1-dars namunasi:
M avzu. Q or — hayot suvi.
O'quv m ateriali. Qish t o ‘zg‘itar m om iq par (Qudrat H ikm at).
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarni sh e’rni ifodali o ‘qishga, sh e’r matni ustida ishlashga
o'rgatish; shoirning qish fasli xususiyatlarini sh e’r orqali tasvirlashdagi
m ahoratini ochib berish; o'quvchilam ing qishning xususiyatlari, qor-
ning hayot u chun foydasi haqidagi tushunchalarini boyitish.
2. O 'quvchilam ing lug'atiga bulut to ‘shagi, m om iq par, oq n am at
(qor), izg'irin, hovuz, mo'rkom, surunkasi, f a y z bermoq, oq choyshab
kabi so'z va ibora, tasviriy ifodalam i kiritish.
3. O 'quvchilam ing mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
oshirish.
4. Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o'rgatish.
D ars turi: yangi bilim beruvchi, lirik sh e ’r o'rganiladigan dars.
Darsda qo'llaniladigan metodlar: izohli o'qish, mustaqil ish m e
todi, tarmoqlash m etodi.
Darsning jihozi: qish fasli tasvirlangan rasmlar, Q. H ikm at portreti,
shoir haqidagi m a’lum otlar yozilgan ko'rgazma.
D arsn in g borishi
1. 0 ‘quvchilarda yangi mavzuni o'rganishga qiziqish uyg‘otish , to -
pishmoq aytish yo ‘li bilan bugungi darsning mavzusini aniqlashtirish:
O ppoqqina dasturxon
Yer yuzini qoplagan. (Qor)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq. (Y oz, qish)
Savol: Bugungi o'qish darsimiz qaysi mavzu haqida ekan?
2 . Q ish fasli haqida kirish suhbati. Xattaxtaga qish fasli tasvirlangan
rasmlar ilinadi va savollar beriladi:
— Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
— Qish fasli haqida nimalarni bilasiz? Rasmlardan foydalanib
so'zlang.
— Qish bekorchilik faslimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |