K arim a q osim ova
O L M O S H N I 0 ‘R G A T ISH M E T O D IK A S I
Download 48 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
O L M O S H N I 0 ‘R G A T ISH M E T O D IK A S I
Boshlang'ich ta’limda faqat kishilik olmoshlari o'rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi va imlosi o'rgatiladi. Kishilik olmoshlari bilan o'quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko'rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishti- riladi. Boshlang'ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo'llanishiga alohida to'xtab o'tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari ’.ech qachon ot bilan almashinib qo'llanmaydi: „Men o ‘qiyapnwn, sen o ‘qiyapsan“ deyish mumkin, lekin „Salima chiqyapman, Salima o'qiyapsan, qiz tikyapman“ tarzida qo'llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo'llanadi: „Qiz tikyapti — и tik- yapti“. 0 ‘qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot badiiy asardan keltirilgan og‘zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi. Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi: — men, sen, u, biz, siz, «/ar kishilik olmoshlari, ular kim? so'rog'iga javob bo'ladi; — kishilik olmoshlari so'z turkumi; — kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi; — ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shim chalari men, sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi л tushib qoladi; и olmoshiga -ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi; — olmoshlami nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli ho latda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari hosil qilinadi. Olmosh so'z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tu- shuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi. O'quvchilar olmoshlaming kelishik bilan qo'llanishini o'rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi. Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin: — Men „Jimjiloq" hikoyasini o'qim. — Sen qaysi hikoyani o'qiding. — U „Nihollaming nolasi“ hikoyasini o'qidi. Suhbat o'tkaziladi: — Birinchi gapdagi otni toping. — „Jimjiloq" nimaning nomi? — Hikoya oti-chi? — Shu gapda kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni toping. Keyingi gapiar ham shu tarzda tahlil qilinadi. Kim? so'rog'iga javob bo'lgan men, sen, и so'zlarini bir ustun qilib yozib qo'yiladi. Biz, siz, ular so‘zlariustida ham shunday tahlil o'tkaziladi. Suhbat davom ettiriladi: — Birinchi gapni kim gapiryapti? (so'zlovchi I shaxs) — Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs) — Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o'zga III shaxs)... Demak, men, sen, и shaxsni bildiradi va bu so'zlar kim? so'rog'iga javob bo'ladi. Biz, siz, ular so'zlari ustida ishlanadi. O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi: — Men, sen, u - so'z turkumi. Bu so'z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u — kishilik olmoshlari. Men I shaxsni, Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling