchining o‘qituvchi bilan aloqasini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Talabaning o‘qituvchi bilan o‘zaro aloqasi dialog (on-line) yoki elektron pochta (offline) ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. Asosiy o‘quv materiali talabaning kompyuterida joylashgan bo‘lib, server-da ayrim ma’lumotlar saqlanadi, bu esa tarmoqda katta hajmdagi axborot-larni uzatishga chek kuyadi. Bundan tashqari, serverda har bir talaba uchun uning ismi, sharifi, familiyasi, paroli, test natijalari kabilar saqlanadi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Elektron darslik; masofaviy o‘qitish; elektron o‘quv qo‘llanma; texnologiya; elektron darslik turlari; mezonlar.
Takrorlash uchun savollar.
Elektron darsliklarni o‘quv jarayonida qo‘llash afzalliklarini aytib bering.
Qanday turdagi elektron darsliklarini bilasiz?
Elektron darsliklarni qanday mezonlar asosida qiyosiy tahlil qilish mumkin?
O‘quv materiallarini tavdim etishning qanday shakllari mav-jud?
5.8-§. MULTIMEDIA MUHITIDA O‘QITISH KURSLARINI ISHLAB CHIQISH
Talabalarni axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish yangi ta’lim standartiga aylanmoqda. Kompyuterni o‘qitish tizimlari videokassetalarda axborotlar ket-ma-ket joylashgan kurslarga nisbatan keng imkoniyatlarga ega. Ya’ni talaba o‘zini qiziqtirgan va hoxlagan mavzusiga o‘tib bilim olishi mumkin. Bundan tashqari, bunday tizimlar samarali baholash va bilim olish jarayonini nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan.
Zamonaviy kompyuterda o‘qitish tizimlari multimedia-texnologiyalari asosida loyihalashtiriladi va ishlab chiqiladi. Bunday texnologiyalar bilimlarning bir nechta yo‘nalishlarining tutashgan joyida paydo bo‘lgan. Multimedia – texnologiyalar o‘tgan asrning 80-yillar o‘rtalarida keng qo‘llanila boshlanilib, hozirgi kunda asoyezn quyidagi sohalarni qamrab olgan:
dam olish uchun (kompyuter o‘yinlari, virtual borlik);
reklama (prezentatsiya, rektama filmlari);
telekommunikatsiyalar;
Multimedia-texnologiyalarga asoslangan o‘qitish kurslarini ishlab chiqish uzoq muddatli va qimmatli jarayon. Shuning uchun ham bunday kurslarni ishlab chiqishning barcha bosqichlarini yaxshi tasavvur etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |