uyg'otadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar saviyasiga m os bolalarbop
ravshan til bilan yozilgan sodda ritmli jarangdor sh e’rlarni bolalar tez
va oson yodlab oladilar.
Kichik yoshdagi o'quvchilarga sh e’rni qanday yodlash kerakligi
o'rgatiladi. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan sh e ’rni teng
satrli bir necha qismga bo'ladi. O'quvchilarga har bir satr oxirida
pauza (to'xtam ) qilish, buning uchun satr oxirida tinish belgisi bo'lishi
shart em asligi, ritmik to'xtam da ovozni nuqtadagi kabi pasaytirmaslik
lozim ligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga im kon berishi
tushuntiriladi va bo'Iingan qism lar navbati bilan yodlatiladi.
Epik (voqeiy) sh e’rlar yoki sh e’riy usuldagi adabiy ertaklar kishilar
hayotida yuz bergan yoki yuz berishi m um kin bo'lgan biror voqeani
umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga o'xshaydi. V o-
qealarni ifoda etuvchi vositalam ing ohang jihatdan tartibga solinishi,
kichik bo'laklarning izchil va bir m e’yorda takrorlanishi, misralarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ohangdosh so'zla m in g qo'llanishi bilan sh e ’riy nutq sanaladi. Shu
sababli bunday asarlarni o'rganishda sh e ’r va hikoya ustida ishlash
m etodikasidan foydalaniladi.
Epik sh e’rlarni o'qishga o'quvchilar alohida tayyorlanadi, ularda
ifoda etilgan voqealar yuz bergan davr haqida tasaw u r hosil qilinadi.
Bunday sh e’rlarning m azm uni qay darajada o'zlashtirilganligiga ham
alohida e ’tibor qaratilishi lozim . Bunda ta ’lim iy vositalardan bo'lgan
rasmlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Asar matni ustida ish
lashda uni qismlarga bo'lish, har bir qism dagi asosiy fikrni aniqlash,
Do'stlaringiz bilan baham: |