K arim a q osim ova


talab qiladi. H olbuki, ko‘p hollarda sh e’rga od diy matn nuqtai naza­


Download 7.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/283
Sana14.08.2023
Hajmi7.78 Mb.
#1667148
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   283
Bog'liq
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

talab qiladi. H olbuki, ko‘p hollarda sh e’rga od diy matn nuqtai naza­
ridan yondashiladi. Bunday holda sh e’riy san’at hissiyot bilan bog'liq 
ekanligi unutiladi, sh e’r m a’nosining satrlar, so'zlar zam inida yashirin 
berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o'quvchilar sh e ’rdagi 
obrazlilikning m ag'zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar 
zam inidagi yashirin m a’noni uqish mehnattalab ishdir. Busiz hatto 
adabiy ta’lim ning maqsadi ham amalga oshm aydi.
S h e’riy ohangni his qilmaslik, matndagi so'zlam in g m a ’n osini to'la 
tushunib yetm aslik sh e’r yodlashni zerikarli m ashg'ulotga aylantiradi. 
M a’nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechm aydi. Buni deyarli 
barcha sinflarda o'rganiladigan „O 'zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi" m isolida ko'rish mumkin. M a’lum ki, madhiya kichik 
yoshdagi bolalarga mo'ljallab maxsus yaratilmaydi. Binobarin, uning 
matnidagi ,,hur o ‘lka“ , „to abad", ,,ilm -u fan", „shuhrating", „ajdod- 
lar", „m ardona ruhi senga yor", „o'chm as iym oni", „istiqlol m ash’ali", 
„tinchlik posboni", „haqsevar ona yurt", „mangu bo'l o b o d “ , J o 's h  
urgan" kabi ko'pdan-ko'p so'zlar, iboralar o'quvchilarga izohlab tu- 
shuntirilm asa, ta’limdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lm aydi.
4-sinfda Q. Hikmatning „Qish to'zg'itar m om iq par" sh e’rini 
o'rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. S h e’rni 
o'qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o'tkaziladi 
yoki sh e’r m azm unini tushunish uchun o'quvchilar bilishi lozim bo'lgan 
voqealam i o'qituvchi qisqa qilib aytib beradi.
M a ’lum ki, qish fasli go'zal ko'rinishi bilan odam da yoqim li 
tuyg'ular uyg'otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, 

Download 7.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling