K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


Download 1.09 Mb.
bet80/85
Sana08.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1758067
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan maiumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi.

Odatlar - bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning fimksional ehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual xislat.

Ong va faoliyat birligi - psixologiyaning ong bilan faoliyatning birligi, uning o‘zaro bogiiqligini e'tirof etuvchi g‘oya.

Ontogenez - organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo boigan davridan to oxirigacha boigan davrdagi o‘zgarishlar majmui

Operant o‘rganish - bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rgainiladi.Individ duch keladigan vaziyatlfir unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalami vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.

Operasiyalar - avtomatlashgan, odatda anglanmaydigan harakatlardir.

Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaii hamda, pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fani sohalaridan biridir.

Psiixik taraqqiyot qonuniyatlari - bir yosh davridan boshqa davrga o‘tishda inson psixikasi va xulq-atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar va ulaming sabblarini tavsiflab bemvchi qonundir.



Psixik rivojlanishning revolyusion o‘zgarishlari - bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida yuzaga keluvchi jadal hamda chuqur qayta qurishdir.

Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari - in son xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan taTim-

-189-


tarbiya ta'siri ostida yuzaga keluvchi, ya'ni vaziyat bilan bog'liq bo‘lgan o‘zgaristilar.

Psixik rivojlanishning evolyusion o‘zgarishlari - bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvoii va psixikasida sekinlik bilan amalga oshadigan, barqarcr o‘zgarishlar.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling