Eektron darsliklarni o‘rganish. Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish


Download 28.42 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi28.42 Kb.
#1612786
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdurahimov Habibulloh mustqaqil ish


Mavz: Elektron darsliklarni oʻrganish va biologiya darslarida pedagogik texnalogiyalardan uzviy foydalanish boʻyicha dars ishlanmalarini loyihalash
Reja:

  1. Eektron darsliklarni o‘rganish.

  2. Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish

  3. Biologiyani o‘qitishda AKTdan foydalanish.



  1. Eektron darsliklarni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia dasturlarini rivojlantirish markazining multimedia studiyasida zoologiya fanidan «Kapalaklarning turlari» mavzusida videodars yozib olinmoqda. O‘n besh daqiqa davom etadigan ushbu darsni Toshkent viloyatidagi 18-umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Ma’ruf Haqnazarov o‘tayotir.
Bu va boshqa fanlar, mavzularga oid videodarslarni vazirlik www.eduportal.uz axborot-ta’lim portalining «Elektron kutubxona» bo‘limidan olib foydalanish mumkin. Shu bilan birga ular markazning 16 laboratoriya maktabiga tajriba-sinov uchun yuboriladi. Sinovdan o‘tgach, elektron manbalar barcha umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
Umumta’lim maktablari uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari o‘g‘il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko‘makchi vazifasini ham o‘tayotir.
Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta’lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu asosda olib borilgan ishlar samarasida 493 nomda elektron axborot-ta’lim resurslari yaratilgan.
Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o‘yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo‘llanmalardan ayni vaqtda ko‘plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar salmog‘ini yanada oshirdi.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o‘quv-trening vazifasini o‘tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o‘qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida portalda «Xorijiy tillarni o‘rganamiz» nomli bo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, undagi turli qiziqarli o‘yinlar, manbalar bolajonlarning chet tillarni tez va oson o‘zlashtirishi uchun qulaylik yaratmoqda.
– Darsliklarni dasturlash jarayonida bolalarning ruhiyati, qiziqishlari, yoshiga alohida e’tibor qaratamiz, – deydi markaz dasturchi-dizayneri Nilufar A’zamova. – Ayni vaqtgacha 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan bolajonlar uchun yaratilgan ingliz tili darsining elektron shaklini yaratishda soha mutaxassislari bilan hamkorligimiz yaxshi natija berdi. Bu dasturlar kichkintoylarning sevimli hamrohiga aylanib ulgurgan. Bundan tashqari, yurtimizdagi boshqa tillarda ta’lim-tarbiya beriladigan maktablar uchun ham darsliklar tayyorlash ishlari olib borilayotir.
1-3 sinflar uchun ingliz, fransuz, nemis tillaridan elektron darsliklar, 5-9 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan audiodarsliklar tayyorlanib, umumta’lim maktablariga yetkazilgan. Ushbu manbalarni vazirlikning axborot-ta’lim portalidan ham topish mumkin. Bundan tashqari, portaldan uch yuzdan ziyod ta’lim resursi, multfilmlar, interaktiv o‘yinlar joy olgan.
– Darsliklarning saytga muntazam tarzda joylashtirib borilayotgani, ular har yili yangi adabiyotlar bilan to‘ldirilayotgani bois sayt pedagoglar va yosh avlod uchun keng axborot makoniga aylanmoqda, – deydi markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Sarvar Mo‘minov. – Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o‘z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda.
Yurtimizdagi barcha umumta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi fan o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari, takliflari va dars ishlanmalari yig‘ib olinib, darsliklar shu asosda yanada takomillashtirilayotir.
Bunda vazirlik tizimida muntazam o‘tkazib kelinayotgan «Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt»,«Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resursi» va «Eng yaxshi dars ishlanmasi» ko‘rik-tanlovlarining ahamiyati katta bo‘layotir. Ushbu yildan mazkur tanlovlarning elektron murojaatlar tizimi joriy etildi. Bunda tanlovning ochiq-oshkoraligi va baholashning ochiqligini ta’minlash imkoniyati kengayadi.
– «Eng yaxshi dars ishlanmasi» tanlovida ishtirok etmoqdaman, – deydi Yunusobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Umida Alimuhammedova. – Bu loyihalar farzandlarimizning fanga oid bilimlarini mustahkamlashi bilan birga, ma’naviyatini yuksaltirish, ijodiy-intellektual salohiyatini muttasil rivojlantirib borishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o‘z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.




  1. Download 28.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling