O 'qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g'azab
hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo'l qo'ym aslik zarur.
Bolalar sh e ’rni o'qiganda, sh e’riy satrga rioya qilishlari, bu jarayonda
ularning sh e’r ritm ini buzmasliklariga erishish kerak.
O 'quvchilar sh e ’r matnini mustaqil o'qiyotganlarida xattaxtaga
m a’nosi izohlanadigan so'zlar yozib qo'yiladi. M asalan, „Qish
to'zg'itar m om iq par" sh e’ri o'rganilganda „to'zg'itar", „m om iq par",
„oq namat", „nazdim da", „zarra" so'zlari izohlanadi. Shundan so'ng,
sh e’r o'quvchilarga navbat bilan o'qittiriladi, uning m azm uni yuzasidan
savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Bunda quyidagicha savollar berilishi
mumkin: „ S h e’rda qaysi fasl tasvirlangan ekan?", „Shoir qor yoqqan
joylarni nimaga o'xshatadi?", „S h e’rda qor yog'ishi nim aga qiyoslan-
gan?“ , „Shoir qorga qanday murojaat qiladi?". O 'qituvchi berilgan
javoblam i to'ldirib, o'quvchilam ing qish fasliga doir tushunchalarini
boyitadi.
„Qish" (Tursunboy Adashboyev) sh e’rining hajmi unchalik katta
em as. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlarni
bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu sh e’rni o'qishdan oldin
ham o'quvchilar bilan savol-javoblar o'tkaziladi. O 'quvchilar diqqati
hayvonlam ing qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda y o w o y i
quyonlarning rangi o'zgarib, qorda o'zin i dushm andan him oya qiladi
gan oq rangga kirishi, ayiqning o'siq yunglari sovuqda yashashga qo'l
kelishi to'g'risida tushuncha beriladi. S h e’r matni bilan tanishishdan
oldin xattaxtaga „ayoz", „quyruq", „so'qm oq", „piyma", „po'stin"
„pahm oq" so'zlari yozilib, m a’nosi izohlanadi. S h e’rni navbat bilan
o'quvchilarga to'rt-besh marta o'qitilganidan keyin uning mazm uni
Do'stlaringiz bilan baham: |