el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan
foydalaniladi. Bir darsga o'quvchilar bir nechta asarlar o'qib kelib,
ular haqida o 'z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm
chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar
uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita
oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'qilgan kitobni m uhokam a
qilish, ijodiy qayta hikoyalash, insenirovka qilish, rasmlar ch izish ,
ifodali o'q ish , kitoblar tavsiya q ilish usullaridan keng foydalaniladi.
S in fd an tash q ari o ‘qish d arsi nam unalari
I. 1-sinfda (tayyorlov bosqichi) S T O ‘ darsi.
Mavzu: C h o'pon yigit Shiroq.
Darsning maqsadi:
a) afsonaviy qahramonlar haqida m a’lum ot berish;
b) o 'q u v ch ila rd a vatan tu sh u n c h a s in i, vatanparvarlik tu y g 'u -
sini tarbiyalash.
Darsning metodi: suhbat.
D arsning jihozi: asar m azm unini yorituvchi rasmlar.
D arsn in g b orish i
1. Kirish suhbati.
O 'quvchilardan vatanini dushm andan asragan qahramonlardan
kimlarni bilishlari so'raladi. T o'm aris, Jaloliddin M anguberdi, N ajm id-
din Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahram on ham o'tganligini,
uning qahram onligi haqida xalqim iz, „C h o'p on yigit Shiroq" degan
afsona yaratgani aytiladi.
2. ,,C ho‘pon yigit Shiroq“ afsonasi o ‘qib beriladi.
3. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat o ‘tkaziladi:
— Afsona sizga yoqdim i?
— Unda kim ning qahram onligi hikoya qilib berilgan?
— Shiroq nim a uch un xanjari bilan b u m i, quloqlarini kesadi?
— Keyin Shiroq kim ning oldiga boradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |